So’nggi yangiliklar

08:20`Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  3 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1

Jasur Hakimov: “Dubl qayd etishimda jamoadoshlarimning hissasi katta bo'ldi” Yangiliklar

Jasur Hakimov: “Dubl qayd etishimda jamoadoshlarimning hissasi katta bo'ldi”

Oliy liganing 8-turida qayd etilgan natijalarga etibor qaratadigan bo'lsak, shubhasiz Jizzaxda qayd etilgan hisob etiborimizni tortmasdan qolmaydi.
Davron Fayziev boshqaruvidagi “So'g'diyona” aftidan o'ziga kelib olayotgan ko'rinadi. Kecha jizzaxliklar Toshkentning “Bunyodkor” jamoasini 2:1 hisobida taslim eta oldilar. Uchrashuvda dublga erishgan Jasur Hakimov bahsdan so'ng saytimizga intervyu berdi.

- Jasur, jamoangiz tarixda ilk bor “Bunyodkor”ni mag'lubiyatga uchratdi. Bunga qanday erishildi?
- Garchi g'alaba qozongan bo'lsakda, bunga osonlikcha erishdik deb bo'lmaydi. Qiyinchiliklar ham bo'ldi. Raqib oddiy jamoa emas. Bungacha “So'g'diyona” “qaldirg'ochlar” bilan o'yinda ochko olmagan ekan. Ushbu odimga barham bera olganimizdan xursandman.

- G'alabaga qanday erishildi?
- Eng avvalo bunda bosh murabbiyning o'rni katta bo'ldi deb o'ylayman. Qolaversa butun jamoa hamjihatlikda o'ynab, g'alaba ishtiyoqida xarakat qildi. Har bir futbolchi chin yurakdan o'ynadi. SHuning uchun g'alabada butun jamoaning hissasi yotibdi. Bundan tashqari stadionga kelgan ashaddiy ishqibozlarimiz ham bizni butun o'yin davomida qo'llab-quvvatlab turdi. Ularning daldasi ham bizga qo'shimcha kuch bag'ishladi.

- Faqat ochig'ini ayting, uchrashuvdan oldin g'alaba qozonishinglarga qanchalik ishongandinglar?
- Mag'lubiyat hakida umuman o'ylamagandik. “Bunyodkor”ni o'z maydonida “Neftchi”ga qarshi o'tkazgan bahsini va OCHLdagi o'yinlarini ko'rib, o'rganib chiqqandik. Kamida durang qayd etishimiz kerakligini tushunib turgandik. CHunki o'z maydonimizda muxlislarni xursand qilishimiz talab etilardi. G'alabaga bo'lgan ham ishonch yuqori edi. CHunki oldingi turda “Mashal”ni mag'lub eta olganimizdan keyin ishonch ortib, ruhan tiklanish jarayoni ham yaxshi bo'lgandi.

- “Bunyodkor” qanday taassurot qoldirdi? Sizlar kutgandek o'yin namoyish etdimi yoki aksincha?
- To'g'risini aytsam, “Bunyodkor” avvalgidek emas. Bizga qarshi bahsda ham ularga qiyin bo'ldi. Lekin oldingidek jamoani ko'rmadim. OCHLda ham klub omadsizlikka duch keldi. Buni hamma ko'ryapti. Oldingi maqeini biroz yo'qotib qo'ygandek. Jamoa kelgusida yana avvalgi xolatiga qaytib ketadi deb o'ylayman.

- Uchrashuvdan oldin ikkita gol urishingizni kutmagan bo'lsangiz kerak?
- Oldindan shuncha gol uraman deb ayta olmaysiz-u, ammo gol urishga harakat qilasiz. CHunki hujumchini vazifasi gol urish va shu orqali jamoaga foyda keltirish. “Bunyodkor” darvozasiga kiritgan har ikki golimda ham barcha jamoadoshlarimning ko'magi katta bo'ldi. To'g'ri, gollarni men urdim. Biroq g'alaba uchun hamma xarakat qildi. Albatta urgan gollarim bilan jamoamga foyda keltirganimdan xursandman.

- Ko'p hujumchilar mavsum oldidan shuncha gol uraman deb o'z oldiga maqsad qo'yib oladi. Sizda ham shunday rejalar bo'lsa kerak?
- Ha. O'tgan yili oliy ligada 5ta gol urgandim. Bu yil endi 10ta va imkoni bo'lsa undan ham ortiq gol urishga intilaman. Xudoga shukur, mana gollarim hisobini ochib oldim. Endi uni davom ettirishga va shu orqali murabbiyni ishonchini oqlashga xarakat qilaman.

- “So'g'diyona” chempionatda omadsiz start olgandi va 7-turga kelibgina ilk g'alabasini qo'lga kiritdi. Mana so'nggi ikki o'yindan buyon g'alaba qozonmoqda. Aytingchi, ruhiy o'radan qay tarzda chiqib ketildi va ijobiy tomonga o'zgarish nimani hisobiga bo'lyapti?
- Xatolar ustida ishlapmiz. Davron Oripovich o'yinlardan keyin har bir futbolchini xarakatini tahlil qilib, kamchiliklarini aytadi va bu ustida ishlash lozimligi uqtiradi. SHundan to'g'ri xulosa chiqarib, hammamiz bor kuchimizni berib o'ynayapmiz va ko'rib turganingizdek, natija ijobiy tomonga o'zgarib bormoqda.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика