Jadigerov "Andijon" safiga qo'shildi
29 jan 2015 14:57
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/160166_original.jpg)
![](/upload/storage/160166_220.jpg)
Jadigerov "Andijon" safiga qo'shildi
“Andijon” jamoasini Toshkentda olib borayotgan yig'ini qizg'in davom etmoqda.
Poytaxtda jamoa mashg'ulotlarni boshlaganiga bugun bir hafta bo'ldi.
Yig'in chog'ida “Andijon” safiga yangi o'yinchilarni qo'shilishi davom etmoqda. Bugundan mashg'ulotlarda tajribali yarim himoyachi Asqar Jadigerov ishtirok etishni boshladi.
“Andijon” uchun begona bo'lmagan bu futbolchi sobiq jamoasiga qaytdi. Muxlislarga yaxshi malumki, Jadigerov 2002-2003, 2007-2009 va 2013 yilgi mavsumlarda andijonliklar sharafini himoya qilgandi. O'tgan yili futbolchi hech bir klub safida ko'rinish bergani yo'q. Bosh murabbiy Edgar Gessga uning harakatlari maqul kelsa, Jadigerov faoliyatini yana “Andijon”da davom ettiradi.
Toshkentdagi yig'inda tarkibga qo'shilgan yangi o'yinchilardan Aleksandr Lupashko, Alisher Fayzullaev va Asilbek Egamberdiev ko'rikdan o'ta olishmadi va ularga javob berildi.
Eslatib o'tamiz, bugun jamoamiz “Buxoro”ga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushadi.

![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar