So’nggi yangiliklar

17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  0 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  1 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  3 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  4 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  1 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  3 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  5 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   5 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4

Jamshid Hasanov: "PFL kubogini qo'lga kiritishni rejalashtirganmiz" Yangiliklar

Jamshid Hasanov: "PFL kubogini qo'lga kiritishni rejalashtirganmiz"

PFL kubogining ikkinchi yarim finalida "Mashal" - "Obod" (2:1) uchrashuvidan so'ng "Mashal" yarim himoyachisi Jamshid Hasanov fikrlarini bildirib o'tdi.
"Obod" o'tgan yili shu turnirning finalida "Mashal" bilan o'ynagan edi. Bu jamoa hujumkor o'yin ko'rsatadi va bugun ham shunday bo'ldi. Yaratilgan imkoniyatlardan foydalanganimiz bizga finalni taqdim etdi. Tajriba borasida "Obod"dan ustunroq edik. Jamoani shakllantirish uchun har xil o'yinlarda boshqa-boshqa tarkib maydonga tushmoqda. Murabbiyimiz bergan ko'rsatmalarni bajarib , o'yinni shakllantirish birinchi vazifamizdir. Turnir boshlanishidan oldin jamoa oldiga nafaqat kubokni olish,  balki o'yinni olib borish ham vazifa edi.  SHu yo'lda davom etamiz. Rejamizda kubokni qo'lga kiritish albatta bor" , - deydi Jamshid Hasanov.

- Bu yilgi turnir o'tgan yili bo'lib o'tgan PFL kubogidan nimasi bilan farq qilmoqda?

Farqni ko'rmadim. Raqiblar ham unchalik o'zgarmagan. Turnir jamoani shakllantirish uchun xizmat qiladi. Klubimizda legionerlar ko'rikdan o'tdi. Asosan shularda foyda bo'lishi mumkin.

- Finalda voha derbisini ko'ramiz ? Bu o'zgacha ahamiyatga ega ?

Albatta, PFL kubogining finalida ikki voha jamoasi maydonga tushadi. "SHo'rtan" bu yil Oliy ligaga qaytdi. Bizning jamoa ham o'tgan yili Oliyga qaytgan va shu turnirda g'oliblikni qo'lga kiritgan edi. SHu bois o'rtada katta farq bor deb hisoblamayman. Ikki jamoada ham imkoniyat bir xil. "SHo'rtan"da bu yil katta o'zgarishlar bo'ldi va kuchli jamoa shakllanmoqda. "Mashal" esa o'tgan yilgi tarkibni saqlab qolish bilan shakllantirdi. Yuqorida aytganimdek sovrin uchun maydonga tushamiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика