“Zalcburg” so'ngi 10 yilda sakkizinchi marta Avstriya kubogida g'olib chiqdi
02 may 2021 09:35
Yangiliklar
“Zalcburg” so'ngi 10 yilda sakkizinchi marta Avstriya kubogida g'olib chiqdi
Kecha Avstriya kubogining final uchrashuvida “Zalcburg” futbolchilari LASK klubini yirik hisobda taslim etishdi.
Klagenfurt shahridagi “Vyorterze –SHtadion”da bo'lib o'tgan bellashuvda zalcburgliklar kutilganidek mamlakat kubogini o'z muzeylariga olib ketadigan bo'lishdi.
Uchrashuvda Mergim Berisha, Brenden Eronson va Enok Mvelu kiritgan gollar “qizil buqa”larga yirik g'alabani taqdim etdi.
“Zalcburg” o'z tarixida sakkizinchi bor Avstriya kubogi g'olibligiga erishdi. Jamoa barcha g'alabalariga so'ngi 10 yil ichida erishdi. LASK jamoasi esa o'z tarixida faqat bir marta (1965 yil) kubokda g'olib chiqqan.
Fikrlar