So’nggi yangiliklar

23:10Al Ain Cup. Ўзбекистон – Миср 2:0  12 23:01Миср 8 ой деганда илк марта ютқазди  20 22:53Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз  423 22:23"Барселона" "Челси" билан бир ҳимоячи учун курашади  0 22:09Остон Ўрунов миллий термадаги 9 ва 10-голларини урди  3 21:54"Манчестер Сити"га "Борнмут" футболчиси керак  2 21:40Луис де ла Фуэнте: "Ямал борасида ҳавотир олмасангиз ҳам бўлади"  0 21:20Вернер қаерга боради?  0 20:58Карло Анчелотти 40 ёшли Модричнинг "Милан"да ўйнаётгани ҳақида гапирди  0 20:18МЛСда тизим ўзгармоқда: "Бу янги эранинг бошланиши бўлади"  2 19:54"Байер" асосий футболчиси "Бавария" кузатуви остида  0 19:10Райс, Ямаль, Дейола... "Пушкаш" мукофоти учун номзодлар эълон қилинди  5 18:44Рафинья "Олтин тўп"ни қўлдан бой бергани ҳақида гапирди  6 18:18Япония Ганани, Корея эса Боливияни доғда қолдирди  2 17:55Хорватиялик футболчи касбини ўзгартиради: у Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан сартарошлик қилди  2

Jahongir Mirzaev: "Koreyadagi o'zbeklar terma jamoamizni kutishyapti" Yangiliklar

Jahongir Mirzaev: "Koreyadagi o'zbeklar terma jamoamizni kutishyapti"

Janubiy Koreyaning Inchon shahrida bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlari boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi.
Begona yurtda qiynalmaslik uchun "Feysbuk"dagi sahifamda yordam so'ragan edim. Do'stlarim ichida bo'lgan Abdulatif Boltaboev bir zumda men bilan aloqaga chiqdi. O'zi boshqa shaharda istiqomat qilayotgani bois Inchonda turadigan Jahongir Mirzaev bilan tanishtirib qo'ydi. Er dumaloq deb bejizga aytishmaydi. Buni qarangki, Jahongir aka o'tgan yil Koreyaga borganimizda, terma jamoamizni kutib olish uchun chiqqan 4 nafar ishqibozdan biri ekan.




  • Muxlislarimiz allaqachon tayyorgarlik ko'rib qo'yganlar

O'sha kunlarni esladik. Muomalada gap katta deb bejizga aytishmaydi. Muxlisimiz o'sha kuni ularni kutib olish uchun chiqqan muxlislarga etiborsiz bo'lgan terma jamoa delegaciyasidan xafa ekanligini yashirmadi. Haqiqatdan ham shunday bo'lgan edi. SHunga qaramay, ular ertasi kuni Seulga bir nechta do'stlari bilan borishgan. Yana ikki ming nafarga yaqin muxlis ikkita sektorni to'ldirib o'tirgan edilar.




  • 1.5 yil avval Abdulatif Boltaboev obektivimga "tushgan" ekan

Bugun men muxlisimiz bilan suhbatlashdim.

- Inchon Osiyo o'yinlariga qanday tayyorgarlik ko'ryapti, yani targ'ibot ishlari borasida?
- Hozirgi kunda barcha sport arenalari musobaqaga 100% tayyor holatga keltirilgan. SHahar bo'ylab targ'ibot ishlari olib borilyapti. Har bir chorrahada reklamalarni ko'rasiz. Gullar bilan maxsus dekoraciyalar qilingan. Bir so'z bilan aytganda Inchon aholisi bu musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko'rayapti.




  • Jahongir Mirzaev milliy DO'PPImizda

- U erdagi o'zbeklar terma jamoamizni kutayotgan bo'lsalar kerak?
- Albatta kutishyapti. Ayniqsa futbol muxlislari judayam katta qiziqish bilan chempionat boshlanishini kutishmoqda. Hatto muxlislar jamoani kutib olish uchun aeraportga borishmoqchi. "Men ularni bu ishni qilmaslikka undadim, chunki avvalgi safar terma jamoamiz delegaciyasi bizni xursand qilmagan edi. Bizni kutib olganimizga etibor qilmaganlar ko'p edi. Bugun bizga shuni malum qildilarki, guruh bosqichi uchun chiptalar bepul ekan.

- Koreya nimaning evaziga so'nggi yillarda bizdan ilgarilab ketdi deb o'ylaysiz?
- Ularda yoshlarga etibor kuchli. Istedodlarga etibor berishadi va albatta moliyaviy jihatdan ko'p mablag' sarf qilinadi.

- Taxminan nechta muxlis terma jamoamizni qo'llab quvvatlaydi deb o'ylaysiz?
- 3000 yoki 4000 nafar. Agar finalga chiqishsa, stadionni to'ldiramiz.

Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика