So’nggi yangiliklar

19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  0 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  0 19:21Суперлига. "Андижон" "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва Суперлигада ўрнини сақлаб қолди  12 19:09Денис Коростиченко: "Бунёдкор" захираси бизникидан кучлироқ экан"  0 18:47Туркия. Алиқулов жамоаси иродали ғалабага эришди  0 18:20"Ростов" сўнгги 15 дақиқаликдаги 2та гол туфайли ЦСКАдан ғалабани юлиб олди  7 18:00"Севинч" - 14 карра Ўзбекистон Кубоги соҳиби!  3 17:42"Матч ТВ" графика оператори ишсиз қолди. Нега?  7 17:07Суперлига. "Бунёдкор" "Олимпик"ни мағлуб этди ва хавфли зонадан узоқлашди  1 16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  7 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  18 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  27

Jasur Hasanov: “Ikki oyni azob bilan o'tkazdim” Yangiliklar

Jasur Hasanov: “Ikki oyni azob bilan o'tkazdim”

Futbolchining dushmani jarohat ekanligi barchaga malum. Aksariyat o'yinchilar unga duchor bo'lishgan.
“Lokomotiv”da to'p surayotgan yarim himoyachi kichik Jasur Hasanov ham yozda aynan jarohatga uchradi va mavsum uning uchun barvaqt yakunlandi. Iqtidorli futbolchining oyog'idan lat eyishi jiddiy bo'lib chiqdi. SHu sababli bu yil boshqa o'ynay olmasligi oydinlashdi. Tezroq sog'ayish maqsadida esa Germaniyaga borib keldi.  

- Tiklanish jarayoni qanday kechmoqda?
- Hammasi yaxshi. Germaniyadan kuni-kecha keldim.

- Muolajalar ko'ngildagidek bo'ldimi?
- Albatta. Asta-sekin mashg'ulotlarga kirishyapman. Hozir trenajyorda shug'ullunayapman.

- Germaniyada qancha muddat davolandingiz?
- 15 kun davomida Myunxenda bo'ldim. U erda asosan davolandim.

- Bir o'zingiz u erda zerikib qolmadingizmi?
- Yo'q. Muolaja o'tkazish uchun ertalab chiqib ketardim va kechki payt qaytardim.

- Og'riqlar bilinmayaptimi?
- Yo'q. Og'riqlar o'tib ketdi, hammasi joyida.

- Futbol o'ynab yurgan paytingizda doimo etiborda bo'lardingiz. Jarohatga uchrab chetga chiqib qolganingizda o'zingizni qanday his qilyapsiz?
- Sabr qilib yuribman. Yana sport formamga kirib olsam avvalgidek o'ynashni boshlayman.

- Mavsum yakunlanishiga olti tur qoldi. SHuni hisobga olganda, sizni maydonda kelasi yili ko'ramizmi?
- Menimcha shunday, kelasi yili qaytaman. Bu yil maydonga tushib to'p surishga ulgurmayman. Mashg'ulotlarni endi boshlaganimni hisobga olsam, taxminan noyabrda umumiy guruh bilan shug'ullanishni boshlayman. Yaxshi sport formasiga ega bo'lgunimcha chempionat tugab qoladi.

- Jarohat olib safdan chiqsa bu har qanday futbolchining kayfiyatini tushirib yuboradi. Mana shunday paytda sizni nima ruhlantiradi?
- Jamoam meni qo'llab-quvvatlab turibdi. Futbolchilar bilan telefon orqali gaplashyapman. Murabbiylar ham doimiy ravishda tiklanish jarayonim qanday kechayotgani bilan qiziqishmoqda. SHu narsalar menga dalda beryapti.

- Futboldan tashqaridagi vaqtingizni nima bilan o'tkazyapsiz?
- Ikki-uch soatlab trenajyorda shug'ullanyapman. Qolaversa, basseynga ham boryapman. Kunimni asosan shular bilan o'tkazyapman.

- “Lokomotiv”da ikkita Jasur Hasanov bor. SHunday ekan, sizni nima deb atashadi?
- Uni ham, meni ham Jasur deb chaqirishadi. Boshqacha nom bilan atashmaydi.

- Nima deb o'ylaysiz, “Lokomotiv” ayni paytda O'zbekistonning eng kuchli klubimi?
- Ha. Ammo “Bunyodkor”ga yutqazib qo'yganimiz chakki bo'ldi. Lekin “Paxtakor” bilan uchrashuvda g'alaba qozonishsa o'ylaymanki, chempionlik uchun katta qadam tashlagan bo'lamiz. Bu yil oltin medallarni ham, Kubokni ham qo'lga kiritamiz. Jamoadoshlarim bilan gaplashib turibman, ular jangovor kayfiyatda. Mashg'ulotlarini ham borib ko'rdim. Hamma faqat chempionlik bilan Kubok haqida o'ylayapti.

- Jarohat sababli “Lokomotiv”ga yordam bera olmayapsiz. Tarkibda yo'qligingiz jamoa o'yiniga tasir qiladi deb o'ylaganmisiz?
- Jamoada yaxshi o'yinchilar bor. Biroq men ham bo'lganimda albatta yordam bergan bo'lardim. Afsuski, jarohatga uchraganim sababli muhim o'yinlarda “Lokomotiv” bilan birga bo'la olmayapman. Aks holda albatta foydam tegardi.

- Lekin jamoaning tarkibi har jihatdan kuchli. Bunday paytda o'z o'rningizni yo'qotib qo'yishdan cho'chimayapsizmi?
- Yo'q, cho'chimayapman. Tezroq formamni tiklab olsam, o'z ustimda yanada ko'proq ishlayman. Asosiy tarkibga qaytishimga ishonaman.

- Sizninchga faoliyatingizdagi qiyin davr jarohatdan keyin endi boshlanadimi?
- Aksincha, qiyin davr o'tib ketdi degan bo'lardim. Jarohat olganimdan keyingi ikki oyni azob bilan o'tkazdim. Endi hammasi ortda qoldi. Ancha o'zimga kelib oldim. Tezroq maydonga qaytgim kelyapti.

- Klubga kelgan dastlabki chog'ingizda sizni nimasi bilan o'ziga jalb qila olgandi?
- Bu erda sharoitlar juda yaxshi yaratilgandi. Murabbiy va futbolchilar meni iliq kutib olishgan. Jamoada ajoyib muhit hukm suradi. SHu narsalar meni o'ziga rom qilgan.

- Jiddiy jarohat tufayli futbolchi sifatida rivojlanishdan malum vaqtga to'xtadim deb o'ylaysizmi?

- Yo'q, unday deb o'ylamayman. O'zimni yaxshi his qilyapman. Yana avvalgi holatimga qaytish uchun astoydil harakat qilyapman. Jarohat oldim deb to'xtab qolish yaxshi emas. Men uchun barchasi oldinda. Hali ancha yoshman. Umid qilamanki, meni yorqin kelajak kutyapti. Faqat sabr qilib ishlashdan qochmaslik zarur. Jarohat har bir futbolchining boshida bor. Bu narsa birgina men bilan ro'y bergani yo'q.

- Agarda “Buxoro”da qolganingizda hozirgi darajangizga chiqa olarmidingiz?

- Menimcha, hozirgi saviyamga ko'tarila olmasdim. “Lokomotiv”ga o'tishim o'yinchi sifatida ancha o'sishimga yordam berdi. Baribir “Buxoro” bilan farqi katta. “Loko”ning maqsadlari jiddiy. CHempionik va Kubok uchun kurashyapmiz. “Buxoro” esa o'rtamiyona klublardan biri. SHu bois bu erda men uchun har tomonlama foydali bo'ldi. SHuning uchun to'g'ri qaror qabul qildim va bundan xursandman.  

- Buxorolik Ulug'bek Baqoev faoliyatining oxirgi qismida sobiq jamoasiga qaytib keldi. Siz ham unga o'xshab faoliyatingizning oxirida qaytib bormoqchimisiz?
- Balki shunday bo'lar! Hayotda hamma narsa bo'lishi mumkin. Keyinchalik yana “Buxoro”da to'p surish niyatim bor. Har xolda uyim o'sha erda.

- “Lokomotiv”ning o'yinlarini kuzatib boryapsizmi?
- Ha, ko'ryapman. Stadionda jamoadoshlarimni qo'llab-quvvatlab turibman.

- Futbolchi uchun stadionda o'yin tomosha qilish og'irmi?
- Albatta og'ir. Ko'pincha maydonga tushib o'ynagim keladi. O'yindan keyin yigitlar bilan gaplashib o'tiramiz. Mashg'ulotlar paytida ham ular bilan birgaman.


FIRDAVSXON suhbatlashdi.
 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика