So’nggi yangiliklar

07:00"Барселона" ва "Интер" ўртасидаги "оловли" ўйинда "Интер"ни дарвоза тўсини қутқарди, Мхитаряннинг голи эса ҳисобга олинмади  0 02:00ЕЧЛ. "Барселона" ва "Интер" ярим финалнинг илк баҳсида жанговар дуранг қайд этди. Барчаси бир ҳафтадан сўнг ҳал бўлади  310 01:40Холанд "Манчестер Сити" машғулотларига қайтди  0 01:20Анвар Бердиев: "Майдон учун раҳбариятимизга миннатдорчилик билдираман. Чемпионатда кўп очко йўқотдик, энди шуни ўрнини тўлдиришимиз керак бўлади"  2 00:55Мирко Еличич: "Биз "Олимпик Мобиуз" каби энг яхши ёшларни йиға олмаймиз"  3 00:23Сергей Лушан: "Асабий ўйин бўлди, анча вазиятларни голга айлантира олмадик"  2 00:05Сервер Жепаров: "Навбаҳор" билан ўйин ўзига ҳос ажиотажни юзага келтирди"  3 00:00Россия кубоги. "Зенит" ЦСКАни мағлубиятга учратди. Файзуллаев 68-дақиқада майдонга тушди  10 23:30Элит ОЧЛ. "Ал Насср" ва Роналду мусобақани тарк этди. "Кавасаки Фронтале" финалда!  98 22:45Сергей Лебедев: "Назаримда, бугунги ўйинда ёмон ҳаракат қилмадик"  6 22:35"Реал" ёзда Родригони сотиб юбориши мумкин  9 22:26Виталий Левченко: "Дербиларда ҳар доим кураш бўлади"  4 21:45Ўзбекистон футбол ассоциацияси ва футзал федерацияси раҳбарияти Осиё Кубоги олдидан терма жамоа аъзолари билан учрашди  0 21:00Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда мағлуб қилди  8 20:47"Атлетик"ка қарши ўйин олдидан МЮнинг икки футболчиси машғулотларга қайтди  1

Janubiy Koreya ikkinchi o'yinda ham g'alaba qozondi Yangiliklar

Janubiy Koreya ikkinchi o'yinda ham g'alaba qozondi

Avstraliyada bo'lib o'tayotgan Osiyo Kubogi-2015ning "A" guruhi Quvayt - Janubiy Koreya uchrashuvini shu erda kuzatishingiz mumkin.

Quvayt - Janubiy Koreya  0:1

Gollar: Nam Tay Xi 35.

Ogohlantirish: Jang Xyun Su 18, CHa Du Ri 70.
13 yanvar 2015. Kanberra. "Kanberra" stadioni.
Bosh hakam: Alirizo Fag'oni (Eron)
Qanot hakamlari: Rizo Suhandon va Muhammad Rizo Abulfazli (ikkisi Eron)
To'rtinchi hakam: Yudai Yumamoto (Yaponiya)
Beshinchi hakam: Najah Alhamaidah (Iroq)

Quvayt: Hamid Yusuf, Amir Matug', Fahad Avad, Fahad Al Hajeri, Abdulloh Al Buraiki, Abdulaziz Al Enazi, Fahad Al Ibrohim, Sulton Al Enazi, Mesaid Al Enazi (C), Yusuf Nosir, Ali Maqsid. 
Janubiy Koreya: Kim Seung Gyu, Kim Jin Su, Park Ju Xo, Kim Min Vu, Nam Tae Xi, Lu Kun Xo, Li Myung Ju (Yung CHol 45), Ki Sung Yung (C), Kim Yung Gvon, Jang Xyun Su, CHa Du Ri.



                              MATNLI TRANSLYACIYA

                                            Yangilash    


Uchrashuv yakunlandi.

Bugun Avstraliya terma jamoasi g'alaba qozona oladimi?


75-daqiqagacha bo'lgan statistika.



73. Bir necha daqiqadan so'ng Brisbenda O'zbekiston terma jamoasining matbuot-anjumani boshlanadi va unda Mirjalol Qosimov va Odil Ahmedov ishtirok etadi.

Sidneyda mashg'ulotlar boshlandi.


70. Sariq kartochka. CHa Du Ri. 


66. Juda va juda noaniq zarba.


65. Janubiy Koreya gol urish uchun qulay imkoniyatga ega bo'ldi. Raqib darvozasidan chamasi 25 metr uzoqlikda standart.


Hamyurtlarimiz to'p tepgan stadionda bugun Ummon - Avstraliya o'yini o'tkaziladi.



61. Xavfli vaziyat!!! Quvaytliklar gol urishga juda yaqin keldi, ammo so'nggi zarba muvaffaqiyatsiz chiqmoqda.


60. Qarshi hujumda Li Kun Xo raqiblarni jazolay olmadi. Uning o'tkir burchakdan bergan zarbasi biroz noaniq bo'ldi.


59. Xavfli vaziyatt!!!!! Enazining zarbasi darvozaning ustidan o'tib ketdi.

Avstraliya terma jamoasi o'yindan oldingi mashg'ulotlarni boshlash uchun maydonga chiqishyapti.



56. Quvayt terma jamoasining standarti noaniq zarba bilan yakunlandi.


53. Son Xyong Minni maydonga tushishini ko'pchilik muxlislar kutayotgan bo'lsa kerak. Ammo murabbiy bugun unga dam olish uchun sharoit yaratib bergan shekilli.


O'zgarish. Myung Ju o'rniga - Yung CHul.

Sidneydagi stadion bugun to'ladi shekilli. 


45. Ikkinchi bo'lim boshlandi.


13:00. Bir soatdan so'ng musobaqa mezboni Avstraliya Ummon terma jamoasi bilan kuch sinashadi. Bu uchrashuv ham matnli translyaciya orqali saytimizda yoritilib boriladi.


Birinchi bo'lim statistikasi.



45. Tanffus.


44. Eslatib o'tamiz, "A" va "B" guruhida birinchi va ikkinchi o'rin egallaganlar chorak finalda bir-biriga qarshi maydonga tushadi. Demak terma jamoamiz keyingi bosqichda Avstraliya yoki Janubiy Koreyaga duch kelishi mumkin (agar guruh bosqichi muvaffaqiyatli yakunlansa).


Gol qanday yuzaga keldi?



CHa Du Rining o'ng qanotdan jarima maydonchasiga etkazib bergan to'pini Nam Tay Xi boshi bilan darvozaga to'g'irlab qo'ydi!

35. GOOOLLLLLL!!!!!!! Nam Tay Xi.


Nodirxo'ja Yuldashev, Hayrulla Holiqov va Narzulla Saydullaev Brisbenda Osiyo Kubogini yoritishda davom etyapti.


30. XAVFLI VAZIYATTTT!!! LI KUN XO birga-bir vaziyatda gol ura olmadi!!!!!

Bu esa ertaga Xitoy - O'zbekiston uchrashuvi bo'lib o'tadigan stadion.


Maydondagi muxlislardan tuhfa.


20-daqiqagacha bo'lgan statistika.



21. O'quvchilarmiz uchun eslatib o'tamiz, FIFA.UZda 3-turning transferi oynasi (dedlayn) 17 yanvar 11:00da yopiladi.


Birinchi 15 daqiqa ichida to'p ko'proq maydon markazida bo'lgan.


18. Sariq kartochka. Jang Xyun Su.


13. Osiyo Kubogining rasmiy saytida "Janubiy Koreya guruh bosqichini birinchi o'rinda yakunlay oladimi?" degan savolga quyidagicha ovoz berilgan. 55% XA, 45% YO'Q.


1-turdan keyin Osiyo Kubogining statistikasi.


8. Eslatib o'tamiz, FIFA.UZda Osiyo Kubogi musobaqasining g'olibi hamkorimiz "JOMA"ning sport libosiga ega bo'ladi.


6. FIFA.UZda 2-tur uchun o'z jamoangizga yangi futbolchilar xarid qildingizmi? 


4. Janubiy Koreya futbolchilari raqib jarima maydonchasida xavfli vaziyat yarata olishdi, ammo natija yo'q.


1. "A" guruhida Avstraliya va Janubiy Koreya terma jamoalarida 3 ochko bor, Ummon va Quvayt esa 0.


0. Uchrashuv boshlandi.


Koreyalik muxlislar bugun o'ziga hos ko'rinish bilan o'z futbolchilarini qo'llab-quvvatlaydi.


- Assalomu alaykum hurmatli futbol muxlislari. Bugun siz bilan Avstarilyada bo'lib o'tayotgan Osiyo Kubogining 2-tur uchrashuvlarini kuzatishni boshlaymiz. Bir necha daqiqalardan so'ng Quvay va Janubiy Koreya o'rtasidagi bahs boshlanadi va biz ham matnli translyaciyamizni boshlaymiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика