"Zenit" "Liverpul" futbolchisini o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi
13 iyu 2020 15:08
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/580870_original.jpg)
![](/upload/storage/580870_220.jpg)
"Zenit" "Liverpul" futbolchisini o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi
"Zenit" "Liverpul" himoyachisi Deyan Lovrenga qiziqish bildirmoqda.
Bu haqda metaratings.ru sayti xabar bermoqda.
Sankt-Peterburg klubi 31 yoshli xorvatiyalik futbolchiga yiliga 2,5 million evro maosh taklif qildi. Peterburgliklar Lovrenga taklif qilayotgan bitim "2+1" ko'rinishida.
"Zenit"ning eng katta maosh to'lanuvchi himoyachisi Branislav Ivanovich RPLda 2019/20 yilgi mavsum yakunlangan so'ng klubni tark etadi. Serbiyalik futbolchini yangi shartnomaga ko'ra taklif qilinayotgan kamroq maosh qoniqtirmayapti.
Lovren "Liverpul"ga 2014 yilda "Sautgempton"dan 25 million evro evaziga o'tgan edi. Xorvatiyalik futbolchi mersisaydliklar tarkibida 185ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 5ta assist qayd etdi.
Transfermarkt Lovrenni 16 million evroga baholagan.
Manba: metaratings.ru
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar