So’nggi yangiliklar

15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  1 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  1 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  3 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  4 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   5 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  11 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  15 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  19

Janubiy Koreyaga qarshi tayyorgarlik boshlandi Yangiliklar

Janubiy Koreyaga qarshi tayyorgarlik boshlandi

Melburnda qolgan terma jamoamiz bugunning o'zidanoq keyingi o'yinga tayyorgarlikni boshlab yubordi.
Kechagi bahsning asosiy tarkibida maydonga tushgan futbolchilar bugun sauna va basseynda tiklanish mashqlarini o'tkazdilar. Ikkinchi bo'limda tushgan futbolchilar hamda zaxirada qolganlar odatga ko'ra, bir soatdan sal ko'proq davomida maydonda shug'ullandilar.

Keyingi uchrashuvdagi raqibimiz Janubiy Koreya bo'lgani sabab terma jamoamizni kuzatish uchun 10 nafarga yaqin koreyalik hamkasblar ham mashg'ulotlarni kuzatishdi. Mashg'ulotda Nesterov ishtirok etmagani uchun Pyotr Gizimchuk Suyunov va To'raev bilan ishladi. SHuningdek, ular kechagi o'yin epizodlarini, ayniqsa, saudiyalik darvozabon o'tkazib yuborgan gollarni tahlil qildilar.

Gizimchuk keyingi ikkita golda darvozabonning xatosi yo'qligini aytdi. Ayniqsa, uchinchi golda u to'g'ri harakat qilgani, ammo bunday yaqin masofadan to'pni ushlab qolish qiyinligini takidladi.

Mashg'ulot davomida futbolchilarimizdan biri yiqilib tushdi. SHunda Mirjalol Qosimov uning turishini kutish kerakmasligi, o'yinda raqiblarimiz halol o'yin qoidasiga amal qilmasligi mumkinligini aytib o'tdi. Kechagi o'yinda xuddi shunga o'xshash vaziyat bo'lgandi. Undan tashqari murabbiy, agar futbol ko'rsatma asosida o'ynalsa, hakam ham raqibga yordam bera olmasligini uqtirdi.

SHuhrat Maqsudov asosiy tarkib bilan mehmonxonada qolgani uchun Baxtiyor Ashurmatov va Aleksandr Volkov bosh murabbiyga yordam berishdi.

Ertangi mashg'ulotda barcha futbolchilar birdek ishtirok etishadi.

Nodirxo'ja Yuldashev.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика