So’nggi yangiliklar

15:11Фергюсон МЮнинг 2025 йилдаги энг яхши трансферини айтди  1 14:43"Милан" 41 ёшли Тьяго Силвани сотиб олиши мумкин  2 14:12"Барселона" Рэшфордни сотиб олишга мойил  3 13:26Йошко Гвардиол — "Барселона"нинг трансфер мақсади  8 12:58"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди  1 12:25Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди  3 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Челси", "Ман Сити", "Ливерпуль", "Реал" ва бошқалар  0 11:51"Атлетико" "Бавария" ярим ҳимоячиси Горецкага қизиқиш билдирмоқда  0 11:29"Насаф": Абдувоҳид Неъматов билан шартнома узайтирилди  8 10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0 10:16Сака "Арсенал" тарихидаги энг кўп маош оладиган футболчига айланади  1 09:49"Арал" тўпурари фаолиятини Суперлигада давом эттиради  0 09:23"Навбаҳор" футболчиси ОКМКни танлади  1 08:56"Хоразм" футболчисига Суперлиганинг 4 клубидан қизиқиш бор  0 08:30"Андижон" дарвозабони Қирғиз Республикасида "Йил футболчиси" бўлди  5

Zafar Xolmurodov: “Vazifamiz asosiy tarkibga munosib futbolchilarni tayyorlab berish” Yangiliklar

Zafar Xolmurodov: “Vazifamiz asosiy tarkibga munosib futbolchilarni tayyorlab berish”

Teglar :  NasafNeftchi
Yoshlar ligasining 1-tur doirasidagi “Neftchi” – “Nasaf” 1:2 uchrashuvidan so'ng, jamoamiz ustozi Zafar Xolmurodov o'z fiklari bilan o'rtoqlashdi.

- Albatta liganing dastlabki turida g'alaba qozonish yoqimli. Barchani ushbu g'alaba bilan tabriklayman. Umid qilamanki, ertaga asosiy tarkibimiz ham g'alabaga erishadi. Bugungi uchrashuv ajoyib bo'ldi. “Neftchi” yoshlari ham bor kuchlarini ishga solishdi. Tarkibda ajoyib futbolchilar yig'ilishgan. Bu yoshlar “Neftchi” jamoasining kelajagidir.

To'g'risi, bugun biroz xavotir bor edi. Bunga sabab, jamoamiz har yili mavsumni deyarli yangi tarkib bilan boshlaydi. Dastlabki o'yindan futbolchilar bir-birlarini tushunib ketishi qiyinroq kechadi. Bugungi uchrashuvda hisobda oldinga o'tib olganimizdan keyin, futbolchilarimiz xotirjamlikka berilishdi, oqibatda darvozamizdan gol o'tkazib yubordik. Tanaffusda yigitlarimizga kerakli ko'rsatmalarni berdik. Murabbiyda doimo zahira taktikasi bo'lishi kerak. 

Biz ikkinchi bo'limda boshqacha taktika qo'lladik. Natijasini ko'rib turibsiz. Albatta kamchiliklarimiz bor, bu kamchiliklar ustida ishlaymiz. Futbolchilarimizga doimo uqtirishga harakat qilamiz, futbolchida safar va uy uchrashuvlarida farq bo'lmasligi kerak. Yani bo'lajak professional futbolchi safarda ham, uy uchrashuvida ham bir xil o'yin namoyish qilishga o'rganishi kerak. Yoshlar jamoamizda faoliyat yuritayotgan, biz murabbiylar oldida doim bir dolzarb vazifa turadi. Bu ham bo'lsa, asosiy tarkibimizga munosib o'yinchilar etkazib berish. Bu biz murabbiylarning ananasiga aylanib ulgurgan. Bu yil ham bir qancha futbolchilarimiz asosiy tarkibga o'tkazildi. Umid qilamanki, bu futbolchilarimiz ham, futbol ishqibozlarining etiborini qozonishadi.    

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика