So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. "Барселона" "Сельта"га қарши ўйинда сўнгги дақиқаларда иккита гол ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  88 02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  2 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  26 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  7 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  9 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  3 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  8 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  2

Jasur Hasanov: “Lokomotiv”ga o'tishim pul va raqobatga bog'liq emas” Yangiliklar

Jasur Hasanov: “Lokomotiv”ga o'tishim pul va raqobatga bog'liq emas”

Kecha "SA" tahririyatiga "Lokomotiv" bilan shartnoma imzolgan Jasur Hasanov tashrif buyurdi.

"Bugun ertalab men haqimda xabar chiqibdi. Emishki, raqobatdan qo'rqib "Lokomotiv" tarkibiga borib qo'shilibman. Yana bu erda pul katta rol o'ynabdi. Aslo unday emas. Mening hayotimda ayni paytda pul muhim rol o'ynaydigan vosita emas. SHuning uchun saytlaringizga kelib barchasini ochiq oydin aytib berishga qaror qildim", - deydi Jasur Hasanov. (03.12.2013).


Avvaliga Hasanov o'zi haqidagi malumotlarni berishga qaror qildi va biz uni tingladik. Keyin esa savol-javoblarga o'tdik.

“Keling,  avval nima uchun "Lokomotiv" bilan shartnoma imzolaganim haqida xabar berib o'tsam. Aslida "Lokomotiv" rahbarlari yil boshidan beri menga katta qiziqish bildirib kelishayotgandi. Ammo men Mirjalol akaga vada berganim uchun chetga ketmasam, albatta "Bunyodkor"da qolishimni aytgandim. CHet eldan takliflar bo'ldi, shu davrga kelib otamning mazasi biroz qochib qoldi. O'g'il sifatida unga qarash burchim edi va men O'zbekistonda qolishga qaror qildim”.

“Ammo doimiy ravishda asosiy tarkibdan joy olmadim. Gohida zaxirada qoldim, gohida uchrashuvni to'liq o'tkaza olmadim. Lekin bu raqobat bilan bog'liq emas. Men o'z kuchimga ishonmasam futbolni yig'ishtirib qo'yaman. Ikkinchi davra arafasida "Lokomotiv" yana qiziqish bildirdi. Klub To'raev va menga jiddiy taklif bilan chiqdi. Agar jamoani o'zgartirsak, "Bunyodkor" qiyin ahvolga tushib qolishi aniq edi. Kamida asosiy raqibi kuchayardi. Mirjalol aka bilan gaplashib olgach, jamoada qoladigan bo'ldik. Bu esa jamoani almashtirishimda pul rol o'ynamasligiga dalolat edi”.

“Qolaversa, "Bunyodkor" men bilan "Lokomotiv" qiziqayotganligini yaxshi bilardi. SHunga qaramay, menga shartnoma bilan hech kim chiqmadi. Bunday paytda o'zim borib shartnoma so'ramayman-ku, to'g'rimi? "Lokomotiv" esa tayyor shartnoma bilan chiqa turib, maqsad OCHLda ishtirok etish ekanligi, ammo asosiy tarkibda menga joy naqd emasligini aytdi”.

“Men bilan hamkorlik qilgan Sanat SHaripov "Lokomotiv"dan ketishimga Sardor Rashidovning kuchliligini misol qilib keltiribdi. SHu erda bir narsaga oydinlik kiritib olsam, ko'cha-ko'yda ko'pchilik SHaripovni mening agentim deb biladi. Aslida Sanat SHaripov bilan shartnomani buzganimga ancha bo'lgan. Raqobat haqida aytsam, Rashidovga faqat va faqat omad tilayman. U meni hamshaharim, Jizzax u bilan ham faxrlanishini istayman. Qolaversa, bu MTJ uchun katta foyda. Sababi bir chiziqda bir necha o'yinchilarning bo'lishi terma jamoadagi raqobatni oshiradi, murabbiy esa tanlash uchun katta imkoniyatga ega bo'ladi”.

“Agar men raqobatga chiday olmay jamoani tark etgan bo'lsam, nima uchun u o'zining Toshkentdagi vakili orqali menga Xitoy va Tailanddan taklif bo'lsa borasanmi, dedi. Mening saviyam Tailand emas. Pul ekan deb har qaerga o'tib ketavermayman. Hali yana qancha o'ynayman bilmayman, ammo yaxshi futbol o'ynab qolay deyapman. Boshqa jamoani qo'shib beradigan puliga qarab qolmaganman. Haqiqiy raqobat 2007-11 yillar orasida bo'lgan. Rivaldo to'p tepgan paytlaridagi raqobat bormi hozir? Lekin men o'sha yillari o'z o'yinim bilan asosiy tarkibga kirdim-ku! Mana shuni raqobat desa bo'lardi”.

“U paytlar "Bunyodkor" safida kimlar to'p tepmadi, selekciya siyosati faqat va faqat kuchli o'yinchilarga qaratilgandi. Hozir ko'pchilik "Bunyodkor"dan ketayotganida raqobatga duch kelishim mantiqan olib qaraganda ham noto'g'ri ekanligiga guvohi bo'lyapman. Bugun ertalab o'zim haqimda yozilgan xabarni o'qib, ichimdan nima o'tganini o'zim bilaman. Yonimda turgan ayolim ham bittada payqadi. To'g'risi, odamga alam qildi. 30dan oshdim, shunda ham o'z oldiga jiddiy maqsadni qo'yayotgan jamoadan taklif oldim. Bazi birovlarga o'xshab shartnoma imzolab ko'tarma pulimni olsam bo'lgani qabilida futbol o'ynamadim-ku!? Uni yozayotganlarini qancha odam o'qiydi, to'g'rimi? Bir paytlar men uning uchun kuchli futbolchi edim, ayniqsa, mening ustimdan pul ishlayotganida, endi esa...”

Hasanovning gaplarini tinglaganimizdan so'ng unga o'zimizning savollarimiz bilan murojaat qildik.

- Yuqorida bugun SHaripov bilan shartnomaga ega emasman dedingiz. Bugungi kunga qadar ular tomonidan shu kungacha Sizga taklif bo'ldimi?
- Ha, aynan o'zidan emas. U orqali chiqishdi. Tailand vice-chempioni "Muang Tong Yunayted" jamoasiga borishimni taklif qilishdi. Keyin Xitoydan jamoa bo'lsa, o'ynashim mumkinligini so'rashdi.

- Saviyangizdan kelib chiqib Tailand chempionatiga borishingiz mumkinmidi?

- Tailand degan gapni eshitishim bilanoq bekor qildim. OCHLda biz Tailand klubiga yutqazganimiz Tailand futboli saviyasi kuchliligidan dalolat emas. SHunchaki futbolda hamma jamoa ham mag'lubiyatga uchrashi mumkinligi o'sha kuni yana bir bor o'z isbotini topdi. 2ta kuchli jamoa borligi uchun kuchli chempionat degan xulosaga borishga yo'l bermaydi. Bizda undan kuchli jamoalar ko'proq.

- Nima uchun "Lokomotiv"ni tanladingiz, xorijdan takliflar bo'lmadimi?
- Yana men bilmagan 2-3ta agentlar chiqdi. Qatar bilan o'ynaganimizdan keyin notanish kishilar kelib, menga Bolgariya, Vengriya kabi chempionatlardan taklif borligini aytishdi. Ammo ularni men birinchi marotaba ko'rib turganligim bois ishonmadim. Mavsum yakuniga etganidan keyin dam olish maqsadida barcha takliflarni rad etib turgandim. Lekin "Lokomotiv"ning menga bo'lgan qiziqishi kun sayin ortib boraverdi.

- "Bunyodkor"dan ketishingizga bosh murabbiy va jamoa rahbariyati qanday qaradi?

- Mening klubga va rahbariyatiga bo'lgan hurmatim katta. Futbolchi bugun u jamoada, ertaga boshqa jamoada. Bu yozilmagan qonunlardan biri. Mirjalol aka bilan kecha o'tirib ancha gaplashdik. O'rtamizda araz yo'q. Baxtiyor Boboev ham menga oq yo'l tiladi. Bu kishi bilan "Navbahor"dagi paytimdan beri ishlayman. Ozmi ko'pmi, 10 yil bo'ldi bunga ham. Mening elga tanilishimda "Bunyodkor"ning xizmati katta.

- MTJ va "Bunyodkor"ning bosh murabbiyi bitta ekanligini inobatga olganda, Sizning "Lokomotiv"ga o'tishingiz o'yindan tashqari holatga tushib qolishingizga sabab bo'lmaydimi? Bu savol meniki emas, muxlislarniki!
- MTJ - bu hech kimning shaxsiy tomorqasi emas. Buni hammamiz bilamiz. MTJda eng loyiq va o'sha kungi o'yinga tayyor bo'lgan futbolchi to'p tepishi kerak. Muxlislar xavotir olmasalar ham bo'laveradi. MTJ yo'lida "Bunyodkor" yoki "Lokomotiv" degan gaplar yo'q. Mana o'zingiz guvohi bo'ldingiz, yaxshi o'yinchi bo'lsa "Buxoro" yoki "Metallurg" kabi jamoalardan ham o'yinchilar taklif etiladilar. Biron joydan ketayotgan kishi eshikni qattiq yopishi kerak emas. SHuning uchun men Mirjalol aka bilan samimiy ruhda gaplashib, xayrlashdim.

- O'zbekiston klublari "Manchestr Yunayted", "Barselona" yoki "Yuventus" emaski, faoliyatingizni oxirigacha bitta klub sharafini himoya qilsangiz. Bizda futbolchilar bir jamoada 4 yildan ko'p o'ynasa zerikib qolyapti. Huddiki, futbol faqat 90 daqiqa o'yin va mashg'ulotdan iborat. Turli xil tadbirlar yoki futbolchilar bilan aloqa qilish orqali klubga bo'lgan qiziqishni uyg'otishmaydi. Mana Anvar Soliev misolida ko'rdik. Ikki jamoada ham o'rni bir, ammo pul borasida "Paxtakor"da imkoniyat kam. Lekin Anvar aka muhitni o'zgartirgisi keldi.
- Bu gapingizga qo'shilaman. "Bunyodkor"ning dastlabki yillarini yodga oling. Rosmanasiga qiziq bo'lar edi. Bu rahbariyatga ham bog'liq. Avvallari qiziqarli dasturlar amalga oshirilardi. Jamoa rahbarlari klubning haqiqiy fidoyisi bo'lishi kerak.

- Bugungi kundagi transferlardan kelib chiqib "Lokomotiv"dagi o'rningizni qanday ko'ryapsiz?

- Birovlar aytgan raqobat "Bunyodkor"da emas, "Lokomotiv"da. Hozir "Lokomtotiv" oliy ligadagi eng kuchli yarim himoyachilarni yig'ib olyapti. Men o'zimga ishonmasam "Lokomotiv"ga bormasdim.

- Sal kallani ishlatib tarkib tuzsa O'zbekistonda chempion bo'lish qiyin emas. OCHLni maqsad qilayotgan "Lokomotiv" bugungi kundagi tarkib bilan vazifani bajara oladimi?
- Bu borada klub harakat qilayotganini ko'rib turibman. "Laxviya" bilan o'ynashimiz malum bo'libdi. Tarkibga yaxshilab nazar tashlasam, jamoa avvalgi kuchiga ega emas. Ko'p futbolchilar klub bilan xayrlashgan. Lekin ular ham OCHL uchun kurash olib boradilar va kerakli transferlarni amalga oshirishlari aniq.

- "Lokomotiv"da hamma narsani "0"dan boshlashingiz kerak. To'g'ri, o'z paytida "Bunyodkor"da ham shunday vaziyat bo'lgan. Ammo unda ancha yosh bo'lgansiz?

- Yaqinda Temur Kapadze "Kuchim bor ekan, o'ynashda davom etaman" degan gaplarni o'z intervyusida aytib o'tdi. Men ham o'zimga ishonganim uchun "Lokomotiv"ni tanladim. Ular menga ishonch bildirishdi. Bundan ham muhimi, kishining o'ziga bo'lgan ishonchi. Bunday vaziyatlar ham bo'lgan. Avvallari OCHLda kuchim etarmikin degan xayolga ham borardim.

- Skolari paytida hujumchi ortida to'p tepdingiz. Qanotdagi foydangizdan hujum ortidagisi ko'proq tuyuldi. Buni yaqinda bir mutaxassis ham aytib o'tdi. Ikkita o'yinchini "o'n olti"ni ichida alday olish bu gol degani?
- "So'g'diyona" va "Navbahor"da to'p tepganimda men hujumchi ortida o'ynardim. "Mashal"ga kelibgina meni qanotga qo'yishni boshlashdi. "Bunyodkor"ga kelganimda esa Skolari mashg'ulotlardan birida mendan ampluamni o'zgartirishimni so'radi. Uning uchun men faqat va faqat oldinda to'p tepishim kerak edi. Bazan orqaroqqa qaytsam urishib berardi. Bir xil o'yinlarda meni almashtirib yubordi. Keyin bilsam, uning orqaga qaytma degan ko'rsatmasiga amal qilmagan ekanman. Bu bilan u kuchimni taqsimlashni rejalashtirgan ekan.

- Yana shu nuqtaga qaytishni istamaysizmi?

- Balki yangi mavsum arafasida o'tkaziladigan mashg'ulotlarda murabbiylar meni boshqa chiziqda sinab ko'rarlar. Bu men uchun ham muhim.

- “Bunyodkor”dan Ramos va Viktor Ispaniyaga yo'l oldi. O'sha paytda Ramos Siz tufayli zaxirada o'tirdi. Ammo ular Ispaniyaga, biznikilar esa arab davlatlariga ketishdi...
- Osiyo futboliga ishonch kamroq. Qatarda ham yomon emasdi. Bizning jamoamizda 80%ni francuzlar tashkil etishardi. U erga Skolari orqali ketgan edim. Uning tanishlari meni “Lahviya”ga taklif qilishgan.  

- Intervyu so'nggidagi gaplaringiz, agar bo'lsa...
- Hamma o'z ishini qilsin. Agent agentligini, futbolchi futbolchiligini. Bugun o'qigan narsalarim o'zim uchun juda ham yoqimsiz bo'ldi. Meni nomimdan gapirishmasin. Menimcha, bu to'g'ri emas.

"SA" tahririyati

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика