So’nggi yangiliklar

01:05ОФК президенти Париж Олимпиадасида Осиё номидан иштирок этувчи терма жамоалар ва мусобақа расмийларига табрик йўллади  0 00:46Трент Беллингем билан дўстлиги сабаб "Реал Мадрид"га ўтиши мумкин  0 00:10"Сўғдиёна" Суҳроб Иззатов ва Умид Султонов трансферини эълон қилди  1 23:46"Локомотив" ўртоқлик ўйинида Қувайт клубига имкониятни бой берди  2 23:18"Динамо"да кўрикдан ўтаётган бразилиялик вингерга жавоб берилди  2 22:52Ўртоқлик ўйини. "Динамо" Қирғизистон клубини яна бир марта мағлуб этди  4 22:20Интервью. Шавкат Саидов: "Яна янгиликларимиз бор"  1 21:50Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон футзал термаси Тожикистонни мағлубиятга учратди  0 21:26Расман: Сергей Лушчан "Навбаҳор" клуби бош мураббийи сифатида таништирилди  23 21:03Ўртоқлик учрашуви. ОКМК Беларусь клубига имкониятни бой берди  1 20:35Эшитдик-да! "Навбаҳор"нинг асосий футболчиси легионерга айланиши мумкин  31 20:16Париж-2024. Ҳар бир терма жамоадаги катта ёшли футболчилар  8 19:49Ван Дейк NBA афсонаси Леброн Жеймс билан суратга тушди  4 19:21"Комо" Бонавентурани сотиб олмоқчи  1 18:53Mirabror Usmanov Cup-2024. Қирғиз Республикаси илк учрашувда Гватемаладан устун келди  2

"Zebralar" jangi: A seriya 22-tur prevyusi Yangiliklar

"Zebralar" jangi: A seriya 22-tur prevyusi

Bugun Italiya chempionatining navbatdagi tur uchrashuvlariga start beriladi.

"Yuventus" - "Udineze"

"Yuventus"ning tarkib bilan muammolari yo'q emas. Kellini va Bonnuchchi hamon safga qaytgani yo'q, Keza haqida gapirmasak ham bo'ladi. Dibala esa boshlang'ich tarkibda Morata bilan juftlikda maydonga tushishi kerak. Himoyaning chap tomonida Luka Pellegrini ko'rsak, Artur va Bentankur maydon markazidan o'rin egallashadi. "Udineze"da esa sariq kartochkalarining soni ko'payib ketganidan, Rodrigo Bekao uchrashuvni o'tkazib yuboradi. Roberto Pereyra esa jarohati sababli safdan chiqqan. Makengo, Zagelara va Jajaloning o'ynashi so'roq ostida turibdi. Jamoaning baxtiga, Betoning ishlari joyida.

Jamoalar so'nggi marta 1-davra bahslarida uchrashishgan va o'shanda Udineda 2:2 hisobida durang qayd etilgandi. Albatta, "Yuve" bu uchun qasos olishga shay turgani aniq. O'tgan turda "kichik zebralar"ning himoya chizig'i zaif ekani sezilgandi. Ammo har qanday holatda ham "keksa sinora"ga ehtiyotkor bo'lish zarar qilmaydi.

Juventus

Paulo Dybala - 19', Weston McKennie - 79'

Serie A . 22-tur

15/01/2022, 23:45

0
:
2
Tugadi

Udinese

Stadion: Allianz Stadium, 5000 tomoshabin

Bosh hakam: Antonio Giua

45'
90'
19'  Paulo Dybala
23'  Arthur
46'  Dejan Kulusevski (Federico Bernardeschi)
46'  Arthur (Manuel Locatelli)
57'  Luca Pellegrini (Mattia De Sciglio)
64'  Moise Kean (Alvaro Morata)
79'  Weston McKennie
79'  Mattia De Sciglio
82'  Rodrigo Bentancur (Adrien Rabiot)
34'  Brandon Soppy
66'  Gerard Deulofeu (Ignacio Pussetto)
77'  Marvin Zeegelaar
81'  Brandon Soppy (Isaac Success)
81'  Walace (Mato Jajalo)
85'  Tolgay Arslan (Lazar Samardzic)


"Roma" - "Kalyari"

Joze Mourino "Yuventus"dan qabul qilib olgan alamli mag'lubiyatidan so'ng, tarkib bilan bog'liq muammoga duch keldi. Darbo va Diavara Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etishyapti, Ibanes va Kristante diskvalifikaciya qilingan. Karsdorp va Smolling jarohatlangan. Katta ehtimol bilan, Abraxam va Mxitaryanga yordam beradigan Nikolo Dzanolo startda maydonga tushadi. "Kalyari"da yo'qotishlar soni ham talaygina. Keyta terma ixtiyoriga topshirilgan. Strotman, Rog, Valyukevich va Valensiya esa jarohat olgan. Hujumda Juan Pedro-Pavoletti duetini ko'rishimiz mumkin.

Oxirgi o'zaro uchrashuvda "Roma" Sardiniyada 2:1 hisobida g'alaba qozongan edi. Hozir ham jamoa favorit hisoblanmoqda, sababi "bo'rilar" uyda o'ynashadi. "Jalorossi" tashabbusni o'z qo'liga olishga harakat qiladi, chunki o'tgan turdagi xatoni takrorlamasligi lozim. Ha, "Kalyari" ketma-ket ikkita g'alabaga erishdi, lekin bu safar unga oson bo'lmasligi aniq.

Roma

Sergio Oliveira - 33'

Serie A . 22-tur

16/01/2022, 21:00

0
:
1
Tugadi

Cagliari

Stadion: Stadio Olimpico, Rome, 5000 tomoshabin

Bosh hakam: Lorenzo Maggioni

45'
90'
23'  Sergio Oliveira
33'  Sergio Oliveira
39'  Gianluca Mancini
58'  Felix Afena-Gyan
75'  Felix Afena-Gyan (Eldor Shomurodov)
85'  Nicolo Zaniolo (Rick Karsdorp)
90'  Jordan Veretout (Edoardo Bove)
90'  Ainsley Maitland-Niles (Dimitrios Keramitsis)
5'  Andrea Carboni
25'  Leonardo Pavoletti
27'  Andrea Carboni
32'  Dalbert
69'  Gaston Pereiro (Nahitan Nandez)
70'  Giorgio Altare
80'  Dalbert (Charalambos Lykogiannis)
88'  Giorgio Altare (Luca Gagliano)


"Atalanta" - "Inter"

"Atalanta"da Gosens va Sapata hamon jarohatini davolash bilan ovvora. Melle va Toloining uchrashuvda ishtiroki esa so'roq ostida qolmoqda. Katta ehtimol, Gasperini markazni maksimal ravishda zichlashtirishga urinishi va Froylerni maydonga tushirishini kutish o'rinli. Hujumda Murieldan boshqa variant ham yo'q. Italiya Superkubogidagi muvaffaqiyatdan so'ng "Inter"ning kayfiyati chog', tarkibda ham ortiqcha yo'qotishlar yo'q hisobi. Diskvalifikaciyadan qaytgan CHalxanoglu asosiy tarkibda tushishi deyarli aniq. Hujumda balki "Yuventus" darvozasiga g'alaba golini urgan Aleksis Sanchesni ko'rarmiz.

Birinchi davra o'yinida murosasiz kurash va durang (2:2) guvohi bo'lgandik. Hozir esa uchrashuv Bergamoda bo'lishiga qaramay, "Inter" favorit sifatida ko'rilmoqda. Biroq bu borada keskin fikr bildirishga shoshmaslik zarur. "Atalanta" osonlikcha taslim bo'lmaydi va Inzagi jamoasi himoyasining zaif nuqtalarini topishga urinadi. Taxminimizcha bizni hujumlarga boy, qiziqarli o'yin kutib turibdi.

Atalanta

Serie A . 22-tur

16/01/2022, 23:45

0
:
0
Tugadi

Inter

Stadion: Gewiss Stadium, 5000 tomoshabin

Bosh hakam: Davide Massa

45'
90'
37'  Marten de Roon
78'  Matteo Pessina (Aleksey Miranchuk)
84'  Jose Luis Palomino
86'  Luis Muriel (Roberto Piccoli)
90'  Mario Pasalic (Davide Zappacosta)
42'  Marcelo Brozovic
62'  Hakan Calhanoglu
66'  Hakan Calhanoglu (Arturo Vidal)
66'  Matteo Darmian (Denzel Dumfries)
67'  Alexis Sanchez (Joaquin Correa)
82'  Edin Dzeko (Lautaro Martinez)
82'  Alessandro Bastoni (Stefan de Vrij)


"Bolonya" - "Napoli"

Sinisha Mixaylovichga havas qilib bo'lmaydi. Tarkib bilan muammolar juda ko'p. Bosh murabbiy asosiy tarkibda kim tusha olishini o'ylab boshi qotgan bo'lsa ajab emas. Yosh futbolchilarsiz ish bitmasligi aniq, ulardan bazilari bungacha biror marta asosiy tarkibda ko'rinish bermagandi. Spalettining ham muammolari yo'q emas, ammo hamkasbining vaziyati bilan solishtirganda, shikoyat qilishga o'rin yo'qdek. Hujumda Petanyani ko'rsak ajab emas. SHuningdek, Zelinski va Angussining yo'qligi ham maydon markazidagi o'yinga tasir ko'rsatmay qolmaydi.

Birinchi davra bahsida "Napoli" "Bolonya"ga butkul imkon qoldirmagandi (3:0). Bu safar ham neapolliklar kuchliroqdek. Mixaylovichdek kuchli mutaxassis va motivator bunday tarkib bilan "Napoli"dek raqib bilan o'yinda ochko olishi mushkul vazifa.

Bologna

Serie A . 22-tur

17/01/2022, 21:30

2
:
0
Tugadi

SSC Napoli

Hirving Lozano - 20', Hirving Lozano - 47'

Stadion: Stadio Renato Dell'Ara, 5000 tomoshabin

Bosh hakam: Livio Marinelli

45'
90'
43'  Adama Soumaoro
52'  Nicolas Viola (Nicolas Dominguez)
52'  Marko Arnautovic (Diego Falcinelli)
52'  Nicola Sansone (Andreas Skov Olsen)
57'  Arthur Theate
67'  Roberto Soriano (Emanuel Vignato)
72'  Aaron Hickey (Niklas Pyyhtiae)
90'  Luis Binks
20'  Hirving Lozano
20'  Eljif Elmas
47'  Hirving Lozano
47'  Fabian Ruiz
52'  Piotr Zielinski
71'  Dries Mertens (Victor Osimhen)
71'  Hirving Lozano (Matteo Politano)
80'  Piotr Zielinski (Diego Demme)
86'  Eljif Elmas (Andrea Petagna)
86'  Fabian Ruiz (Faouzi Ghoulam)


"Milan" - "Speciya"

Pioli yana tarkib bilan bog'liq muammolarga duch kelgan. Deyarli barcha asosiy markaziy himoyachilar "o'yindan chiqqani" sabab Gabbiyani tarkibda ko'rsak kerak. Maydon markazida ham vaziyat u qadar yaxshi emas. Benasser va Kessie o'z termalari safida Afrika Kubogida javlon urmoqda, "rossoneri" markazini Bakayoko va Krunich egallaydi. Boshqa tomondan Leao ajoyib sport formasida. Muxlislar aynan undan Zlatan bilan birgalikda gollar kutishmoqda. Tiago Motta bu uchrashuvda Kollidan tashqari, u terma jamoasi ixtiyorida, barcha futbolchisidan foydalana oladi. "Speciya"ning ahvoli u qadar yaxshi bo'lmasa-da, so'nggi vaqtlarda himoya biroz o'ziga kelgandek. Aynan shu jihatga urg'u beriladi va bor umid himoyachilarning muvaffaqiyatli o'yiniga qaratiladi.

Birinchi davra bahsida "Milan" safarda 2:1 hisobida zafar quchgandi. Bo'lajak to'qnashuvda ham "rossoneri" yaqqol favorit. "Milan" bir nechta yo'qotishlarga qaramay, yaxshi sport formasida. SHu sababli, "Speciya"ga juda qiyin bo'lishi aniq.

AC Milan

Rafael Leao - 45'

Serie A . 22-tur

17/01/2022, 21:30

2
:
1
Tugadi

Spezia

Kevin Agudelo - 64', Emmanuel Quartsin Gyasi - 90'

Stadion: San Siro, 5000 tomoshabin

Bosh hakam: Marco Serra

45'
90'
23'  Pierre Kalulu
45'  Theo Hernandez
45'  Rafael Leao
57'  Alexis Saelemaekers (Junior Messias)
62'  Matteo Gabbia
70'  Brahim Diaz (Olivier Giroud)
70'  Alessandro Florenzi (Davide Calabria)
84'  Rafael Leao (Ante Rebic)
20'  Emmanuel Quartsin Gyasi
32'  Jakub Kiwior
44'  Ivan Provedel
58'  Rey Manaj (Kevin Agudelo)
64'  Kevin Agudelo
64'  Daniele Verde
65'  Giulio Maggiore
76'  Arkadiusz Reca (Salvador Ferrer)
79'  Giulio Maggiore (Viktor Kovalenko)
90'  Simone Bastoni
90'  Emmanuel Quartsin Gyasi
90'  Viktor Kovalenko


Sergey Rumyancev

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика