So’nggi yangiliklar

12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  1 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  1 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  4 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  10 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  6

Zafar Polvonov: “Olmaliq”ni yaxshi xotiralar bilan tark etdim” Yangiliklar

Zafar Polvonov: “Olmaliq”ni yaxshi xotiralar bilan tark etdim”

O'tgan mavsum “Olmaliq” sharafini himoya qilgan taniqli hujumchi Zafar Polvonov joriy yil klubini o'zgartirishga qaror qildi.
Endilikda u G'uzorning “SHo'rtan” jamoasi sharafini himoya qiladi. Yaqinda Polvonov bilan ko'rishib, suhbatlashdik. O'zining aytishicha “Olmaliq”dan yaxshi xotiralar qolgan.

- “Olmaliq”ni yaxshi xotiralar bilan tark etdim. U erda 3 yil o'ynadim. Men borgan paytda jamoaning hujum chizig'ida raqobat kuchli edi. Aslida hamma vaqt ham shunday edi deyish mumkin. Garchi har yili tarkibda sezilarli o'zgarish kuzatilsada, yaxshi jamoa yig'iladi. Igor SHkvirin qo'li ostida o'ynab, ozmi-ko'pmi muxlislarga yanada tanildim. Murabbiy qattiqqo'l va juda talabchan. O'zi ilgari hujumchi bo'lgani uchun ham jamoadagi oldingi chiziq vakillariga bu borada ko'p ko'rsatma berardi.

- Moliyaviy tomondan “Olmaliq”da muammo bo'lmagan. Hattoki jaroxat olib safdan chiqqan o'yinchilarga ham ko'ng'iroq qilib, oylik maoshini olib ketishi haqida aytishardi. SHu tomoniga qoyil qolmasdan iloj yo'q. Hozirgi kunda ayrim jamoalar vada qilingan pullarni bermasdan, futbolchilarda hadik uyg'otmoqda. SHuning uchun ham har yili jamoasini o'zgartirayotgan o'yinchilar soni oz emas.

- Etibor bersangiz oxirgi yillarda “Olmaliq”da sermahsullik ko'rsata olmadim. Kutilmagan jarohatlar ham o'z tasirini o'tkazmasdan qolmadi. Balki qaerdadir omadim kelmagandir. SHuning uchun muhitni o'zgartirishga qaror qildim. Klubni tark etayotganda hamma bilan iliq munosbatda xayrlashdik. Bemalol ayta olamanki, bu jamoada o'ynab hech qachon afsuslanmayman.

- Bilasiz “SHo'rtan”men uchun begona emas. O'zim qashqadaryolikman. Qolaversa ilgari bu jamoada o'ynaganman. Rahbariyat va bosh murabbiy bilan gaplashganimda, menga ishonch bildirayotganini aytdi. Boshqa masalalar ham ijobiy hal bo'lgach, shartnoma tuzishga qaror qildim.

- To'g'risi, oldimda boshqa variantlar ham turgandi. Lekin endi bular haqida gapirishdan foyda yo'q. Etiborimni faqat “SHo'rtan”ga qaratganman.

- Bir yillik tanaffusdan so'ng yana elitaga qaytgan “SHo'rtan” tarkibi deyarli yangitdan shakllantirilmoqda. Oliy liga havosidan bahramand bo'lgan o'yinchilar jalb etilgan. Nasib qilsa bu yil ishqibozlarni xursand qilamiz degan umiddaman.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика