Zanolo "Roma"ni sudga bermoqchi
01 fev 2023 21:10
Yangiliklar
23 yoshli futbolchi klubga qarshi bir qator ayblovlar, xususan, psixologik bosim va tazyiqlar borasida shikoyat qilmoqchi.
Eslatib o'tamiz, Nikolo Zanolo qishda "Roma"ni tark etmoqchi edi. O'tgan hafta oxirida Joze Mourinyu matbuot anjumanida Zanoloning jamoada qolishini aytdi. Portugaliyalik mutaxassis shunigdek, futbolchining maydonga tushishdan, hatto mashg'ulot o'tkazishdan bosh tortganini takidladi. Natijada Zanolo jamoadan chetlatildi va endi u olti oy futbolsiz qolish xavfi ostida turibdi.
SHu sababli, yarim himoyachi jamoani sudga berishga tayyor.
Fikrlar