So’nggi yangiliklar

22:28АПЛда мавсум мураббийи бўлиш учун номзодлар маълум қилинди  1 22:12Саудия Арабистонида бугун чемпион аниқланиши мумкин  0 21:43Эрон. "Персеполис" мавсумни ишончли ғалаба билан якунлади, Остон Ўруновдан гол!  2 21:24АПЛда мавсум футболчиси ким бўлади? Номзодлар билан танишинг  4 20:44"Милан"дагилар бош мураббий ва Феликс борасида бир қарорга келди  5 20:22"Ливерпуль" "Байер" футболчиси билан келишиб олди  9 19:56"Барселона" асосий футболчиларидан бири бир неча ўйинларни ўтказиб юборади  6 19:29ПСЖ голеадор ҳужумчини ёзги трансфер мақсадларидаги устувор номзодга айлантирди  1 18:58"Ал Насср" юлдузи жамоадан кетмоқчи  9 18:29"Арсенал" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  3 18:07"Нефтчи" бош менежери Грузия клуби академиясида бўлди  6 17:47Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг CAFA U-17 мусобақасида қатнашадиган таркиби маълум  8 17:22Винисиус Жуниор футбол империясини кенгайтирди: "Реал" вингери Бразилиянинг "Атлетик" клубини сотиб олди  2 16:54"Тоттенхэм" футболчиси операция қилинди ва МЮ билан ўйинни ўтказиб юборади  1 16:26​Алонсо "Реал"га қайси футболчиларни олиб келмоқчи?  6

Jafar Irismetov: "SA"da har xil qiziqarli yangiliklar va maqolalar chop etiladi" Yangiliklar

Jafar Irismetov: "SA"da har xil qiziqarli yangiliklar va maqolalar chop etiladi"

29 noyabr kuni Toshkentdagi "Yoshlik" sport majmuasida "Kamoliddin Kenjaevga yordam beramiz" akciyasi va championat.asia saytining to'rt yilligi nishonlandi. Ushbu tadbirda ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasining sobiq hujumchisi Jafar Irismetovni suhbatga tortdik.
"Bunqangi savob ishlarni tashkil etib juda yaxshi ish qilindi. "SA" sayti juda savobli ishni yo'lga qo'ydi. Bir og'iz taklif etganlaringga jon deb keldik. Bu fojea futboldan tashqarida bo'lgan bo'lsada, baribir futbolchi bilan sodir bo'ldi. Futbolda katta jarohatlar uchrab turadi. Futbolchilar har qanday holatda yolg'iz tashlab qo'yilmasligiga guvohi bo'ldik. Bu narsa Kamoliddin Kenjaevdan boshlandi. Xudo ko'rsatmasin boshqa charm to'p ustalari ham og'ir jarohat olgudek bo'lsa, ular hech qachon yordamsiz qolib ketishmaydi. Ushbu tadbirni tashkil etishganiga juda xursand bo'ldim. Bu narsalar juda kerak. Har doim shunaqangi tadbirlarni tashkil etib turilsa maqsadga muvofiq bo'lardi. Kamoliddin Kenjaev salomatlik tilab qolaman", - deya o'z fikrlarini boshladi Jafar Irismetov.

- Bugun terma jamoadagi sobiq futbolchilar bilan birga to'p tepdinglar. Umuman uchrashuvdagi taassurotlaringiz?

- Anchadan beri birga to'p tepmagandik. SHu bois jangovor durang natijasini qayd etildi (kuladi). Lekin baribir tajribali hamkasblarimiz hali o'z sport formalarini yo'qotmaganliklariga guvoh bo'ldik. Mirjalol Qosimov, SHuhrat Maqsudov, Baxtiyor Ashurmatov va boshqa qadrdonlar bilan avvallari terma jamoada birga faoliyat ko'rsatganmiz. Bir-birlarimizni tushunib o'ynadik. Umuman barcha o'ynagan futbolchilarimizda katta tajriba bor. Bu bellashuvda natija muhim emasdi. Tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad ushbu narsalarni kelajakda yoyish deb o'ylayman.

- Bugun "SA" o'zining to'rt yillik tug'ilgan kunini nishonlamoqda. Saytimiz haqida fikrlaringiz?
- To'g'risini aytsam, so'nggi vaqtlarda faqat shu saytga kirib turibman. CHunki ushbu saytda nafaqat Oliy liga, balki birinchi liga uchrashuvlari, natijalari, futbolchilari va murabbiylari haqida ham yoritib boriladi. Bundan tashqari "SA"da har xil qiziqarli yangiliklar va maqolalar chop etiladi. Qisqa qilib aytganda, nima yangilik bo'lsa "SA" orqali bilib boramiz.
Sayt ijodkorlarining ishlariga rivoj tilayman. Ushbu sayt o'quvchilarining ko'pchiligi futbolning haqiqiy ishqibozlari bo'lsa kerak deb o'ylayman. Barcha muxlislar va o'quvchilarga omad yor bo'lsin. Ularga terma jamoamizning Osiyo kubogi o'yinlarida g'alabalarini birga nishonlashni tilab qolaman. Televizor orqali bo'lsa ham, terma jamoamizni qo'llab-quvvatlab turishlarini istardim. Keyingi yili start oladigan milliy chempionatimiz o'yinlarida ham muxlislarimizni stadionga chorlab qolaman. Nafaqat saytdan, balki stadionda kelib o'z sevimli jamoalarini qo'llab-quvvatlab turishlarini so'ragan bo'lardim. Internet yaxshi, ammo stadionga kelib muxlislik qilish yanada yaxshiroq. Futbol muxlislar bilan fayzli. O'ylaymanki, keyingi yildan boshlab muxlislarimiz milliy chempionat o'yinlarimizda stadionni to'ldirib o'tirishadi.  

- O'zingizni kelajakdagi rejalaringiz haqida ham gapirib o'tsangiz...?

- O'zim haqimda gapiradigan bo'lsam, 1-dekabrdan boshlab A licenziyasiga o'qiyman. O'qishni tugatib, A licenziyasini olsam, murabbiylik faoliyatimni boshlayman.

SHahboz Beg'amov suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика