So’nggi yangiliklar

00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  1 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  5 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  18 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  3 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  75 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11

Jasur Aslanov: "Men "SA"ga qanday kelganman?" Yangiliklar

Jasur Aslanov: "Men "SA"ga qanday kelganman?"

Yangi 2015 yil kirib kelishiga ham sanoqli soatlar qolmoqda.
Bayram tuhfasi sifatida saytimiz o'quvchilariga yana bir yangi loyihani taqdim etamiz. Loyiha Men "SA"ga qanday kelganman? deb nomlanadi va unda sayt ijodkorlarining qanday qilib championat.asiaga kelishgani haqida so'z boradi.

"Men, Jasur Aslanov armiyadan keyin o'zimga ish qidira boshladim. Avvallari ham "SA"ga ko'p kirib turardim. Turli xil maqolalarni o'qirdim, o'yinlardan fotogalereyalarni telefonimga saqlab olardim. 2014 yilning may oylarida saytga har doimgidek xabarlarni ko'zdan kechirgani saytga kirdim va u erda ishchi (xorij xabarlarini kirituvchi) kerakligi haqidagi elonni o'qib qoldim.

SHu zahoti xabarda ko'rsatilgan raqamga sim qoqdim va ular menga qaerga kelishim kerakligini tushuntirishdi. Aytilgan manzilga bordim, meni eshik oldida Narzulla aka (Narzulla Saydullaev) kutib turar edi. Narzulla aka kaminani ichkariga taklif qildi va birga devorlari oyna bilan o'ralgan xonaga kirdik. Birozdan so'ng Nodirxo'ja Yuldashev kirib keldilar (ularning bo'ylari suratdagidan biroz pastroq ekan). Salom berdim va suhbat boshlandi. Ular mendan futbolga qanchalik qiziqishimni, oliy ligaga bo'lgan etiborimni so'radilar. Men kichkinaligimdan futbol bilan o'sganman, otam ham futbol shaydosi, shu sababli barcha savollarga ikkilanmay javob berdim (adashmasam).

Kichik suhbatdan so'ng Nodir aka menga tashrif qog'ozlarini (vizitka) berdilar va shu qog'ozda ko'rsatilgan elektron manzilga biror-bir kattaroq rus tilidagi intervyuni tarjima qilib jo'natishimni aytdilar. Kamina bu vazifani o'sha kuniyoq bajarib elektron pochta orqali jo'natdim. Bir necha kun o'tganidan so'ng qo'ng'iroq bo'ldi va meni sinov muddatiga ishga olishgani haqida xabar berishdi. Birinchi ish kunimda ko'p narsani tushunmasdim, chunki "SA"gacha bunday joylarda ishlamaganman. Sekin-asta bu erdagi hamma bilan tanishib oldim.

"SA"ga kelganimga 6 oy to'lgan bo'lsa ham, Nodirxo'ja Yuldashev, Xayrulla Xoliqov, Kamoliddin Alimov kabi ustozlardan va qolgan aka-ukalarimdan ("SA" - bir oila) kerakli bilimlarni o'rganishda davom etyapman. Mana shunaqa!"
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика