So’nggi yangiliklar

14:15Инсайд тасдиқланди: Ўзбекистон МТЖ 2 карра жаҳон чемпиони билан ўйнайди   3 13:55Арманистон асосий стадиони майдонини Женнифер Лопес концертидан 1 ой ўтмай тиклашга эришди  8 13:36Германия терма жамоаси 2001 йилдан бери илк бор Жаҳон чемпионати саралашида гол уролмади  2 13:09Қирғизистон Ўзбекистон билан ўйин олдидан 2 та йўқотишга эга  10 12:41IShowSpeed Қозоғистонга келади  1 12:14"Барселона" келаси ёз учун иккита топ-трансферни режалаштирган  1 11:33Месси Жаҳон чемпионатида қатнашадими?   14 10:47Юлиан Нагельсман кечаги мағлубиятдан сўнг шогирдларини кескин танқид қилди  3 10:15МЮ Онанани ижарага бериши мумкин  3 09:40Бразилиялик бизнесмен бутун бойлигини Неймарга қолдирди  19 09:20Италия терма жамоасининг собиқ устози "Фенербахче"ни бошқаришга асосий номзод  4 09:00Месси ўйиндан олдин кўз ёшларини тўхтата олмади. Баҳс якунидан сўнг мухлислар билан хайрлашди  10 08:35ЖЧ-2026. Яна учта терма жамоа мундиал йўлланмасини қўлга киритди  9 08:06CAFA Nations Cup. Бугун Қирғиз Республикасига қарши майдонга тушамиз  12 07:39ЖЧ-2026 саралаш. Аргентина, Бразилия ва Уругвай йирик ҳисобда ғалаба қозонди  7

"JAR" stadionida farroshlar yo'qmi? Yangiliklar

"JAR" stadionida farroshlar yo'qmi?

So'nggi paytlarda "JAR" stadionida aytarli o'yinlar bo'lmaganligi uchun stadionning bugungi kundagi holatiga achinish ko'zi bilan qaraysiz.

Gap shundaki, stadion o'rindiqlariga qachon suv tegib artilganini bilish juda qiyin. Agar buni arxeologlar kelib aniqlab bermasalar, changni qo'lingizda artish orqali, uning qalinligidan kelib chiqib bu erga so'nggi marotaba qachon farroshning qo'li tekkan ekan deb yuborasiz.

O'zbekiston olimpiya terma jamoasini "Mashal" bilan bo'lib o'tgan o'yinida kuzatilgan bu ayanchli holat, MTJ va OTJ o'yini oldidan bartaraf etilsa kerak deb o'ylagan edik. Afsuski adashgan ekanmiz.

Eng qizig'i "Oq-Tepa" va "Nasaf" jamoalari o'rtasidagi o'yin ham shu stadionda bo'lgan va buning uchun poytaxtliklar kichik bo'lmagan summani to'lab ham berganlar. SHunda ham hech bo'lmasa VIP o'rindiqlar artilmagan.

O'z paytida ne-ne yulduzlarni ko'rmagan bu stadionga kirib hozir futbol tomosha qilishni alergiyasi bor muxlislarga man etish kerak. Keling, yaxshisi buni suratlarda tomosha qilasiz.




VIPga kirgan odam, VIP darajasida o'tirishi kerak...




Lekin VIPdagi manzara bunday bo'lsa. Bir kishi aytga ekan: - yaxshi ham osmonda sigirlar uchmaydi...




JARda OAV uchun sharoit yo'q hisobi. Manavi chang bosgan oynali devorda OAV vakillari o'yin suratini chizib bemalol tahlil qilsalar bo'ladi...




O'yinga kelgan 1000 nafarga yaqin muxlislarning deyarli barchasi uylariga qo'shimcha ish olib bordilar. Kimdir onasiga, kimdir singlisiga, yana kimdir ayoliga shimlarini yuvib berishni iltimos qilgan bo'lsalar ajab emas...




Bu siz o'ylagan narsa emas! Stadionda farrosh yo'q deb bo'lmaydi. Tushlik vaqtida yuvilgan gilamlarni quritish uchun tribunaga osib qo'yishgan ekan. SHunaqangi xunuk manzara, asti qo'yaverasiz. Lekin bundan ayrim ishqibozlar unumli foydalandilar...

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика