Yosh murabbiy ayni damda Toshkentda bo'lib o'tayotgan PRO murabbiylik kursida tahsil olmoqda. Shunga qaramay, Saidovga "Mashal" jiddiy taklif bilan chiqdi. Endilikda 35 yoshli murabbiy "Mashal" yoshlar jamoasini boshqaradigan bo'ldi. Muborakdagi safarimiz chog'ida Saidovni suhbatga tortdik.
- Jamshid aka, oxirgi paytlarda "Mashal"da faoliyat yuritishingiz xususida ko'p gapirilmoqda. Ammo rasman ish boshlamagansiz. PRO kursldarida o'qishni davom ettirmoqdasiz. Aytingchi, gazchilar rahbariyati sizni qachon ishga taklif etgandi?
- "Buxoro"da murabbiylar shtabi iste'foga chiqqanidan so'ng "Mashal" rasmiylari bundan xabar topgan ko'rinadi. Chunki buxoroliklar bilan orani ochiq qilganimdan so'ng, dastlab Aleksandr Xomyakov qo'ng'iroq qilib jamoasiga taklif etdi. Keyinchalik esa jamoa ijrochi direktori Ilhom Qurbonov men bilan a'loqaga chiqib, kelasi yil murabbiylar shtabida ishlash taklifini o'rtaga tashladi.
- "Mashal" siz uchun begona jamoa emas. Sababi ilgari ham Muborakda ishlagansiz. To'g'rimi?
- Ha, albatta. Ta'kidlab o'tganingizdek bu yerda oldin ham faoliyat yuritganman. Shuning uchun bu borada uzoq o'ylanib o'tirmadim va labbay deya javob berdim. Jamoada ishlash uchun barcha sharoitlar muhayyo etilgan. Faqat ishlash talab etiladi.
- Jamoadagilar qaytishingizni qanday qarshi olishdi?
- Hammasi yaxshi. Muammo yo'q. Bu yerda men bilgan insonlar ko'p. O'rtada o'zaro ishonch bor.
- Kelasi yil yoshlar jamoasiga ustozlik qilishingiz to'g'risida ma'lumotga egamiz. Aytingchi yig'in qachondan boshlanadi?
- Rejaga ko'ra, yanvar oyining dastlabki haftasidan boshlaymiz.
- PRO kursi aprel oyiga qadar davom etishini inobatga oladigan bo'lsak. Bu yangi jamoangizdagi ishingizga ta’sir o'tkazmaydimi?
- Menimcha unday bo'lmaydi. Chunki bu yerda mendan tashqari mahalliy yigitlarning imkoniyatini juda yaxshi biladigan murabbiy Dilshod Andaev ham bor. O'ylaymanki yordamchilarim men yo'qligimda ishni davom ettirib turaverishadi.
- Yangi mavsumda sizga assisentlik qiladigan bo'ldi?
- Hozircha bu masala to'liq hal etilgani yo'q. Nomzodlar etarlicha topiladi. Faqat yangi yilda aniq bo'lsk kerak.
- "Mashal" yoshlar jamoasiga avvalgi ish joyingiz bo'lmish Buxorodan ham istedodli futbolchilarni jalb etishingiz mumkinmi?
- Menimcha yo'q. Chunki Muborakdagi akademiyadan yetishib chiqayotgan o'yinchilar talaygina. Boz ustiga yoshlar jamoasida o'yinchilarni olib yurish yaramaydi. Asosiy tarkib bo'lsa ham boshqa gap edi.
Islombek Rustambekov, Narzulla Saydullaev suhbatlashdi.