So’nggi yangiliklar

02:42Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" 1/32 финалда 4-лига жамоасига мағлуб бўлиб, турнирни тарк этди  3 02:22EЧЛнинг барча 36 иштирокчиси маълум: "Барселона" ва "Реал" 1-саватда, "Арсенал" ва "Ювентус" 2-саватда, "Тоттенхэм" ва "Наполи" 3-саватда, "Монако" ва "Қайрат" 4-саватда  0 00:18"Ал Ҳилол" А Сериядаги футболчи учун 35 млн евро таклиф қилди, аммо...  0 23:51Себальос "Марсел"га ўтишдан бош тортди. "Реал" хавбекни 11+4 млн еврога мажбурий сотиб олиш шарти билан ижарага беришга тайёр эди  0 23:25Равшан Ҳайдаров: "Ҳеч қачон рақибларга паст назар билан қараш керак эмас"  3 23:14Англия Лига Кубоги. ​"Гримсби Таун" – "Манчестер Юнайтед": Онана, Магуайр, Хевен, Амад ва Шешко бошланғич таркибда!  34 22:59Илёс Зейтуллаев: "Бу ўйин менга катта дарс бўлди"  5 22:39Виктор Карпенко: "Жамоамиз футбол ўйнашни билади"  9 22:12Ўзбекистон Кубоги ярим финалига қуръа ташланди  32 21:54Элдор Мойлиев: "Бугун энг ёмон ўйинларимиздан бирини кўрсатдик"  0 21:35Вадим Абрамов: "Динамо"нинг барча футболчилари терма жамоада ўйнашга лойиқ"  15 21:28Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" "Бунёдкор"ни енгиб, ярим финал йўлланмасини нақд қилди, Табатадзедан дубль!  101 21:11Голларга бой ўйинда ўзбекистонлик афсоналар жаҳон футболи юлдузларидан устун келди  14 20:52Отабек Шукуров: "Бундан буён ЖЧга чиққан жамоамиз, шунга яраша ўйнашимиз керак"  9 20:35Ўзбекистон Кубоги. "Динамо" "Шўртан" дарвозасига жавобсиз 3 та тўп йўллади ва ярим финалга йўл олди  9

Jasur Abduraimov: Kamchiliklar bor va ular ustida ishlayapmiz Yangiliklar

Jasur Abduraimov: Kamchiliklar bor va ular ustida ishlayapmiz

Xabar berganimizdek, bugun O'zbekiston yoshlar (U-19) terma jamoasi Jar stadionida BAA yoshlariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Xabar berganimizdek, bugun O'zbekiston yoshlar (U-19) terma jamoasi Jar stadionida BAA yoshlariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Takidlash joiz, Abduraimov va uning yordamchilari tomonidan olib borilayotgan mashg'ulotlar boshqa yosh toifasidagi terma jamoalar mashg'ulotidan biroz farq qilyapti. Ko'zga tashlangan farqlaridan biri shundaki, jismoniy tayyorgarlikka asoslangan mashqlar xilma-xil va juda ham qiziqarli. Futbolchilar mazza qilib berilgan mashqlarni bajarishdi. Boshqa yoshdagi terma jamoa mashg'ulotlarida deyarli bir xillikni ko'rardik. BAA bilan o'yin oldidan o'tkazilgan qisqa muddatli yig'inda 22 nafar futbolchi ishtirok etdi. SHuningdek, ko'rikdan o'tkazish uchun Kataloniya birinchiligida o'ynayotgan istedodli yarim himoyachilardan biri Sardor Yusupov ham ushbu yig'inga taklif etildi. Aslida Sardor Paxtakor akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Bir necha yildirki, u Kataloniya chempionatida o'ynab kelyapti. Biz bugungi o'yin oldidan terma jamoa bosh murabbiyi Jasur Abduraimovdan intervyu oldik. 

- Ushbu yig'inimiz ham Osiyo chempionatining saralash bahslariga tayyorgarlikning muhim bosqichi hisoblanadi. Yig'in doirasida BAA yoshlar terma jamoasi bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkaziladi. Bu o'yinlarda tarkibimizda ko'rikdan o'tayotgan yangi futbolchilarni tekshirib olamiz. Umumiy olganda yigitlarning mashg'ulotga bo'lgan munosabati, to'liq kuch bilan harakat qilayotganliklari menga maqul kelyapti. Bundan avvalgi yig'inimiz Erevan shahrida o'tkazilgandi. O'shanda Armaniston yoshlar terma jamoasi bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushgandik. Dastlabki o'yinda 3:1 hisobida g'alaba qozongan edik. Avvaliga armanlar bizni mensimagan holda o'ynashdi va shunga yarasha jazolanishdi. Ikkinchi uchrashuv tamomila farq qildi. Maydon egalari jon-jahdlari bilan harakat qilishdi. Maydonning har bir qarich erida to'p uchun keskin kurash bordi. Armaniston terma jamoasi tarkibida Germaniya, Belgiya, Rossiya chempionatlarida o'ynaydigan futbolchilar bor edi. Balki shunga bo'lsa kerak, ular birinchi o'yindayoq oson g'alabaga erishamiz, deb o'ylashdi. Ikkinchi uchrashuvimizda durang (1:1) natija qayd etildi. 

- Bugungi kunda sizni qiynayotgan poziciyalar bormi?

- Afsuski bor. Birinchi galda darvozabonlar. Bu yosh toifasida yaxshi darvozabonni topish mushkul ish. Ikkala darvozabonimiz ham 2-ligada o'ynashadi. Bu yoshda futbolchilar kamida 1-liga jamoalarida o'ynash kerak. Keyin markaziy himoyachi va tayanch yarim himoyachisiga muhtojmiz. Bu borada ish olib boryapmiz. Oldinda yana yig'inlarimiz bor. Rejaga ko'ra, Qatar yoshlar terma jamoasi iyun oyida Toshkentga kelishi va javob tariqasida biz ham Doxaga borishimiz kerak. Tez orada saralash bosqichidagi raqiblarimizni bilib olamiz. 

- Hujumchilarchi?

- Uch nafar hujumchimiz mashg'ulotlarda qatnashyapti. Ularning ham o'ziga yarasha kamchiliklari bor.  

- Saralash guruh bosqichi mezbonligiga O'zbekiston o'z nomzodini ilgari surganmi?

- Bilishimcha, ha. Bizdan tashqari Saudiya Arabistoni, Tojikiston va SHri-Lanka davlatlari ham bor. Saralash qaerda bo'lishidan qatiy nazar biz oldimizga Osiyo chempionatining final bosqichiga chiqishni maqsad qilganmiz. Bosqichma-bosqich maqsadimiz kattalashib boraveradi. 

- Sardor Yusupovning harakatlari qanday taassurot qoldiryapti?

- Nazarimda, Paxtakorda o'ynab yurgan kezlari kuchliroq edi. Hali oldinda BAA bilan o'tkazadigan ikkita o'rtoqlik uchrashuvimiz bor. Bu o'yinlarda yana sinab ko'ramiz. Bilasizmi, tarkibimizdagi aksariyat futbolchilar 1-ligada o'ynashadi. Sir emas, bu ligada yoshi katta futbolchilar ko'pchilikni tashkil qiladi. Asosan Paxtakor va Bunyodkor jamoalari yuz foiz yoshlarni o'ynatishyapti. Boshqa jamoalardagi yoshi katta va tajribali futbolchilarga qarshi o'yinlarda bu yoshlarimiz har tomonlama pishib borishadi. Bilishimcha, Kataloniya chempionitida deyarli bir xil yoshdagi futbolchilar klublarda o'ynashadi.  

      Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика