Zafar Xolmurodovni tabriklaymiz!
15 okt 2016 08:46
Yangiliklar
Zafar Xolmurodovni tabriklaymiz!
Bugun “Nasaf” jamoasining o'tmishdagi afsonaviy hujumchisi va ayni paytda yoshlarimiz jamoasiga murabbiylik qilayotgan – Zafar Xolmurodovning tavallud ayyomi kuni.
“Nasaf”ning milliy chempionatimizda o'z o'rniga ega bo'lishida va jamoamizning yutuqlariga uning qo'shgan hissasi biqiyosdir. Zafar Xolmurodov “Nasaf” tarkibida to'p tepib, 181 marta darvozalarni ishg'ol qilgan. Mohir hujumchi, 2000 yilgi mavsumda 30ta gol urib, mamlakatimiz eng ko'p gol kiritgan futbolchisiga aylangan.
Zafar Xolmurodov bugun o'zining 40 yoshini nishonlamoqda.
Klubimiz rahbariyati, murabbiylari va barcha futbolchilari hamda ishqibozlar nomidan Zafar Xolmurodovni bugungi tug'ilgan kuni bilan samimiy qutlaymiz. Unga mustahkam sog'lik, uzoq umr va baxt saodat tilaymiz. Murabbiylik faoliyatida ulkan yutuqlar tilab qolamiz.
Tug'ilgan kun muborak bo'lsin!
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar