So’nggi yangiliklar

18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  2 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  1 18:46U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23 (матнли трансляция)  15 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  1 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  8 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   17 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  6 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  12

Zerikarli 1-bo'limdan shiddatli 2-bo'limga qadar: “Surxon” – “Qo'qon-1912” o'yini haqida Yangiliklar

Zerikarli 1-bo'limdan shiddatli 2-bo'limga qadar: “Surxon” – “Qo'qon-1912” o'yini haqida

Teglar :  Qo'qon-1912Surxon
20 mart kuni Superliganing 3-tur uchrashuvlari yakuniga etdi.

Kun doirasidagi 3 uchrashuvning dastlabkisi Surxondaryoda “Surxon” – “Qo'qon-1912” jamoalari o'rtasida bo'lib o'tdi. Durang natija qayd etilgan bahs haqida so'z yuritamiz.

Zerikarli 1-bo'lim

O'yinning ilk daqiqalari shiddatli tarzda boshlandi. Ko'rinishidan murosasiz kechadigan bahsning 8-daqiqasida qo'qonliklar burchak zarbasiga ega chiqishdi. Burchakdan uzatib berilgan to'pni Muhammadanas Hasanov darvozaga yo'lladi, biroz ozgina noaniq bo'ldi. Aslida, shundan so'ng har ikki jamoa ham hujumlarga o'tib turishdi, lekin ularning xavfliligi haminqadar edi. Albatta, bunga Termizdagi yomg'ir ham o'z tasirini o'tkazgan bo'lishi mumkin, biroq o'sha kuni jamoalar 1-bo'limni shu tarzda o'tkazishdi.



1-bo'limning aksi: SHiddatli tarzda o'tgan 2-bo'lim haqida

Jamoalar ko'rinishidan barchasini 2-bo'limga olib qolganga o'xshab maydonga tushishdi. “Qo'qon-1912” jamoasi dastlabki daqiqalardanoq hujumlarga zo'r berdi. Bu esa tabiiyki, golga olib keldi. “Surxon” futbolchisi Vladimir Budanya SHoxnazar Norbekovga nisbatan o'z jarima maydonchasi ichida qo'pollik ishlatdi. “Sport” telekanali orqali tomosha qilgan muxlis, futbolchi, hakam yoki stadiondan o'yinni ko'rgan muxlisdan farqi qolmay, takroriy lavhani ham ko'ra olmadi. SHu bois, qanchalik darajada qo'pollik ishlatilganini bilmadik, biroq bir ko'rishdan bu penaltiga o'xshadi. Uni amalga oshirgan Murod Xolmuhammedov esa mo'ljalda adashmadi – 0:1.

Goldan so'ng “Surxon” jamoasi azolari hujumlarga yanada zo'r berdi. Qator hujumlar, bir necha vaziyatlar yuzaga keltira oldi jamoa. Hatto, bir vaziyatda penaltiga o'xshash holat ham bo'lgandi, biroq “Sport” kanalidagi takroriy lavhalar berilmagani yana pand berdi. Biz esa shunchaki ovozlardan surxondaryolik muxlislarning hakamni odatiy so'kishini eshitdik. 77-daqiqada Asror G'ofurov katta sahnaga chiqdi. O'ng qanotdan uzatib berilgan to'pni G'ofurov boshi bilan darvozaga yo'lladi – 1:1.

Hisob tenglashcha qo'qonliklar ham, mezbonlar ham oldinga o'tishga ko'paytirishdi. Maydon “yondi”, deya olmaymiz-ku, biroq yaxshi o'yin bo'ldi ancha. Hakam tomonidan qo'shib berilgan vaqtlarda esa Murod Bobojonov barchasini hal qilishi mumkin edi. 2 daqiqada uzoq masofadan ikki marta kuchli zarba berdi. Biroq birinchisida to'p darvoza ustuni ustidan, keyin esa darvoza yonginasidan o'tib ketdi. SHunday natija va o'yin bilan uchrashuv o'z nihoyasiga etdi.


Murabbiylarning fikri

Rifat Akramxo'jaev: "Birinchi goldan keyin ustunlik biz tarafga o'tdi"         

Baxtiyor Ashurmatov: "Afsuski, muxlislarimiz kutgan natijani qo'lga kirita olmadik"        



4-tur oldidan

1 aprel kuni “Surxon” jamoasi Jizzaxda “So'g'diyona” mehmoni bo'ladi. Hozirgi kunga qadar jizzaxliklar 3 o'yindan so'ng 2 g'alaba, 1 durang natija bilan 7 ochkoga ega. “Surxon” esa mazkur bahsdan so'ng 4 ochkoga ega.

2 aprel kuni “Qo'qon-1912” jamoasi o'z uyida Toshkentning “Bunyodkor” jamoasini qabul qiladi. Ushbu o'yindan keyin qo'qonliklar 1 g'alaba va 2 durang natijasi bilan 5 ochkoga ega.




Coca Cola Superliga, 3-tur
SURXON – QO'QON-1912 - 1:1
20 mart 2021 yil. Termiz. "Surxon" stadioni. 16:15
Hakamlar:
Rustam Lutfullin, Sanjar SHoyusupov, Alisher Usmonov, Ilya Ilin
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: Axmed Tillaev

Gollar: Murod Xolmuhammedov 52 penalti, - 0:1. Asror G'ofurov 77, - 1:1 (Alisher Salimov).

"Surxon": 13.Akrom Xo'jaev, 5.Jasurbek Yoqubov, 6.Alisher Salimov, 7.Islom Toshpo'latov (8.Jahongir Ahmadov, 76), 10.Murod Bobojonov, 11.Zohir Pirimov (21.Javohir Esonqulov, 69), 14.Jasur Xolto'raev (38.Muhammad Ali Abdurahmonov, 69), 15. Vladimir Bubanya, 20.Husniddin G'ofurov, 66.Behruz SHaydulov, 77.Asror G'ofurov.
Zaxira: 1.Azamat Ahmedov, 3.Kamoliddin Ashurov, 9.Nizomjon Norov, 70.Ibrohim Yo'ldoshev.

"Qo'qon-1912":
1.Muzaffar Abdullaev, 3.Bobirjon Akbarov, 7.Asadbek Sobirjonov (13. Sardor Azimov, 72), 8.Farhod Bekmurotov, 10.SHoxnazar Norbekov, 15.Oybek Rustamov (11. Mo'min Meliev, 81), 22.Muhammadanas Hasanov, 23.Aleksandr Merzlyakov, 33.Ivan Yosovich, 70.Murod Xolmuhammedov, 91.Yakuba Bamba (20. Iqbol Malikjonov, 64).
Zaxira: 16.Eldor Adhamov, 5. Slavko Lukich, 14. Avaz Mamatxo'jaev, 99. Andrey Sidorov.

Ogohlantirishlar: Oybek Rustamov 15, Ivan Yosovich 65, Asror G'ofurov 67, Farhod Bekmurotov 82, Muzaffar Abdullaev 90+2.


Surxon

Asror G'ofurov - 77'

Superliga. 3-tur

20/03/2021, 16:15

1
:
1
Tugadi

Qo’qon-1912

Murod Xolmuhamedov - 52'

45'
90'
51'  Akrom Xo'jayev
66'  Asror G'ofurov
69'  Zohir Pirimov (Javohir Esonqulov)
69'  ZHasur Xolto'raev (Muhammadali Abdurahmonov )
76'  Islom Toshpo'latov (Jahongir Ahmadov)
77'  Asror G'ofurov
77'  Alisher Salimov
15'  Oybek Rustamov
52'  Murod Xolmuhamedov
64'  YAkuba Bamba (Iqbol Malikzhonov)
65'  Ivan Yosovich
72'  Asadbek Sobirzhonov (Sardor Azimov)
81'  Oybek Rustamov (Mo'min Meliev)
82'  Farhod Bekmurodov
90'  Muzaffar Abdullaev




Og'abek Samisov

Foto: Sobitjon Xodjamqulov

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика