So’nggi yangiliklar

03:46Сергей Лебедев: "Биз вақтни чўзганимиз йўқ"  0 02:00КЖЧ. "Интер" ва "Урава Ред Даймондс" ўртасидаги ўйин тақдирини 90+2 дақиқада урилган гол ҳал қилди  21 00:03"Арсенал" бир сабабга кўра "Реал"дан Родригони сотиб ололмаслиги мумкин  8 23:11КЖЧ. "Боруссия Дортмунд" ва "Мамелоди Сандаунз" ўртасидаги ўйинда еттита гол урилди  0 22:43Фоден мураббий бўлишни хоҳлайди  1 22:03Суперлига. "Навбаҳор" Наманганда ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этди ва жадвалдаги очколар фарқини қисқартириб олди  85 21:38"Милан" ёш испан футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 20:48"Барселона" чемпионлик учун қанча мукофот пули тўлаши маълум бўлди  18 20:18Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Мамелоди Сандаунс" - "Боруссия" Д. Асосий таркиблар маълум!  1 19:59Про-лига. "ФарДУ" тезкор гол эвазига "Олимпик"ни мағлуб қилди  0 19:23"Реал"га Родри керак  9 18:54"Манчестер Сити" Гвардиолага ўринбосар топиб қўйди  9 18:24Энцо Мареска: "Ўйин услубини ўзгартирамиз"  2 17:53Ислом Исмоилов: "Чили ва Боливия билан ўйинлар жуда керакли тажриба бўлди"  8 17:50Мавсумдаги энг яхши ўртача томошабинлар рейтинги эълон қилинди, Жанубий Америка етакчи, "Барселона" 35-ўринда  17

Zamonaviy Singapur asoschisi Li Kuan YU aytgan fikrning o'zbek futboliga tasiri haqida Yangiliklar

Zamonaviy Singapur asoschisi Li Kuan YU aytgan fikrning o'zbek futboliga tasiri haqida

Hayotda adekvat insonlar bo'ladi, ular bilan fikr almashish mumkin. Yana shunday insonlar borki, ular hur fikrlilikni ko'tara olmaydi. SHunisi chatoq.

Vadim Abramovning taktikasi va futboldagi xatolarini o'z qarichimdan kelib chiqib, ko'p bor tanqid qilganman va o'sha-o'sha fikrimda qolaman. Biroq u o'zbek futboli uchun keraksiz shaxs deb aytmayman. Abramov o'z fikrini erkin, tushunarli va lo'nda bayon qila oladigan kam sonli mahalliy mutaxassislardan biri. Demak, uning kabi insonlarni futboldan chetlashtirib, baraka topmaymiz.

Oliy Ligada 12 ta klub qolishi masalasiga birinchilardan bo'lib Abramov fikr bildirgandi. Keyin SHkvirin uning yoniga qo'shildi, Tyulkin gapirdi va hokazo. “Neftchi” ustozining keskin fikri yangraganiga 1,5 oydan oshdi. Demak, o'sha fikrlari futboldan chetlashtirilishi uchun asos bo'lmagan. Biroq, matbuotni kuzatib borayotgan rahbariyat o'sha intervyuni hisobga olib qo'ygan, deb tushundim.

Ikki kun avval PFL Oliy Liga murabbiylari bilan yig'ilish o'tkazganini bilamiz. Unga “So'g'diyona”, “Dinamo”, “Neftchi” murabbiylari ham taklif etildi deb, alohida qistirib ketishdi. Mana shu majlisda Abramov yig'ib yurganlarini to'kib solgani katta ehtimol. Futboldan nomalum muddatga chetda qolishiga ham shu majlis sabab bo'lsa, ajablanmayman. Biroq O'FF bayonotida “OAVda O'FF hamda PFL qarorlari noto'g'ri talqin qilinishi mumkin emas”, degan joyi bor. OAV vakillari majlisda ishtirok etmaganidan kelib chiqilsa, bu holat tushunarsiz bo'lib ko'rinadi.

Men majlisda ishtirok etmaganimdan kelib chiqib, Abramovni oqlamoqchi emasman. CHunki yig'ilishda nimalar degani haqida bilmayman. Istayotganim, O'FF o'z qarorlarini ravshanroq tushuntirib berishi kerak. Aniq bilamanki, Rustam Bobomurodov futboldan chetlatilishiga faqatgina 1 ta xatosi sabab bo'lmagan, uning avvalgi ishlari ham rahbariyat etiboridan chetda qolmagan. Ammo tushuntirish shunday bo'lmadi, hamma o'yladiki, Bobomurodov faqatgina 1 ta xatosi uchun uchib ketdi, deb.

SHaffoflik aslida mana shu — tashkilot o'z qarorlarini izohlab berishi kerak. Vadim Abramovning normativ borasidagi gaplarida jon bor. Men bunda uning qanchalik qiyin yoki osonligi haqida gapirmayapman, aqlim etmaydi bunga, murabbiy emasman. Ammo O'FF normativ imtihonlar qaerdan kelib chiqqani, qaysi mamlakatlar shunga amal qilib, keyinchalik futboli rivojlanib ketgani borasida izoh berishi kerak, deb hisoblayman. Yo'qsa, O'FFning bu qarori subektiv ahamiyat kasb etib qolishi mumkin.

To'g'ri, Ijroqo'm masalani ko'rib chiqqandir. Biroq menga aytingchi, Ijroqo'mdagilardan nechtasi professional futbolchi bo'lgan-u, yana qanchasi unga endigina kirib keldi? Biz PFL rahbariyatida futbolni endigina tushunishni boshlayotgan odamlar borligini bilib bo'ldik, chempion “Lokomotiv” bosh murabbiyi Andrey Miklyaevni tanimaydiganlar ishlayotganidan xabardormiz. Futbol murabbiylari esa soha mutaxassislari. Abramov ham shular qatorida. Demak, vaziyat yuzasidan o'z fikrini bayon qilishga haqli inson.

Nima demoqchiman, O'FF normativ imtihonlar haqida biror qarorga kelishidan oldin, buni jamoatchilik hukmiga havola etgani yaxshiroq edi. Masalan, murabbiylar, mutaxassislar, futbol jurnalistlari va umuman futbol jamoatchiligi o'z munosabatini bildirardi. Ammo ko'ryapmizki, qarorlar tor doirada qabul qilinyapti. Jamoatchilikka esa ularning muhokamasigina qolyapti. Kimdir muhokamada keskin fikr bildirsa, u chetlashtirilyapti. Men buni shaffoflik principlariga zid narsa deb ayta olaman.

SHunday mamlakatlar bor, malum masalasi yuzasidan 49 kishi qo'l ko'tarsa, qo'ligi ko'tarishni istamagan bor-yo'g'i birgina odamdan nega shunday qilayotgani borasida fikr so'raladi. Agar o'sha bir kishi o'zi ko'rib turgan kemtikni etarli daraja himoya qila olsa, katta ehtimol bilan kemtikni ko'rmay qolgan 49 kishidan kimlardir uning qatoriga qo'shiladi. Bu narsa obektiv fikr shakllanishiga olib keladi. Bizning jamiyat esa yaqqol ko'pchilikning ovoziga tayanib o'rganib qolgan. “Ko'pchilik nima desa — shu”, — jumlasini shuning uchun ham hech qachon tushuna olmayman.


So'zim yakunida zamonaviy Singapur asoschisi bo'lgan Li Kuan Yudan iqtibos keltiraman: “agar mamlakat noto'g'ri boshqarilsa, hamma aqlli insonlar ketib qoladi”. Biz davlat miqyosida o'z ziyolilarimiz, olimlarimizni O'zbekistonga qaytarish uchun bel bog'lab turganimizda, futbolni shunday qatlam tark etyapti. Avval Nikimbaev Qatarga ketdi, endi esa Abramov futboldan chetlashdi. Men ko'rmay va bilmay qolgan yana kimlardir bor ekaniga ishonaman. Ko'rib turganlarimdan ayrimlari esa talabim darajasida emas. Va mening talablarim ham bir pul ekanini yaxshi bilaman.


Diyor Imomxo'jaev

Muallif :
Reyting: +82   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика