So’nggi yangiliklar

17:42"Матч ТВ" графика оператори ишсиз қолди. Нега?  2 17:07Суперлига. "Бунёдкор" "Олимпик"ни мағлуб этди ва хавфли зонадан узоқлашди  1 16:54"Лестер" - "Челси". Кимлар асосий таркибда?  0 16:39Суперлига. "Андижон" - "Динамо" 1:0 (матнли трансляция)  3 16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  7 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  17 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  26 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  18 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  7 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1

Zebo Jo'raeva: "Bu yilgi mavsum tugagach faoliyatimni to'xtatmoqchiman" Yangiliklar

Zebo Jo'raeva: "Bu yilgi mavsum tugagach faoliyatimni to'xtatmoqchiman"

Zebo Jo'raeva. Bu nom O'zbekiston ayollar futbolida misli yarqiragan yulduz kabi porlab turibdi. 2005 yildan buyon Qarshining “Sevinch” jamoasida faoliyat yuritib kelayotgan ushbu futbolchi qizimizning qo'lga kiritgan yutug'lariyu sovrinlarini sanab adog'iga etish qiyin.
Zebo Jo'raeva nafaqat mamlakatimiz chempionati balki xalqaro maydonlarda ham yurtimiz shanini munosib himoya qilgan futbolchilardan sanaladi.

O'tgan yil yakunlariga ko'ra, Zebo Jo'raeva O'FF tomonidan mamlakatimizning ayollar futbolidagi  “Eng yaxshi” nominaciyasi sohibasi bo'ldi. Bu etirof uning futboldagi o'n yillik faoliyatidagi eng munosib taqdirlashdan biri sifatida qabul qilindi.

Faqatgina katta futbolda o'n karra O'zbekiston chempioni va to'qqiz karra O'zbekiston Kubogi sohibi hamda bir marta O'zbekiston Superkubogi sohibi – Qarshining “Sevinch” jamoasining sardori, hujumchisi va to'purari

Zebo Jo'raeva bilan qisqacha suhbat qilishga qaror qildik.

Futbolchi haqida umumiy malumot:

To'g'ilgan sanasi: 2 sentyabr 1985 yil

To'g'ilgan joyi: Qashqadaryo viloyati, G'uzor tumani

Ampluasi: hujumchi

Raqami: 10

Bu yilgi mavsumdagi statistikasi:

O'tkazgan o'yinlari soni – 8

Jami o'ynagan daqiqalari – 703

Urgan gollari – 20

Sariq kartochka
– 0

Qizil kartochka – 0


– Zebo, sizningcha  “Sevinch” jamoasining qo'lga kiritgan yutuqlarining asosiy sababi nimada deb, o'ylaysiz?


– Bu avvalo davlatimizda sportga va futbolga bo'lgan katta etibor va g'amxo'rlikda deb, bilaman. Qolaversa bosh homiymiz – “SHo'rtangazkimyo” majmuasi rahbarlarining, viloyatimiz rahbarlarining katta mehnati, ular tomonidan bizlar uchun barcha sharoitlarni muhayyo qilinganida deb, bilaman. Vohamiz ayollar futbolining yuqori cho'qqiga chiqishida jonkuyar va g'amxo'r rahbarlarimizning roli juda katta. Men futbolchilik faoliyatimda ko'pgina joylarda bo'ldim, buni o'zaro solishtirganimdan kelib chiqib, aytayapman.

– Zebo o'tgan mavsumda 29ta gol urib chempionat to'purari bo'lgansiz, bu yilgi mavsumda o'tgan sakkizta o'yinda 20ta gol urdingiz. Ko'rinib turibdiki, bu yil sermahsul o'yin ko'rsatayapsiz, buning siri nimada?

– Hech qanaqa siri yo'q, bu urilgan gollarda butun jamoamizning mehnati yotibdi, qolaversa murabbiylarimizning ham sai-harakatlari muhim o'rin tutadi. Undan keyin jamoamiz o'yinchilarining mahorati ham yildan-yilga oshib bormoqda. Hamma o'yinchilar bir-birini juda yaxshi tushunadi, bir-birini salohiyatini juda yaxshi biladi. Ular menga gol urish uchun doimo qulay vaziyatni vujudga keltirishadi, men esa jamoadoshlarimni mehnatini havoga uchirmaslikka harakat qilaman xolos.

– Ammo shunday hujumchilar borki, deyarli yuz foizlik gollik vaziyatlarni puchga chiqarishadi, balki sizda alohida hujumchilarga xos xususiyat bordir?


– Yo'q, o'zimda boshqalarga nisbatan ustunlik yoki o'zgacha xususiyatni sezmayman. To'g'ri, biroz ayyorligim bor, yani jarima maydonida raqib himoyachilarini chalg'itishga harakat qilaman, ammo men uchun eng muhimi – bu jamoadoshlarimni mehnatini ko'kka sovurmaslik.

– Demak, urilgan gollarda asosan jamoadoshlaringizning roli katta, shundaymi?

– Xuddi shunday. Takror aytaman murabbiylarimiz buning ustida doimo ishlashadi. Mashg'ulotlarda yakka mahorat bo'yicha ham, jamoaviy o'yin borasida ham ko'p ish qilinadi. SHundan, bu jamoamiz o'yinida o'z natijasini ko'rsatayapti.

– Zebo, sizningcha hozirdan bu yilgi chempionni kim bo'lishini taxmin qilish mumkinmi?

– Yo'q, taxmin qilib bo'lmaydi…

– Nega? Axir mana sakkiz o'yindan so'ng “Sevinch” jamoasi o'zini taqib qilib kelayotgan jamoadan besh ochko ko'p to'pladi va to'plar nisbati bo'yicha ham yaqqol ustunlik bor-ku!

– Bu joriy yilgi chempionatda shohsupani kim egallashiga etarli sabab bo'la olmaydi. Bu futbol, futbolda har narsa bo'lishi mumkin. Oldimizda qolgan turlardan tashqari butun bir davra o'yinlari turibdi. Nima, sizningcha boshqa jamoalar “Sevinch” chempion bo'lsin deb, qarab o'tiradi, deysizmi? Ular ham barcha imkoniyatini ishga solishib, harakat qilishadi. Ammo, bu deganim, biz chempionlik uchun ko'rashmaymiz deganim emas, oldimizga qo'yilgan vazifa hech qachon o'zgarmaydi.

– Mana o'tgan yili Bekobodning “Metallurg W” jamoasi mavsum kashfiyoti bo'ldi yani “Sevinch”dan billur sovrinni “tortib oldi”. Bu yilgi chempionatda qaysi jamoa kashfiyot sifatida namoyon bo'lishi mumkin?

– Bilasizmi? Mamlakatimizda ayollar futboliga etibor ham qiziqish ham yildan-yilga oshib borayapti. O'tgan o'yinlarimizdan shunday xulosa qilish mumkinki, bu yilgi chempionatning kashfiyoti,  o'tgan yilgi mavsumda autsayder hisoblangan Muborakning “Mashal W” jamoasi yoki Olmaliqning “Olmaliq W” jamoasi bo'lishi mumkin. Ammo bu hali taxmin xolos, chempionat endi qizg'in pallaga kirdi, oldinda hali juda ko'p o'yinlar bor.

– Zebo, hohlaymizmi yo'qmi, insonnning yoshi ham kuchi ham bir kuni o'z so'zini aytadi – bu tabiiy hol. Qachongacha futbol o'ynamoqchisiz?


– O'zimcha bu yilgi mavsum men uchun futbolchi sifatida so'nggisi bo'lishi mumkin. Hozir o'zim shunaqa reja tuzib qo'yganman. To'g'risi, endi shaxsiy hayotim haqida ham qayg'o'rishim kerak. Men ham oila qursam, farzand ko'rsam, deyman. Agar bo'lajak turmush o'rtog'im ruxsat bersa, murabbiylik faoliyati bilan shug'ullanish niyatim bor.

– Demak, kelasi mavsumdan “Sevinch” jamoasi Zebo Jo'raevasiz qolish ehtimoli bor. Jamoada kimni o'zingizga o'rinbosar sifatida ko'rasiz? Siz ketsangiz jamoada kim yana to'purar bo'lishi mumkin?


– Jamoamizda bunaqa nomzodlar juda ko'p, hamma o'yinchilarimizni gol urish qo'lidan keladi, hatto mana keyingi o'yinlarda murabbiylarimiz darvozabonlarni ham hujumchi sifatida maydonga tushirishmoqda, ko'rib turibsiz ular maydonni golsiz tark etishmayapti. O'ylashimcha, jamoamiz bombardirligiga asosiy nomzod – Nilufar (Nilufar Qudratova-muallif izoh.) singlimiz bo'ladi.

– Har bir insonning asosiy kasbi yoki mashg'ulotidan tashqari yaxshi ko'rgan sohasi yoki ishi bo'ladi. Sizning eng yaxshi ko'rgan yana qanday mashg'ulotingiz bor?

– Sizga bir sirni aytaman, avvallari bu haqda gapirmaganman. Bilasizmi? Mening eng yaxshi ko'rgan ishim – uy-ro'zg'or ishlari bilan mashg'ul bo'lish, ayniqsa xamir mushtlash (qorish)ni juda yaxshi ko'raman. Qisqa tanaffus paytlari uyga borsam bu borada uydagilar bilan katta tortishuv bo'ladi. Yani, agar non qilishayotgan bo'lishsa, xamir solingan tog'orani tortib olishga harakat qilaman. Ular esa qarshilik qilishadi. Lekin shuni sezamanki, futbol o'ynab, gol urishdan ko'ra, xamir mushtlash (qorish) qiyin.

– Balki bu havasdir, yani ko'pincha uydan uzoqda boshqa shaharlarda yurasiz. Qiz bola, ayol kishi asosan uy-ro'zg'or ishi bilan band bo'ladi, shularga havas degandek. Doimo futbol-futbol, bu holat sizga keyingi paytda erish tuyulayotgandir?

– Yo'q, futbolda hech kim meni majburan ushlab turgan emas, keyin agar odamni o'zida qilayotgan ishiga qiziqish bo'lmasa, bu ishda hech bir oldinga siljiy olmaydi. Uy-ro'zg'or ishiga qiziqishim juda yoshligimdan bor, yaxshi ovqat pishirish ham, non yopish ham, kir yuvish ham, hamma-hammasi eng yaxshi ko'rgan ishim. Bu qiziqish endi yana kuchaymoqda shu sabab, kelasi yildan futbolchilik faoliyatimni to'xtatish niyatim bor.

– Zebo suhbatingiz uchun katta rahmat, shaxsiy hayotingizda futboldagidanda ko'proq yutuqlarni qo'lga kiritishingizga tilakdoshmiz.

– Sizga ham rahmat.


Suhbatni Renat Ernazarov olib bordi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика