So’nggi yangiliklar

23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  3 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  6 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  3 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  8 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  14 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19

Zaynutdinov "Bunyodkor" ko'rigidan o'ta olmagan, Ahmetov esa "Paxtakor"ga o'tishi mumkinmidi? Yangiliklar

Zaynutdinov "Bunyodkor" ko'rigidan o'ta olmagan, Ahmetov esa "Paxtakor"ga o'tishi mumkinmidi?

Asli kelib chiqishi tarazlik, o'zbek oilasidan bo'lgan Baxtiyor Zaynutdinov 2017 yil "Bunyodkor" jamoasining ko'rigiga keladi.

Afsuski u (o'zining baxtiga) Sergey Lushan ishonchini qozona olmaydi va u yana "Astana"ga qaytishga majbur bo'ladi. Lekin xorijga chiqib ketishni juda qattiq istagan futbolchi oldida "Rostov" varianti paydo bo'ladi. Ammo ular futbolchini sotib olishni istamaydilar. Natijada Zaynutdinov o'zini transfer huquqini o'zi sotib olib, "Rostov" safiga borib qo'shiladi. Oylik ham juda katta emas edi. 2019 yil "Rostov"da porlagan yarim himoyachi dekabr oyida Eldor SHomurodovning visol oqshomiga tashrif buyurdi. Juda sipo, oddiy, kamtar bola ekanligi ko'rinib turardi. Qarshisidan Sergey Lushan chiqib qoldi, Baxtiyor uni tanidi.



- Salom!

- Salom!

- Men, Sizning ko'rigingizda bo'lgan edim. Ammo meni qabul qilmagansiz.

- Xm, yaxshi. Hozir qaerdasan, qaerda chopayapsan? (Lushan kim bilan suhbat qurayotganini bilmasdi)

- "Rostov"da!


Suhbat jarayonini kuzatib turgan Gayrat unga (Xasbiullin), bu Baxtiyor Zaynutdinov ekanligini aytganida, kulib qo'ygandi.

Birov kulguli vaziyat to'g'rimi? Mana shu futbolchi faqat o'zining mehnati va intilishi bilan bugun Rossiyaning top jamoasi safiga borib qo'shildi. Unga omad tilaymiz!



Yana bir qiziq voqea. Hozir CSKAda o'ynayotgan qirg'izistonlik Ilzat Ahmetov, 1994 yillarda tavallud topgan Qirg'iziston o'smirlar terma jamoasi safida, Toshkentda Aleksey Evstafeev boshqaruvidagi O'zbekiston o'smirlariga qarshi to'p tepadi. Raqib safidagi 3 yosh kichik futbolchining harakatlari "Paxtakor" selekcionerlarining nazariga tushadi. Mazkur uchrashuvga Ilzatning otasi ham Toshkentga kelgan bo'lgan. Harchand, uni "Paxtakor"ga olib o'tishga harakat qilishmasin, katta Ahmetov o'g'liga allaqachon Rossiyaning kuchli jamoalari qiziqish bildirayotganini aytib, uzr so'raydi. Yakunda uning otasiga bir kishi aqilli maslahat beradi.


- Rossiyaning top klublarida o'g'ling yo'qolib qoladi. Sen hususiy maktabga borgin deb, o'sha yillari nom qozonib ulgurgan "Konopleva Akademiya"sini tavsiya qiladi. SHu tariqa ota farzandini 2009 yilda Tolyatti shahriga olib boradi. U erda "pishgan" bolakay "Rubin"ga o'tadi. 16 yoshi 8 oyida debyut qilgan bolakay, qozonliklar tarixida maydonga tushgan eng yosh o'yinchi bo'ldi va 2018 yil CSKA safiga borib qo'shildi.


Ustoz, Mirzahakim To'xtamirzaev aytganlaridek, ana xolos....

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика