So’nggi yangiliklar

20:35Александр Хомяков: "Футболда ишонч ва хоҳиш кўп нарсани ҳал қилади"  8 20:18Учта ўйинда 14:1, саудияликлар фойдасига. ОЧЛ Элит кубоги Саудияда қоладими?  2 19:34"Барселона" "Байер" футболчисини Испанияга қайтармоқчи  1 19:12Ўзбекистон кубоги. "Андижон" сафарда "Лочин"га ютқазиб қўйди   86 18:48Ўзбекистон кубоги. "Сурхон" - "Динамо": Асосий таркиблар маълум  7 18:1019 ёшли посбон, "Насаф" футболчиси, ОКМКни ютган мураббий ва Ўзбекистон МТЖ аъзоси — Суперлигада 7-турнинг энг яхшилари   4 17:55"Челси" сал кам 100 миллион долларга сотиб олган футболчиси билан хайрлашишга тайёр  2 17:25"Реал" етакчиларидан бирининг келажаги борасида қарор қабул қилди  1 16:46Футзал. Ўзбекистон кубоги чорак финал ўйинлари тақвими маълум  0 16:10"Реал" Анчелоттига янги "лавозим" таклиф қилади  22 15:48"Бунёдкор" - ОКМК учрашувидан галерея  0 15:29Иззатов, Ғуломов, Бозоров, Собиров ва бошқалар ... Суперлига 7-тур рамзий терма жамоаси   2 15:06Ўзбекистон кубоги. Гуруҳ босқичидан кейин тўпурарлар пойгасида вазият қандай?  0 14:25"Челси" туркиялик футболчи учун 100 млн евро беришга тайёр  7 13:58МЛС клуби Поль Погба билан музокара ўтказди  0

Zafar Xolmurodov: “Futbolchi bo'lish murabbiy bo'lishga qaraganda osonroq” Yangiliklar

Zafar Xolmurodov: “Futbolchi bo'lish murabbiy bo'lishga qaraganda osonroq”

“Nasaf” futbol maktabining suniy futbol maydonida Qashqadaryo viloyati hokimi kubogining final uchrashuvi bo'lib o'tgani haqida oldingi sahifalarimizda xabar berdik.
Ana shu futbol musobaqasi yakuniga etgach “Nasaf” jamoasining o'tmishdagi “hujum qiroli” maqomiga sazovor bo'lgan afsonaviy hujumchi, ayni paytda jamoa o'rinbosarlariga murabbiylik qilayotgan, muxlislar etibori va etirofiga sazovor bo'lgan – Zafar Xolmurodov bilan suhbat qurdik.

-Zafarjon bugungi g'alaba va sovrin bilan sizni va shogirdlaringizni chin ko'ngildan tabriklaymiz.
-Katta rahmat bu sovrin nafaqat jamoamizniki balki muxlislarniki hamdir, mana ko'rdingiz stadionga qancha-qancha muxlislar tashrif buyurishdi, uchrashuvni katta zavq bilan tomosha qilishdi. Agar ularga ozroq bo'lsada yaxshi kayfiyat ulashgan bo'lsak, o'zimizni baxtiyor his qilamiz.

-Zafarjon aytingchi o'tmishda siz futbolchi bo'lgansiz, mana endi murabbiylik qilayapsiz, shu ikkala faoliyatni bir-biriga taqqoslab ko'rdingizmi? Qaysi biri osonroq ekan?
-Albatta futbolchi bo'lish murabbiy bo'lishga qaraganda osonroq, chunki murabbiylik juda ko'p mehnat va izlanishni talab qiladigan soha, qolaversa qo'l ostingizdagilarga javobgarlik masuliyati ham bor. To'g'risi tan olaman men uchun murabbiylikni boshlash oson bo'lmadi. Ammo, o'zingizga malum, klub men uchun begona emas, buning ustiga bu erda mening sobiq jamoadoshlarim faoliyat yuritishmoqda, ular menga har tomonlama dalda bo'lishdi. Klubimiz rahbarlari ham har tomonlama qo'llab-quvvatlashdi, bizdagi muhit ham ajoyib, bu erdagi har bir xodim yagona maqsad – “Nasaf” klubining kelajagi uchun intiladi.

-Agar mrabbiy bo'lmasangiz, boshqa sohaga o'tib ketarmidingiz?

-Bu haqda o'ylganim ham yo'q, agar “Nasaf”da ishlamasam ham biron bir oddiy futbol jamoasida bo'lsam ham, yoshlarga futbol sirlarini o'rgatayotgan bo'lardim. Futbolsiz men ham boshqalardek hayotimni o'zgacha tasavvur qilolmayman. Yana jonajon klubimda faoliyat yuritayotganimdan benihoyat mamnunman.

-O'zlaringiz o'ynagan paytlardagi shijoat va ruhni, mana endi siz sobiq jamoa azolari – klubning asosiy murbbiylari, o'z shogirdlaringizga singdirish uchun harakat qilayapsizlarmi?
-Bu haqda birgalashib ish olib borayapmiz, bizda sen o'rinbosarlar murabbiyi yoki sen asosiy tarkib murabbiyi degan gapni o'zi yo'q. Bizdagi muhit, bir oila azolari qanday bo'lsa, shunday vaziyat hukmron. Biz o'zimiz o'ynagan paytdagi shijoat va ruhdan ham ko'prog'ini o'yinchilarga singdirishga harakat qilayapmiz, bunga misol qilib, bugungi uchrashuvni ham aytishim mumkin, birinchi bo'limda 2:1 hisobida yutqazayotgan edik. SHogirdlarim ko'rsatmalarimni to'g'ri bajarishdi, o'yinda qurqmasdan harakat qilishdi va g'alaba qozonishdi. Bu borada hali ko'p mehnat qilishimiz kerak, qolaversa buni yana qanchalik eplay  olamiz, vaqt ko'rsatadi. SHu erda bir narsani alohida takidlashni hohlardim, maydonga tushgan o'yinchida qo'rqish bo'lsa, unday o'yinchidan naf yo'q. O'yinchi maydonga tushdimi, raqib qanday bo'lmasin, qo'rqmaslik kerak. Ana shunda u natija ko'rsata oladi.

- Siz murabbiylar – sobiq jamoadoshlar o'yindan oldin raqib jamoa salohiyatini muhokama qilasizlarmi?

-Har-bir o'yindan oldin shunday bo'ladi, raqib qanchalik tanish va notanish bo'lmasin bizlar sinchiklab o'rganamiz, shunga qarab, hamma o'z fikrini bildiradi, fikrlar etiborga olinib, o'yin taktikasi tanlanadi.

-Yangi mavsumdan qaysi shogirdlaringiz asosiy tarkibda harakat qiladigan bo'ldi?

-Bu mavsumdan Aziz G'aniev, SHarof Muhiddinov va futbol maktabidan Xudoyberdi Xoliqovlar asosiy tarkibda harakat qilishadi. Yuqorida aytib o'tganimdek, barcha hamkasblar birgalashib, harakat qilayapmiz. Borgan sari o'rinbosarlar orasidan munosiblarni, asosiy tarkibga qo'shib boraveramiz. Fursatdan foydalanib, bu o'yinchilarga muvaffaqiyatlar tilayman, umid qilamanki, bular yuzimizni erga qaratishmaydi.

-Ro'ziqul Berdiev jamoa “siri”ini yashirishda ustasi farang mutaxasis hisoblanadi, bunga fikringiz qanday?
-Buni nimasi yomon ekan (kulib), raqib siz haqingizda qanchalik ko'p bilsa, unga shunchalik oson bo'ladi, aksincha siz uchun foydalidir. Endi murabbiy jamoani o'yinga tayyorlashda juda ko'p mehnat qiladi, ko'p o'ylaydi, qayg'uradi. Nega endi o'z mehnatini puchga chiqarishi kerak? Ro'ziqul aka har bir o'yin oldidan juda katta masuliyatni o'zida his qiladigan inson, unday kuyib yonadigan murabbiy kamdan-kam, Ro'ziqul aka judayam ko'p mehnat qiladi, agar to'g'risini aytsam, u o'yinchi bo'lganda ham shunday edi. Ro'ziqul akadek shaxs uchun oddiy o'yinni o'zi bo'lmagan, bo'lmasa ham kerak. SHuning uchun birga o'ynaganimizda ham, hozir ham Ro'ziqul akam bizlar uchun ibratdir.

-“Nasaf” o'ribosarlari o'tgan yil oxiridan alohida o'z bazasiga ega bo'ldi, sharoitlardan ko'nglingiz to'ldimi?
-To'lganda qandoq, biz uchun barpo qilingan bazani bazi klublar faqat orzu qiladi xolos. Qashqadaryoda futbolni kattayu-kichik birdek juda sevishadi. SHuningdek viloyatmiz rahbarlarining ham futbolga etibori katta, ularning g'amxo'rligi va etibori evaziga biz shunday sharoitga ega bo'ldik. Ayniqsa, klubimizning asosiy homiysi – “SHo'rtan gaz kimyo” majmuasi va uning rahbari Odil aka Temirovning bu sohadagi jonbozligi alohida etirofga loyiq. Paytdan foydalanib, ana shunday jonkuyar rahbarlarimizga o'z minnatdorchiligimni bildirib qolaman. Bunday ajoyib sharoitlar biz murabbiylar uchun vohamiz futbolini yanada ko'klarga ko'tarishga, tinmay mehnat qilishga katta rag'bat bo'ladi.

Suhbatni Renat ERNAZAROV olib bordi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика