So’nggi yangiliklar

23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  4 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  1 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  7 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 21:35"Манчестер Сити" — "Тоттенхэм". Холанд ва Сон Хён Мин асосий таркибда  0 21:10"Милан" — "Ювентус". Таркиблар маълум  6 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  2 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  6 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  1 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  3 19:21Суперлига. "Андижон" "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва Суперлигада ўрнини сақлаб қолди  13

Zafar Xolmurodov: “Yoshlar bilan ishlash, ularni tarbiya qilish oson emas” Yangiliklar

Zafar Xolmurodov: “Yoshlar bilan ishlash, ularni tarbiya qilish oson emas”

Yaqin-yaqingacha futbolchi sifatida o'z o'yinlari, gollari bilan muxlislarni quvontirib kelayotgan Zafar Xolmurodov endilikda o'zini murabbiylik kasbiga bag'ishladi.
Hujumchi qanday bo'lishi kerak degan savolga Xolmurodov orqali ham javob topish mumkin. Faoliyati davomida 200dan ziyod gollar muallifi bo'lgani ko'p narsadan darak beradi. Futbolchilikdagi hayotining katta qismini “Nasaf”da o'tkazgan Zafar murabbiylik faoliyatini ushbu klubda boshladi. Avvaliga bosh murabbiy Ro'ziqul Berdievga yaqindan yordam berib yurdi. Keyin esa “Nasaf”ning yoshlar jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi. Bu bilan uning zimmasidagi masuliyat kuchaydi. Undan qanday murabbiy chiqishi hamma uchun qiziq bo'lsa kerak. Har xolda hujumchi sifatida o'zini ko'rsata olgandi. Endi bo'lsa, murabbiylikda yaxshi nom qozonish uchun ishga kirishdi.  

- Yaqindan boshlab “Nasaf”ning yoshlar jamoasiga ustozlik qilyapsiz. Bu qanday yuz berdi?

- Murabbiylik faoliyatimni yaqinda boshlaganman. Buning uchun o'qishim, izlanishim kerak. Axir hammasi o'zidan-o'zi bo'lavermaydiku, to'g'rimi? Murabbiy doim hamma narsaga tayyor bo'lishi kerak. SHamil Yarulin bilan Ro'ziqul Berdiev menga yoshlar jamoasini boshqarishni taklif qilishdi. To'g'risi, ularning taklifini rad eta olmadim. Qachondir mustaqil ravishda ishlashim kerak edi. Ikki yil davomida “Nasaf”ning asosiy jamoasida ishlab murabbiy sifatida o'zim uchun ko'p narsalarni o'rgandim. Ayniqsa, Ro'ziqul Berdiev va SHuhrat Toshpo'latov katta yordam berishdi. Men doim to'g'risini gapiraman, hech nimani yashirmayman. Aynan ulardan o'rganganlarim ko'p bo'ldi. Buni tan olaman. Ammo har kim ham tan olavermaydi. To'g'ri, futbol o'ynab yurgan kezlarimda ko'plab murabbiylar bilan ishladim. Terma jamoa va klublarda bir qator mahoratli mutaxassislar qo'li ostida to'p surdim. Har bir murabbiyning yaxshi qirralarini o'zim uchun namuna qilib oldim. O'zini hurmat qilgan inson hech qachon birovning yomon jihatini o'ziga singdirmaydi. “Nasaf”da bo'lsa, Ro'ziqul Sadullaevich bilan SHuhrat Bekpo'latovich yaqindan ko'maklashishdi. Murabbiy birdaniga murabbiy bo'lib qolmaydi. U ham kimdandir nimanidir o'rganib keyin yaxshi mutaxassis bo'lib etishadi. Berdiev menga yoshlar jamoasini boshqarishni taklif qilayotganda aytdiki, to'g'ri boshida oz-moz qiyin bo'ladi, lekin o'rganib ketasan, o'zingga ham yoqadi, ishtiyoqing ortadi deganidan keyin menda ishlash uchun hoxish kuchayib ketdi. Bilaman, yoshlar bilan ishlash, ularni tarbiya qilish oson emas. Ularni qanday tarbiya qilish bizning qo'limizda. Yosh futbolchilarga ko'proq etibor qilsangiz ularda ishtiyoq borgan sari kuchayadi. Mashg'ulotlar jarayonini qiziqarli ravishda o'tkazsangiz bu futbolchilardagi qiziqishni oshiradi va shunga intilishadi. ”Nasaf”da jamoaviylik, bir-biriga mehr-oqibat doimo yuqori bo'lgan. Hamma bazada yashab, birga shug'ullanib hayot kechirgach ular bitta oila hisoblanishadi. Oila nima bilan mustahkam bo'ladi? Qachonki, bir-biriga hurmat, mehri yuqori bo'lsa shunda oila mustahkamlanadi. Bu gaplarni yoshlarga juda ko'p gapiraman. Jamoaviylik o'yinda ham, ishxonada ham, ko'chada ham albatta bo'lishi kerak deb alohida tayinlayman. Bundan tashqari tartib intizom ham bo'lishi shart. Qo'limdan kelganicha ularni to'g'ri tarbiyalashga harakat qilaman. Menga nimasi yoqimli? Yiliga asosiy tarkibimiz uchun 2-3ta futbolchi tayyorlab bersak bu bizning katta yutug'imizga aylanadi. Axir yoshlar bilan nima uchun ishlayapmiz? Ularni “Nasaf”ning asosiy tarkibiga tarbiyalab berishimiz lozim. CHetdan o'yinchilarni qidirmasligimiz kerak. Bizda akademiya, internatlar nima uchun bor? U erdagi mahalliy yigitlarimizni bosh jamoamizga munosib darajada etkazib berishni bilishimiz muhim. O'yinchi faqatgina mashg'ulotlar bilan futbolchi bo'lib qolmaydi. Ularga har tomonlama etiborni kuchaytirish zarur. 

- Yoshlar jamoasini boshqarishga kirishganingizdan so'ng “Nasaf”ning natijalari yaxshilandi. Buni qanday qilib amalga oshiryapsiz?
- Oldin qanday mashg'ulotlar o'tkazishgan, nimalarga etibor qaratishgani menga qorong'u. Yaxshi bilasiz, murabbiyning alohida taktikasi, mashg'ulot o'tkazish bo'yicha qo'llanmalari bo'ladi. To'g'ri, boshida yoshlar bilan ishlashda hayajon sezildi. CHunki oldin bunday jamoa bilan ishlashga o'rganmagandim. Mashg'ulot jarayonlari, ularga bo'lgan munosabat o'zgardi. Yoshlarga etibor yanada kuchaydi. Xohlaysizmi-yo'qmi, yosh futbolchilarga qancha ko'p etibor qilinsa, shuncha yaxshi. Balki bungacha yoshlarda ishtiyoq, ularga etibor ko'ngildagidek bo'lmagandir. SHuning uchun ham ishlash dasturini o'zgartirdik. Asosiy tarkib o'tkazadigan mashqlar dasturini yoshlar bilan ham qo'llaydigan bo'ldim. Kerak paytda Ro'ziqul Sadullaevichdan maslahatlar so'rayman. Bizning ishimiz shuki, yoshlarni to'g'ri yo'lda tarbiyalab kelajakda yaxshi inson, yaxshi futbolchi bo'lib etishishlarini xohlaymiz. Yoshlarga doim birinchi navbatda o'zlaringni hurmat qilinglar deb ko'p takrorlayman. Agar o'z ustinglarda ishlamasanglar, mashg'ulotlarni ko'ngildagidek o'tkazmasanglar, murabbiyning etiborini qozona olmaysizlar deb qo'shimcha qilaman.

- Futbolchi sifatida yaxshigina nom qozongansiz. Murabbiylik bilan shug'ullanayotganingizga hali ko'p vaqt bo'lmaganligi uchun bu borada nimalarga qodirligingizni aytarli hech kim bilmaydi.
- Yaxshi murabbiy bo'lish uchun ishlashdan to'xtab qolmasligi kerak, u yanada ko'proq intilib yashashi muhim ahamiyatga ega. To'g'ri taktika tanlashni, o'yinchilar bilan iliq munosabat o'rnatishni ham bilish kerak. Hozirgi futbolda qo'l ostidagilarni haqorat qilish, ularni ranjitish noto'g'ri deb o'ylayman. Agar bunday qilsa murabbiy hech nimaga erisha olmaydi. SHuning uchun ham murabbiylarga doimo qiyin. U ko'p mehnat qilishi, o'ylashi, yozuv-chizuv qilishi kerak. Tarkibga kimlarni tushirish va kimni qaysi chiziqqa qo'yish haqida ham bosh qotiradi. Bir so'z bilan aytganda, murabbiylik kasbi murakkab vazifa. CHetdan qaraganda odamlar uchun bu oson ishdek ko'rinishi mumkin, lekin uning ichiga kirgan inson buning qanchalik mashaqqatli ekanligini tushunib etadi. Faraz qiling, bitta poziciyada ikkita teng kuchli yaxshi futbolchilar bo'lsa, qaysi birini maydonga tushirish borasida uzoq o'ylanib qoladi. SHuni alohida aytmoqchimanki, Ro'ziqul Berdiev futbolchilar bilan qanday muomala qilishni yaxshi biladi. SHu bois ham u erda jamoaviy ruh juda yaxshi shakllangan. Kerak bo'lsa o'yinchilarga yon bosadi. Bundan tashqari murabbiy yaxshi ruhshunos bo'lishi talab etiladi. Hamma murabbiy ham yaxshi jamoalarni boshqarishni va muvaffaqiyatlarga erishishni istaydi.

- Murabbiylik qilish oldindan rejangizda bormidi, yoki...

- Avvaldan rejamda bor edi. Futbolchilik faoliyatimni tugatganimdan keyin uni butunlay tark etishim men uchun og'ir edi. Uzoq vaqt futbolni ichida yurgan odam uni tark eta olmaydi.

- Ro'ziqul Berdiev bilan birga to'p surib ajoyib natijalarga erishgansiz. Uni boshqalardan ko'ra yaxshiroq bilasiz. Berdiev murabbiylik salohiyatini namoyish etishda davom etyapti. 2013 yilda esa O'zbekistonning eng yaxshi murabbiyi bo'ldi. Siz ham uning yonida malaka to'plab boryapsiz...
- ... yaxshi insonni oldida yurgan odam yaxshilik topadi. O'zingiz uchun ideal bo'lgan odamning hamisha yaxshi tomonlarini o'zlashtirasiz.  

- Demoqichmanki, vaqti kelib Ro'ziqul Berdievdan ham kuchliroq murabbiy bo'lishingizga ishonasizmi?

- Har bir insonning niyati bor. Kuchli bo'laman dedimi, bu uning o'ziga bog'liq. Kuchli bo'lishi uchun juda ko'p mehnat qilishi, har kuni ishlashi lozim. Lekin yaxshi niyat, yarim davlat. Inson o'ylagan niyatiga shunchaki erishib qolmaydi. Buning uchun tinimsiz mehnat talab qilinadi. Ro'ziqul Sadullaevichning 2013 yilda eng yaxshi murabbiy bo'lishining sababi bor. Uning futbolchilarga bo'lgan munosabati, etibori, ishlash jarayoni ajoyib. “Nasaf” ahil jamoa.

- Orzuingiz nima?

- Albatta men ham yaxshi murabbiy bo'lishni xohlayman. O'zbekiston uchun yaxshi futbolchilarni etishtirib berish men uchun baxt. Qo'l ostimizda tarbiya topgan futbolchi keyinchalik terma jamoada va xorij klublarida to'p sursa bundan xursand bo'lamiz. Futbolchini yaxshi tarbiya berish, shug'ullantirish bizga bog'liq.

- Hozirgi hujumchilarga nima etishmayapti deb o'ylaysiz?

- Hujumchi mashg'ulotlarda o'z ustida ishlashi kerak. Agar bu ishni qilmasa foydasi yo'q. Murabbiy sifatida ularga doimo qanday mashq qilish haqida topshiriqlar beramiz. Undan tashqari uning o'zida ham xohish, intilish bo'lishi kerak. Baribir futbolchining o'zida bo'lmasa qiyin. Golga bo'lgan chanqoqligi kuchli bo'lishi shart. U gol ursagina shunda hujumchi hisoblanadi. Qolaversa, albatta xarakter bo'lishi muhim. Futbolda ushbu omillar katta o'rin tutadi.


FIRDAVSXON suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика