So’nggi yangiliklar

01:05"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"  2 00:26Ироқ. Шерзод Темировнинг голи "Эрбил"ни мағлубиятдан қутқариб қолди, у 8 та баҳсда 8 та гол урди  2 00:00"Бунёдкор" уч футболчи билан шартномани узайтирди  0 23:41Расман: "Барселона" ва ПСЖ собиқ юлдузи 32 ёшида фаолиятини якунлади  0 23:13Рақиб қизил олса, "Ливерпул"га қийинроқ, "Эвертон"нинг кучи ҳам, заиф нуқтаси ҳам Грилиш. Топ чемпионатлар учрашувларидаги ўзига хос тактика ҳақида  1 22:53"Ғазалкент" машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 22:24Рўзиқул Бердиев: "Ал Иттиҳод" юлдузларга бой кучли жамоа"  4 22:04"Қизилқум" Шукуров билан шартома имзолади  1 21:33"Навбаҳор" Тошкентда йиғинни бошлади (ФОТО+ВИДЕО)  1 21:08Туркия. Шомуродов ва Файзуллаев гол урди, "Башакшехир" йирик ғалабага эришди  19 20:28Винисиус яхши ўйнамаётганини тан олмоқда, аммо...  5 19:50Европа топ-лигаларидан 136 нафар футболчи "йўқ" бўлиб қолди. Африка миллатлар кубоги режаларига ўзгартириш киритадиган клублар ҳақида   2 19:39Зайниддин Тожиев: “Ғазалкент” бутун эътиборни ёшларга қаратади, Про лигада 6 та жамоа жуда камлик қилди"  1 19:21Тимур Кападзе: "Колумбия билан учрашув кўп нарсани ҳал қилади"  27 19:00Сержиу Консейсау: "Насаф"нинг ўйин сифати эгаллаб турган ўрнидан мутлақо фарқ қилади, лекин биз тайёрмиз"  6

Zabihillo O'rinboev: “Qo'limizdagi imkoniyatdan foydalana ololmadik” Yangiliklar

Zabihillo O'rinboev: “Qo'limizdagi imkoniyatdan foydalana ololmadik”

Kuni kecha oliy ligamizning 18-turi o'z yakuniga etdi. Ushbu turda Toshkentning “Bunyodkor” klubi Muborakning “Mashal” jamoasi mehmoni bo'ldi va tomonlar durang natija qayd etishdi.

Ushbu bahsdan so'ng “Bunyodkor klubi futbolchisi Zabixillo O'rinboev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

-  “Mashal” qarshi o'yin biz uchun juda ham og'ir o'tdi, chunki raqibga mag'lub bo'lishimiz ham mumkin edi. Agarda vaziyatlardan to'g'ri foydalanganimizda g'alabani ilib ketishimiz hech gap emas edi. “Mashal” himoyaviy o'yin ko'rsatgani uchun ham birinchi bo'limda unchalik yaxshi harakat qilaolmadik. Raqib darvozasini ishg'ol qilish qiyin bo'ldi. Raqiblarimizni himoyada tarkibli o'yin ko'rsatdi deya olmayman.

Ikkinchi bo'limda ko'rsatgan o'yinimizni birinchi bo'limda ko'rsatkanimizda g'alaba qozonardik deb ayta olaman. Birinchi bo'limga qaraganda ikkinchi bo'limda yaxshiroq imkoniyatlarga ega bo'ldik. O'yin uslubi qanchalik past bo'lsa ham har bir jamoa o'z uyida juda ham kuchli o'yin namoyish etadi. “Bunyodkor”ga qarshi ikki, uch baravar kuch bilan qarshilik ko'rsatishadi. Balki boshqa jamoaga qarshi bunchalik o'yin ko'rsata olmas.

Agarda g'alaba qozonganimizda “Lokomotiv” bilan ochkolar orasidagi tafovvut 2 ochkoga qisqarar edi. Ayni damda “temiryo'lchilardan” 5 ochko ortda boryapmiz. Qo'limizdagi imkoniyatdan foydalana ololmadik. Qolgan uchrashuvlarda mag'lub bo'lishga haqqimiz yo'q. Hozircha murabbiylar shtabidagilar ushbu o'yin haqida hech nima demadi. Yana bir yoki ikki kundan so'ng “Mashal” bilan bo'lgan uchrashuvni tahlil qilib qaerda xatolikka yo'l qo'yilgan bo'lsa o'sha xatolar ustida ishlaymiz va bartaraf etamiz”, - deydi “Bunyodkor” klubi futbolchisi Zabixillo O'rinboev.


Jahongir Sotvoldiev

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика