So’nggi yangiliklar

19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  2 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  0 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  2 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  4 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  4 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  3 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  9 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  15 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  1 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  6 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0

Zanetti Adriano haqida: "Hammasini bitta qo'ng'iroq o'zgartirib yuborgan" Yangiliklar

Zanetti Adriano haqida: "Hammasini bitta qo'ng'iroq o'zgartirib yuborgan"

"Inter" vice-prezidenti Xaver Zanetti Adrianoning Milan klubidagi o'yini nega o'zgarib ketgani haqida gapirib berdi.

"U "Inter"ga kelishi bilan "Real"ga qarshi o'rtoqlik o'yinida hayron qoldiradigan kuch bilan gol urdi. O'shanda o'zimga: "U yangi Ronaldo, Adrianoda hamma narsa bor, jismoniy imkoniyat, iqtidor, tezlik" degandim. Ammo Adri faveladan kelgani meni havotirga solardi.

Hech narsasi bo'lmagan insonda boylik paydo bo'lsa qanday muammolar yuzaga kelishini ko'rganman. Deyarli har kuni savol berardim: "Bugun kechasi nima qilasan?", "Qaerga borasan?". U muammolarga o'ralashib qolishidan qo'rqardim.

Adrianoning otasi o'g'lini nazoratda ushlardi. Ammo mavsum startidan oldin kutilmagan voqea yuz berdi. Unga Braziliyadan qo'ng'iroq qilishdi va futbolchining hayotini bir umrga o'zgartirib yuboradigan xabarni aytishdi: "Adriano, otang vafot etdi".

U baqirib yig'laganini, telefonni uloqtirib yuborganini ko'rdim, buni kuzatish juda og'riqli edi. Biz Moratti bilan birga uni ukamizdek himoyamizga oldik. Bungacha u gollar urib, ularni otasiga bag'ishlardi. Ammo o'sha qo'ng'iroqdan so'ng avvalgi Adrianoni ko'rmadik. Har kecha uni qo'llab-quvvatlashga urinardik.

"Sen Ronaldo va Ibragimovichning qorishmasisan, sen ulardan kuchliroq bo'la olasan".

Ammo hammasi bekor ketdi, uni depressiyadan chiqara olmadik, shundan beri bu voqea haqida ko'p o'ylayman".

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика