Zanetti: “Vidal “Inter”ning darajasini yuqoriga ko'tarishi mumkin”
30 dek 2019 22:43
Yangiliklar
Zanetti: “Vidal “Inter”ning darajasini yuqoriga ko'tarishi mumkin”
“Inter”ning sobiq himoyachisi, ayni paytda klubda vice-prezident lavozimida faoliyat yuritayotgan Xaver Zanetti “Barselona” yarim himoyachisi Arturo Vidalga klub tomonidan bo'layotgan qiziqish haqida gapirdi.
“Hamma transfer oynasi vaqtida hal bo'ladi. Maqsadga erishishimiz uchun bir oy vaqt bor. Vidal – o'ziga xos tajriba va mahoratga ega futbolchi. Biz jamoa darajasini bir pog'ona yuqoriga ko'taradigan futbolchi haqida gaplashayapmiz. Ayni paytda jamoa ham yaxshi darajada o'yin ko'rsatmoqda”, deya Zanettining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda ESPN.
Ilgariroq, Vidal milanliklar bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishganligi haqida xabarlar chiqqandi. Endi ko'k-qoralar 32 yoshli chililik futbolchining transferi borasida “Barselona” bilan bir to'xtamga kelishlari lozim bo'ladi.
Joriy mavsumda Vidal “Barsa” tarkibida barcha turnirlarda 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, beshta gol urdi va bitta golga assistentlik qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar