So’nggi yangiliklar

18:08"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Камолов Жалолиддин  0 17:52"Вильярреал" ҳимоячиси АПЛга кўчиб ўтади  0 17:30Валерий Кичин: "Александр Крестининнинг қўнғироғидан сўнг "Локомотив"га ўтишим ҳал бўлди"  0 17:00Ханданович "Интер" ўсмирлар жамоасида иш бошлади  0 16:41Эшитдик-да! Ўзбекистон ОТЖ сардори Жасур Жалолиддинов тез орада легионерга айланади  12 16:25"Рома" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0 16:01Дилшод Жўраев: "Ҳозирги кунда "Бунёдкор" ва "Локомотив" турнир жадвалида ўзига ярашадиган ўринда эмас"  4 15:28Дани Ольмо "Барселона" таклифини қабул қилди  4 15:00Расман: "Боруссия" Германия термаси ярим ҳимоячиси билан шартнома имзолади  1 14:41Ўзбекистон футзал терма жамоаси Францияга қарши ўйнайди  1 14:24Кейлор Наваснинг "Монца"га трансфери барбод бўлди  1 13:28Расман: Лени Йоро 3 ойга сафдан чиқди  10 12:46Карло Анчелотти: "Таркибимиздан кўнглим тўқ. Крооснинг ўрнини билинтирмаслик учун салоҳиятимиз етарли"  1 12:17"Манчестер Юнайтед" устози Ямайка терма жамоаси бош мураббийига айланади  6 11:55Ўртоқлик учрашуви. "Милан" - "Реал Мадрид" 1:0, Чуквуэзе "Реал" ҳимоячиларини шошириб қўйди  5

Javlon Guseynov: "Andijonlik muxlislarga gap yo'q" Yangiliklar

Javlon Guseynov: "Andijonlik muxlislarga gap yo'q"

Mazkur mavsum "Andijon" safiga borib qo'shilgan “NBU-Osiyo” jamoasi himoyachisi Javlon Guseynov oliy ligada ham yo'qolib qolmadi.
Aksincha, andijonliklar safida imkon qadar ishonchli harakat qilib, jamoada o'z o'rniga ega bo'lib ulgurdi. Javlon bilan qisqacha suhbatimiz sobiq va hozirgi jamoasi haqida bo'ldi.

Championat.asia malumotnomasi
Javlon Guseynov 1991 yil 24 iyunda Toshkent viloyati Oqqo'rg'on shahrida  tavallud topgan.
Bo'yi: 185 sm.
Og'irligi: 76 kg.
CHig'atoy futbol maktabi tarbiyalanuvchisi.
2008-2011- “Olmaliq”, 2012-2013-“Neftchi”, 2013-2015 “Nbu Osiyo”  sharafini himoya qilgan. Hozirda, “Andijon” azosi.
O'zbekiston U-19 terma jamoasida o'ynagan.

- Javlon mana bir davra “Andijon” safida ham harakat qilishga ulgurdingiz. Ayting-chi, jamoga kirishib ketishingizning asosiy omillari nimada?
- Futbolchi uchun avvalo, murabbiy ishonchi muxim sanaladi. Ishonchni oqlash, menga ishongan jamoa rahbariyati va murabbiylarni yuzini erga qaratmaslik uchun ham yaxshi harakat qilishga intilasiz. Lekin bu borada ideal tarzda harakat qilyapman deb ayta olmayman. CHunki, uchrashuvlarda gol o'tkazib yuborayapmiz. To'g'ri, futbol jamoaviy o'yin. Lekin darvozamizga gol urilayapti. SHunday ekan bunda meni ham aybim bor. Qolaversa, jamoa muhitiga moslashish odamni o'ziga ham bog'liq.

- Baribir jamoaga yangi kelgan futbolchi uchun biror-bir jamoadoshini qo'llab-quvvatlashi muxim sanaladi. Bu borada sizga yaqindan yordam berganlar ham bordir?
- Albatta. Qaerda o'ynasam ham jamoadoshlarim bilan yaxshi munosabat o'rnatishga harakat qilaman. Garchi, futbolda har qanday xolatlar yuzaga kelsa ham. Balki shu xislatim ham mening foydamga ishlayotgandir. Klubdagi deyarli barchasi yaxshi kutib olishdi va o'z o'rnida yoshi kattalar kerakli maslahatlarni ayamay kelishmoqda.

- Negadir jamoaning o'yin qovushmayapti. Kubokda ham “Metallurg”dan yirik hisobda mag'lubiyatga uchradi. Qolaversa, Samarqandda ham mag'lubiyat qayd etildi. Siz jamoaning bir bo'lagi sifatida klubdagi xolat va muxitdan xabardorsiz. Keyingi o'yinlarga oid andijonlik muxlislar uchun ko'tarinkilik bag'ishlay oladigan biror-bir yangilik ayta olasizmi?
- To'g'ri, bu futboldagi odatiy holat. Lekin biror-bir balandparvoz gaplarni aytishdan yiroqman. SHuni ayta olishim mumkin-ki, asta-sekin jamoa shakllanib borayapti. Keyingi o'yinlarda bor imkoniyatimiz bilan to'p surishga harakat qilamiz. Muxit borasida esa, ijobiy fikrlarni bildirishim mumkin.

- Muxlislar borasida qanday fikrdasiz. Yurtimizda andijonlik futbol ixlosmandlari jamoani qo'llab-quvvatlash borasida etakchilardan sanaladi?
- Muxlislar haqida ko'p va xo'p gapirish mumkin. Lekin bu borada so'z topishim amrimaxol. SHuning uchun qisqa qilib  GAP YO'Q desam meni to'g'ri tushunasiz deb umid qilaman.

- Sobiq jamoangiz haqidagi yangiliklar ko'rsatayotgan natijalarini kuzatib borayapsizmi. Jamoaning imkoniyatlari borasida qanday fikrdasiz?

- Albatta, muntazam kuzatib borayapman. Natijalar yomon emas. Rufat Akramho'jaev boshchiligidagi murabbiylar shtabi yaxshi jamoa shakllantirayapti. Leonid Koshelev, Olim Navkarov, Muzaffar Umrzoqovning tajribalari bilan yoshlarning ishtiyoqi uyg'unligidan unumli foydalanilmoqda. Qolaversa, jamoa o'zi uchun to'g'ri yo'lni tanladi. Ko'proq yoshlarga imkoniyat berilmoqda. Yoshlarni tarbiyalash borasida ikkinchi ligada ham ishtirok etishmoqda. To'g'ri bu mavsum yuksak natijalarni qayd etadi deb ayta olmayman. Lekin peshqadamlar safidan joy olishga ishonaman. Jamoaning xaqiqiy kuchiga kelgusi mavsumda guvox bo'lishingiz mumkin.

- “Bankirlar” tarkibidagi qaysi futbolchi oliy ligada bemalol to'p sura oladi. Bilamiz-ki, ikki ligamiz orasida juda katta farq bor?
- Menga qolganda barchasi oliy ligada o'ynashni istardim. Bu borada aniq bir fikr ayta olmayman. Kim kuchli bo'lsa, o'sha oliy liga klublari nazariga albatta tushadi. SHunchaki barqaror o'ynashda davom etishsa bas.

- “Andijon”da jarima zarbalarini ijro etayapsiz. Bu murabbiy ko'rsatmasmi?
- Albatta. Lekin hali golga aylantira olmadim-da.

- Odatda “NBU-Osiyo”da  bunday “nuqta”larga yaqinlashmasdingiz?
- Bazan jarima maydonidan uzoqda bo'lganlarini tepib turardim. Lekin jarima maydoni atrofida bo'lganlarini o'z egasi bor edi. CHunki tarkibda Leonid Koshelev harakat qilardi-da. Uning uchun bunday jarima zarbalari  80 % gol degani edi.

- Oldinda “Paxtakor” bilan uchrashuv kutib turibdi.  Mavsum peshqadami bilan uchrashuvda ijobiy natijadan umid qilish mumkinmi?
- Futbolda kim g'alaba qozonishini avvaldan aytib berish biroz mushkulroq. Natija 90-daqiqadan keyin bilinadi. To'g'ri, “Paxtakor” etakchi, tarkibi kuchli, qolaversa turnir jadvalida ham karvonboshilik qilmoqda. Lekin biz o'z maydonimizda o'ynaymiz. Muxlislarimizning qo'llab-quvvatlab turishi bizning ham imkoniyatimiz bor ekanligini bildiradi. SHunday ekan harakat qilamiz yaxshi natija qayd etish uchun.

Ahmad Eshmatov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика