So’nggi yangiliklar

00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  0 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  3 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  18 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  2 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  75 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11

Maradona havas qilgan, zarbasi bilan zir titratgan Krasnickiy oramizdan ketganiga bugun 31 yil bo'ldi Yangiliklar

Maradona havas qilgan, zarbasi bilan zir titratgan Krasnickiy oramizdan ketganiga bugun 31 yil bo'ldi

Bundan roppa-rosa 31 yil avval o'zbek futbolining XX asrdagi eng yaxshi futbolchisi, o'zining betakror va kuchli zarbalari bilan elga tanilgan Gennaddiy Krasnickiy bu yorug' olamni tark etgan edi.

Krasnickiy 1963 yili SSSR Olimpiya terma jamoasi tarkibida Janubiy Amerikaga boradi. Mazkur jamoaga sobiq ittifoqning o'sha paytdagi saralangan eng kuchli futbolchilari jalb qilingan edi: Kiev dinamochilari - Valeriy Lobanovskiy, Oleg Bazilevich, Viktor Serebryanikov, Vasiliy Turyanchik, Andrey Biba, Moskva dinamochilari - Georgiy Ryabov, Viktor Anichkin, Valeriy Fadeev, Valeriy Maslov, leningradliklar Vasiliy Danilov, Nikolay Ryazanov, Tbilisi dinamochilari Sergey Kotrikadze va Murtaz Xurcilava, moskvalik Vladimir Ponomarev, olmaotalik Vladimir Lisicin va toshkentlik Gennadiy Krasnickiy.

U erda ittifoqchilar Braziliya, Argentina, CHili, Peru va Urugvayda ko'p yillardan beri faoliyat yuritayotgan eng kuchli futbol jamoalariga qarshi jami 8 ta o'yinda maydonga tushadilar. Gennadiy Krasnickiy o'sha o'yinlarda bir-biridan chiroyli 3 ta golga mualliflik qilgan. 1998 yili Germaniya markaziy televideniyaning sport kanalida futbol afsonasi Diego Armando Maradona hayotiga bag'ishlangan dasturi namoyish etiladi. O'sha ko'rsatuvda Maradona bir-ikki marta Krasnickiy, Krasnickiy, deya futbolchimizni tilga olgan ekan. Maradona o'z nutqida 1963 yili Janubiy Amerikada katta shov-shuvga sabab bo'lgan sensacion voqeani, yani Gennadiy Krasnickiyning Peruning o'sha paytdagi eng kuchli jamoasi bo'lgan, jahonga mashxur futbol ustasi braziliyalik Didi rahbarlik qilayotgan Limaning “Sporting Kristal” jamoasi darvozasiga kiritgan to'pi qanday qilib darvoza to'rini teshib o'tgani haqida katta hayajon bilan eslab tilga olgan. O'shanda Braziliya, Argentina, Urugvay, Peru, CHili va boshqa jahon ommaviy axborot vositalari bu shov-shuvli gol haqida bong urishadi. Diego o'sha paytda yosh bo'lishiga qaramay, otasi va kattalardan bu voqea haqida eshitib, yoshligidan Krasnickiyga o'xshagan mashhur futbolchi bo'lish niyatini o'z oldiga qo'yadi. Balki aynan shu voqea va Krasnickiyning zarbasi tufayli darvoza to'rini teshib yuborishi unda buyuk futbolchi bo'lish uchun turtki bo'lgandir...

Diego Maradona keyin jurnalistlarga mashhur futbolchi sifatida ko'p yillik faoliyati davomida tumorga o'hshab o'z yonida olib yurgan “Ultima Xora” gazetasi foto muxbirining apparatida olingan Krasnickiyning tarixiy, yani darvoza to'rini teshgan to'pini suratni jurnalistlarga ko'rsatadi... Keyin esa, u quyidagilarni aytadi: “Mening bir orzuim bor, agar bir ilojisini topib Russiyaga (Maradona O'zbekistonni nazarda tutgan) borib qolsam, albatta dunyoga mashhur, XX asrning buyuk futbolchilaridan biri Gennadiy Krasnickiyning qabrini ziyorat qilib, uning qabri ustida bosh egib, o'zimning chuqur hurmatimni bajo keltirib katta gul dastasini qo'yish niyatim bor, deb o'z so'zini yakunlaydi... 

Gennadiy Krasnickiyning o'zi goli haqidagi xotiralari:

- Peru jurnalisti kiritgan to'pim haqida mubolag'ali yozgan, albatta. Aslida esa oddiygina bir ish bo'ldi. Oyoqqa to'g'ri kelib qolgan to'p zarb bilan darvozaga kirganicha to'rni teshib o'tib, tomoshabinlarning oldiga borib tushadi. Lekin menda nima gunoh, to'p borib tekkan joy bo'shroq to'qilgan bo'lsa kerak.

"Paxtakor"ning 70-yillardagi mohir himoyachisi Roziq Turg'unov xotiralari:

- Bir safar Navoiyning "Avtomobilist" jamoasi safida Krasnickiyga qarshi to'p tepdik. Jarima zarbasi belgilandi. U to'pni tepishi zahotiyoq egilib olishimiz kerak edi. Agar egilmasak, shifokor ham bizga yordam bera olmasdi", - degandi Roziq Turg'unov. 

Axbor Imomxo'jaev Krasnickiyning kuchli zarbasi haqida:

"Kimsan, Krasnickiysan! Afsonasan, Sobiq Ittifoqning eng kuchli zarbasi egasisan. O'zbekistonning eng yaxshi jamoasi azosisan. Lekin shuncha sharaflarga qaramay, Gena juda ham oddiy inson edi. Kamtar, barchaga yordamini ayamaslikka harakat qilgan. Jamoadoshlarini hurmat qilgan. U bilan darvozabonlar xazillashmasdilar. Jazosi aniq edi. Bir safar "Dinamo" Batumi azosi o'yinda uni asabiga tega boshladi. Ko'p o'tmay jarima zarbasi, o'sha futbolchi jonli devorda. Krasnickiy darvozani emas, bir poylab o'sha himoyachini ag'dardi. Bola bechora hushidan ketib, shifokorlar uni shifoxonaga olib ketishdi".

Reyting: +43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика