Jahongir Abdumo'minov "Mashal"da qoladi
28 jan 2014 18:45
Yangiliklar

Jahongir Abdumo'minov "Mashal"da qoladi
O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra “Mashal”ning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Jahongir Abdumo'minov bu yilni ham qadrdon jamoasi tarkibida o'tkazadigan bo'ldi.
Futbolchining o'zi bilan suhbatlashganimizda Qozog'istonning “SHaxtyor” klubi ko'rigiga bormaslikni, undan ko'ra faoliyatini “Mashal”da davom ettirishini malum qildi.
Xabaringiz bor, o'z vaqtida “Mashal”da ishlab ketgan Viktor Kumikov ushbu futbolchimizga qiziqish bildirgandi. Natijada Jahongirning “SHaxtyor”ga yo'l olishi kutilgandi, biroq “gazchilar” bir yillik tanaffusdan keyin yana oliy ligaga qaytishgani bois tarkibda Abdumo'minovga o'xshagan yaxshi yarim himoyachiga ehtiyoj seziladi. SHu bois klub rahbariyati futbolchini Muborakda qolishga ko'ndirdi. O'ylaymizki, Abdumo'minov “Mashal”da qolib to'g'ri qaror qildi. CHunki uning uchun “Mashal” o'zimizdagi eng maqul variant hisoblanadi.

Fikrlar