"JAR"dagi bugungi mashg'ulotlar yakuniga etdi
26 noy 2014 18:27
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/152883_original.jpg)
![](/upload/storage/152883_220.jpg)
"JAR"dagi bugungi mashg'ulotlar yakuniga etdi
Bugungi mashg'ulotlarda ishtirok etgan futbolchilar:
Darvozabonlar: Eldor Suyunov, Akbar To'rev
Himoyachilar: Egor Krimec, Islom To'xtaxo'jaev, SHavkat Mullajonov, Bobur Yo'ldoshev, SHuhrat Muhammadiev, Aleksandr Merzlyakov, Akmal SHorahmedov.
Yarim himoyachilar: Aziz Ibragimov, SHavkat Salomov, Farruh Sayfiev, Javlon Ibrohimov, Jamshid Iskandarov, Lutfulla To'raev, Jasur Hasanov, Sardor Rashidov.
Hujumchilar: Kamoliddin Murzoev, Igor Sergeev, Vohid SHodiev, Navro'z Alimov.
O'zbekiston terma jamoasi azolari dastavval maydon bo'ylab yugurishdi. Mashg'ulotlarning dastlabki qismi jismoniy holatni tiklanishiga qaratildi. Bu borada yaqindagina terma jamoa murabbiylar shtabiga kelib qo'shilgan Aleksandr Volkov futbolchilar bilan ishladi. Keyinchalik futbolchilar uch guruhga bo'lingan holda to'p bilan ishlashdi. Mashg'ulotning asosiy qismida futbolchilar "ko'klar" va "qizillar"ga bo'lingan holda maydonning ikkinchi yarmida qo'lto'pi o'ynashdi.
"Ko'klar": Akbar To'raev, Aleksandr Merzlyakov, SHuhrat Muhammadiev, Islom To'xtaxo'jaev, Bobur Yo'ldoshev, Kamoliddin Murzoev, Navro'z Alimov, Sardor Rashidov, Lutfulla To'raev, Jasur Hasanov,
"Qizillar": Eldor Suyunov, Igor Sergeev, Jamshid Iskandarov, Akmal SHorahmedov, Javlon Ibragihimov, Farruh Sayfiev, Aziz Ibragimov, Egor Krimec, Vohid SHodiev, SHavkat Salomov, SHavkat Mullajonov.
Aytish lozimki, terma jamoamiz kuniga ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazishyapti.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar