Jandomeniko Mesto olti oy davomida maydonga tushmasligi mumkin
05 noy 2013 15:24
Yangiliklar


Jandomeniko Mesto olti oy davomida maydonga tushmasligi mumkin
“Napoli” klubi yarim himoyachisi Jandomeniko Mesto jarohati sababli olti oy davomida maydonga qaytmasligi mumkin, deb xabar beradi UEFA rasmiy sayti.
Mesto Italiya chempionati 11-turidan o'rin olgan “Kataniya”ga qarshi o'yinda (2:1) jarohat olgan va o'yinning 7-daqiqasida boshqa futbolchiga o'zgartirilgan. Bugun o'tkazilgan tibbiy ko'rik natijalari ko'ra, futbolchining o'ng oyoq tizzasi qattiq lat egani malum bo'lgan. SHu sababli Mesto bugun operaciya qilinadi.

Fikrlar