So’nggi yangiliklar

15:26Суперлига. 4-тур учрашувларини ўтказиб юборадиган футболчилар  0 15:10Маркус Рэшфорд Евро-2024га бора олмаслиги мумкин  0 14:38Парехо Винисиус ҳақида: "Ажойиб спортчи, аммо ўйинчилар ўзини футболга бағишлаши керак. Мени пиёниста дейишарди, лекин бунга эътибор бермаганман ва жавоб қайтармаганман – бундай одамлардан юқорироқ бўлиш зарур"  0 13:47Суперлига. 9та клуб дастлабки 3та турда фақат бир хил формадан фойдаланди. Бунга сабаб нима?  4 13:44"Манчестер Юнайтед" "Реал" футболчисини сотиб олмоқчи  0 13:23Хавининг дисквалификацияси бўйича апелляция рад этилди   1 12:50Ўзбекистон кубогининг саралаш босқичига қуръа ташланди  3 12:15Месси: "ЖЧ-2022да ғолиб бўлмаганимизда, мен терма жамоадан кетардим"  2 11:53Начо ва Васкес "Реал" билан шартномасини узайтиради  2 11:23"Шўртан"нинг мавсумдаги илк ғалабаси қандай қўлга киритилди?   0 10:37Футзал. Терма жамоамиз бугун Қирғиз Республикасига қарши баҳс олиб боради  0 10:00Хави «Барселона»да қолиши мумкин, бироқ бош мураббий сифатида эмас  4 09:24Месси футболдан ташқари яна қайси спорт турларига қизиқишини айтди  13 08:50Про лига. Бугун турнинг марказий учрашуви бор  8 08:34Шеригини «нокаут» қилган Бекмуродов жарима тўлайди. ЎФА Тартиб-интизом қўмитасининг қарорлари эълон қилинди  17

6:1! "Zenit" "Rostov"ni "sochib tashladi" Yangiliklar

6:1! "Zenit" "Rostov"ni "sochib tashladi"

"Zenit" hamda "Rostov" o'rtasidagi Rossiya Premer-ligasining 13-tur uchrashuvi yakuniga etdi.

Zenit St. Petersburg

Artem Dzyuba - 14', Artem Dzyuba - 20', Sardar Azmoun - 44', Vyacheslav Karavaev - 61', Artem Dzyuba - 80', Wilmar Barrios - 90'

Premier League . 13-tur

19/10/2019, 22:00

1
:
6
Tugadi

FC Rostov

Roman Eremenko - 83'

Stadion: Gazprom Arena

45'
90'
14'  Artem Dzyuba
17'  Magomed Ozdoev
20'  Artem Dzyuba
20'  Vyacheslav Karavaev
44'  Sardar Azmoun
44'  Artem Dzyuba
56'  Wilmar Barrios
61'  Vyacheslav Karavaev
61'  Artem Dzyuba
71'  Oleg Shatov (Daler Kuzyaev)
77'  Magomed Ozdoev (Aleksei Sutormin)
80'  Artem Dzyuba
82'  Branislav Ivanovic
85'  Sebastian Driussi (Aleksandr Yerokhin)
90'  Wilmar Barrios
90'  Sardar Azmoun
13'  Dennis Hadzikadunic
20'  Roman Eremenko
62'  Ivelin Popov (Baktiyor Zaynutdinov)
64'  Aleksey Ionov (Aleksandr Saplinov)
77'  Eldor Shomurodov (Bjoern Sigurdarson)
78'  Dmitri Chistyakov
80'  Evgeny Chernov
83'  Roman Eremenko

"Zenit" – "Rostov" 6:1

"Gazprom Arena"

Gollar: 1:0 – 14, penalti Dzyuba, 2:0 – 20 Dzyuba, 3:0 – 44 Azmun, 4:0 – 61 Karavaev, 5:0 – 80, penalti Dzyuba, 5:1 – 83, penalti Eremenko, 6:1 – 90 Barrios.

"Zenit": Kerjakov, Ivanovich, Duglas Santos, Rakickiy, Karavaev, SHatov (Kuzyaev, 71), Barrios, Ozdoev (Sutormin, 77), Dzyuba, Azmun, Driussi (Eroxin, 85).

"Rostov": Baburin, CHistyakov, CHernov, Xadjikadunich, Kozlov, Normann, Popov (Zaynutdinov, 62), Ionov (Saplinov, 64), Bayramyan, Eremenko, SHomurodov (Sigurdarson, 77).

Ogohlantirishlar: Xajikadunich (12), Ozdoev (17), Eremenko (19), Barrios (56), CHistyakov (78), CHernov (79), Ivanovich (81).



YANGILASH


BAHS YAKUNLANDI! 6:1

90+2. BARRIOS! Yana bir chiroyli gol Vilmar Barrios tomonidan urildi. Azmun o'ng qanotdan to'pni nariga qanotdagi Barriosga uzatdi. Vilmar bir harakat bilan raqibini "xot-dogga jo'natdi" va aniq zarba bilan hisobni 6:1 ko'rinishiga keltirdi.

90+1. Bahsning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

90. Uchrashuv to'xtatildi. Barriosga shifokorlar yordam ko'rsatishmoqda. 

86. Karasyov yana VARga murojaat qildi. Yana "Zenit" darvozasi tomon penalti belgilanishi mumkin. Yo'q. Videoassistentlar fol bo'lmaganini qayd etishdi.

83. GOL! 5:1. Roman Eryomenko hisobni qisqartirdi.

82. Endi "Zenit" darvozasi tomon penalti! Ivanovich raqibini o'z jarima maydonchasi ichida yiqitdi.

80. GOL! Baburin bu safar ham zarba yo'nalishini topdi, ammo to'p uning oyog'iga tegib, darvozaga kirib ketdi. Xet-trik! Dzyuba uchrashuvdagi o'zining uchinchi golini urdi.

79. Gol emas. Baburin to'pni ushlab oldi. Biroq hakam bahsni to'xtatdi. Nima bo'ldi? Zarba berilayotgan paytda posbonning bitta oyog'i chiziq ustida bo'lishi kerak. Qaytadan tepiladi.

78. YANA PENALTI! CHistyakov o'z jarima maydonchasi ichida Artyomni ushlab qoldi va to'pga chiqishiga imkon bermadi.

77. O'zgarish: SHomurodov o'rniga Byorn Sigurdarson maydonga tushdi.

73. Zarba! Kozlov o'ng qanotdan darvoza tomon zarba berdi. Kerjakov ishonchli o'ynab, to'pni ushlab oldi.

71. DZYUBA! Qanotdan uzatilgan to'pni Artyom bosh bilan darvozaga burib qo'ydi. Baburin bu safar o'z jamoasini goldan qutqarib qoldi.

70. "Zenit"da standart vaziyat. Piterliklar to'pni raqib jarima maydonchasiga tashlashdi, ammo Ivanovichning bosh bilan bergan zarbasi noaniq.

66. Bugungi uchrashuvga 58 mingdan ko'proq muxlis tashrif buyuripti.

62. "Rostov" safida Zaynutdinov maydonga tushdi. 

61. AZMUN-DZYUBA-KARAVAEV uchligi ajoyib kombinaciya tashkil qildi va KARAVAEV yaqin va o'tkir burchakdan to'pni Baburin darvozasiga joylab qo'ydi.

60. Eryomenko jarima maydonchasiga to'p uzatishni o'rniga darvozaga zarba berdi. Noaniq.

58. Ikkinchi bo'limda to'p ko'proq rostovliklarda bo'lib turibdi. Ammo hujumda ish yurishmayapti. So'nggi pas manziliga etib bormayapti.

57. Zarba! To'p jonli devorga tegib, maydonni tark etdi.

56. "Zenit" jarima maydonchasi oldida qoida buzildi. Barrios to'pni qo'li bilan o'ynagani uchun sariq kartochka bilan ogohlantirildi. To'p oldida Ionov.

55. Ionov qulay vaziyatda to'pni darvozaga tepa olmadi.

53. Normanndan navbatdagi uzatma, bu safar darvozabon Kerjakov to'pga birinchi bo'lib chiqdi, ammo Bayramyan posbonni yiqitdi. Fol!

51. Normann raqib jarima maydonchasi ichiga to'pni tashladi, ammo Ivanovich to'pni qaytarib yubordi. To'p Eldorgacha etib kelmadi.

49. GOL! YO'Q! Dzyubaning goli hisobga olinmadi. Artyom to'p qabul qilayotganda ofsaydda deb topildi. VARga murojaat qilindi. Takroriy lavhada ofsayd yo'qdek ko'rindi, ammo hakam golni hisobga olmadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! Bahsning ikkinchi qismi "Rostov" hujumi bilan boshlandi. Eryomenkoning ajoyib pasidan so'ng SHomurodov bir teginish bilan to'pni Bayramyanga uzatdi, biroq Xoren zarba bera olmadi va to'p raqibga o'tdi.


TANAFFUS! BARCHA GOLLAR TELEGRAM KANALIMIZDA MAVJUD! (@championatasia)

45. Bahs asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi.

44. Driussi-Dzyuba-Azmun uchligi juda chiroyli golni amalga oshirdi. Sebastyan chap qanotdan to'pni jarima maydonchasiga tashladi, Artyom to'pni Sardorga uzatdi. Azmun o'tkir burchak va yaqin masofadan Baburin darvozasini ishg'ol qildi. 3:0!

42. "Zenit" birinchi bo'limda juda yaxshi harakat qildi. To'pga egalik qilish, ishonchli o'yin va 2ta gol buni tasdiqlashi mumkin.

38. Kozlov o'ng qanotdan erlatib to'pni "Zenit" jarima maydonchasiga tashladi, Popov esa to'pni qabul qildi va darvozaga teskari turib zarba berdi. Kerjakov osonlik bilan to'pni egallab oldi.

37. Rostovliklar ajoyib standartga ega bo'lishdi. To'p jarima maydonchasiga uzatilmadi va pas orqali o'yinga kiritildi. Biroq mehmon jamoaning o'ylagan rejasi amalga oshmadi.

36. "Rostov" nihoyat raqib jarima maydonchasiga havodan to'p uzatdi, ammo mezbon jamoa himoyachilari bosh bilan yaxshi o'ynab, to'pni qaytarishdi.

34. AZMUN! Sardor raqib jarima maydonchasi ichida to'pni qabul qildi va raqiblarni aldashga kirishib ketdi. Eronlik futbolchidan to'p olib qo'yildi va xavf bartaraf etildi.

31. DRIUSSI!!! Sebastyan raqib jarima maydonchasining chap burchagidan darvozaning uzoq burchagiga zarba berdi. To'p chiroyli aylandi, ammo darvozaning yonginasidan o'tib ketdi.

29. Eryomenko o'ng oyog'ining tashqi qismi bilan Eldorga uzatma amalga oshirgan edi, biroq Branislav Ivanovich ishonchli harakat qilib, SHomurodov darvozabon bilan birga-bir chiqishiga imkon bermadi.

27. SHatov, Dzyuba va Azmun raqib jarima maydonchasi ichida to'pga tuzukroq zarba bera olmadi, aks xolda hisob yirik ko'rinishga kelgan bo'lardi.

26. "Rostov" hozircha golga tortadigan birorta hujum uyushtira olmadi.

25. "Zenit"dan navbatdagi chiroyli hujum. Biroq bu safar Baburin hammadan oldin to'pga chiqdi va uni egallab oldi.

20. GOL! 2:0. Yana Dzyuba! Driussi markazga yaqin joydan to'pni raqib maydonchasiga tashladi. Karavaev bosh bilan to'pni markazroqqa uzatdi, Dzyuba raqibi bilan kurashda ustun keldi va darvozani ishg'ol qildi.

18. SHomurodov to'p bilan raqib jarima maydonchasi tomon intilmoqda. Eldor pas berishga qaror qildi, biroq raqib futbolchisi uzatmani ilib ketdi.

16. "Rostov" jarima zarbasi ishlab oldi. Standart vaziyatdan uzatilgan to'pga SHomurodov emas, raqib posboni Kerjakov birinchi chiqdi va xavfni bartaraf etdi.

14. GOL! Dzyuba 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantirdi! Golni birinchilardan bo'lib TELEGRAM KANALIMIZdan tomosha qilishingiz mumkin.

12. "Rostov" darvozasi tomon penalti belgilandi! Xajikadunich o'z jarima maydonchasi ichida qoida buzdi. 

11. Eldor Rakickiyga nisbatan qo'pollik ishlatdi va maydon markazida qoida buzdi. Hakam og'zaki ogohlantirish bilan cheklandi.

8. Qiziq malumot: "Zenit" joriy mavsum Rossiya chempionati bahslarining birinchi bo'limida darvozasidan gol qo'yib yubormagan ekan.

7. SHomurodovga nisbatan qoida buzildi. 

6. Uchrashuvning dastlabki 5 daqiqasida to'p ko'proq mezbonlar tomonda bo'ldi.

4. Azmun jarima maydonchasiga yorib kirdi, biroq to'pni markazroqqa uzatishda noaniq harakat qildi va to'p mehmonlarga o'tdi.

3. Agar SHomurodov ushbu bahsda sariq kartochka olsa, hamyurtimiz kelasi bahsni o'tkazib yuboradi.

1. Uchrashuv boshlandi. Tezlik bilan "Rostov"ning 5 futbolchisi hujumga o'tdi. Mehmonlar bu bahsda himoyada yotmasliklarini ko'rsatib qo'yishdi.


- Jamoa sardorlari tomon va to'p borasida kelishib olishdi. Bahsni FIFA hakami Sergey Karasyov boshqarib boradi.

- "Zenit" himoyachisi Yuriy Jirkovga sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi sovrini topshirildi.

- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. Bugun "Zenit" ko'k, "Rostov" sariq formalarda to'p tepadi.

Dzyuba VS SHomurodov


- Jamoalar allaqachon stadionga etib kelishgan va chigalyozdi mashqlarini bajarishmoqda.

- Assalomu alaykum saytimizning qadrli o'quvchilari. Har doimgidek Eldor SHomurodov va "Rostov" jamoasining o'yinini matnli translyaciya orqali yoritib boramiz.

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика