Zanetti: "Men murabbiy bo'lmayman"
05 dek 2013 17:14
Yangiliklar


Zanetti: "Men murabbiy bo'lmayman"
"Inter" klubining 40 yoshdli sardori Xaver Zanetti futbolchilik faoliyatini tugatgach darhol murabbiy bo'lishni istamayapti.
"Hozircha nima bo'lishini bilmayman, ammo "Inter"da qolishni istashimni barcha biladi. Vaqti kelganida barchasini hal qilamiz, ko'p narsa prezidentga bog'liq. Ammo bitta narsa aniq, murabbiy bo'lmayman. Hozir futbolchilik faoliyatim haqida o'ylayapman, faoliyatimni tugatganimdan so'ng kelajagim borasida o'ylab olaman", - deydi futbolchi.

Fikrlar