Zafarmurod Abdirahmatov: "Bunday muxlislar yonida yutqazish yarashmasdi"
11 mar 2023 23:20
Yangiliklar


Zafarmurod Abdirahmatov: "Bunday muxlislar yonida yutqazish yarashmasdi"
U-20 Osiyo Kubogi chorak finalida Avstraliya ustidan qozonilgan g'alabadan keyin O'zbekiston termasi yarim himoyachisi, termamiz tarkibidagi gol muallifi Zafarmurod Abdirahmatov o'z fikrlarini bildirdi.
- O'yin yaxshi bo'ldi. Bor kuchimizni Indoneziyada ko'rsatamiz. Ikkita o'yinimiz qoldi, nasib qilsa, chempionlikni ham qo'lga kiritamiz.
- Hech kim gol urmaganidan keyin o'zingiz gol urib yubordingiz.
- SHunday (kuladi). Kimdir masuliyatni bo'yniga olishi kerakku. Muxlislarga rahmat aytaman. Super atmosfera bo'ldi. Ularni yonida yutqazish yarashmasdi. Barchaga rahmat.
- Avstraliya gol urganidan keyin ichingizda qanday kechinmalar o'tdi?
- Nima bo'lsa ham keyingi golni biz urishimiz kerak deb turgandim. Biz uddaladik.
O’xshash yangiliklar
16:12
O'zbekiston U-18 terma jamoasi Dohada "Aspire" akademiyasiga qarshi nazorat bahslarida qatnashadi 3

Fikrlar