Zepp Blatter Tojikiston Superkubogi uchrashuviga keladi
19 fev 2014 17:41
Yangiliklar

Zepp Blatter Tojikiston Superkubogi uchrashuviga keladi
FIFA prezidenti Zepp Blatter Ravshan va Istiqlol futbol klublari o'rtasidagi Tojikiston Superkubogi uchrashuviga tashrif buyuradi.
Bu haqda Tojikiston Futbol Federaciyasining Feysbukdagi sahifasida xabar berilgan.
FIFA prezidenti Zepp Blatter 24 mart kuni rasmiy tashrif bilan Tojikistonga keladi va ikki kun davomida ushbu mamlakatda bo'ladi. Jahon futboli rahbari tashrifi davomida Tojikistonda elon qilingan Ommaviy futbol yilini ochib beradi. Ochilish marosimi 25 mart kuni Dushanbedagi Markaziy stadionda bo'lib o'tadi.
Xuddi shu kuni Zepp Blatter Tojikiston Superkubogi uchrashuvida ham mehmon bo'ladi. Ushbu uchrashuvda Tojikistonning amaldagi chempioni, Ko'lobning Ravshan va amaldagi Kubok sohibi, Dushanbening Istiqlol jamoalari o'zaro maydonga tushadi. O'yin Dushanbedagi Markaziy stadionda o'tkaziladi.
Blatterning rasmiy tashrif davomida Tojikiston rahbariyati va mamlakat futbol federaciyasi vakillari bilan uchrashuvlar o'tkazilishi rejalashtirilgan, – deyiladi TFF xabarida.

Fikrlar