So’nggi yangiliklar

17:22"Машъал" 3 нафар футболчи билан битим тузди  0 16:59"Насаф"нинг бугунги рақиби – "Шаржа шаҳрининг қироллари" ҳақида  2 16:38"Манчестер Юнайтед" "Интер" ҳимоячисига қизиқмоқда  0 16:12Суперлига жамоалари стадионларида VAR тизимини жорий этиш ишлари бошланди  2 15:48Расман: "Машъал" таркибни легионер ҳимоячи билан кучайтирди  0 15:28"Навбаҳор" қозоқ жамоаси билан дуранг ўйнади  0 15:02Аббос Файзуллаев: "Бу — футбол. Бир нечта вазият яратиб ура олмайсиз, рақиб эса битта имкониятдан самара чиқариб кетади"  0 14:34"Ливерпуль" ва "Тоттенхэм" Ла Лига юлдузи учун курашади  2 14:07Ёрқин Назаров: "Каттақўрғон" Про лигада ҳар бир рақибга муносиб қаршилик кўрсатади"  2 13:49"Дўстлик" Биринчи лигага тайёргарликни давом эттирмоқда  2 13:34Элдор Шомуродов мураббийи Нури Шахин, тўпурарлик пойгаси ва "Фенербахче" ҳақида гапирди  4 13:10"Шаржа" – "Насаф" учрашуви ўмонлик ҳакамларга топширилди  0 12:43"Навбаҳор" африкалик ҳужумчини жалб этмоқда  2 12:20Расман: "Машъал" ганалик футболчини таркибга қўшиб олди  0 11:51Интервью. Санжар Шоаҳмедов: "Металлург"нинг юқори мақсадлари бу клубга келишимда ҳал қилувчи омил бўлди"  0

Zabihillo O'rinboev: “Navbahor” tarixida qolganimdan xursandman” Yangiliklar

Zabihillo O'rinboev: “Navbahor” tarixida qolganimdan xursandman”

“Navbahor” yakunlangan mavsumda yubiley – 1400-golini urganligi va ushbu golga Zabihillo O'rinboev mualliflik qilganligi borasida malumot bergandik.

SHu munosabat bilan ayni paytda qishki tatilda bo'lgan 25 yoshli mahoratli futbolchi bilan telefon orqali bog'lanib, Zabihilloning bu boradagi fikri bilan qiziqdik.

- So'zim avvalida barcha hamyurtlarimizni kirib kelayotgan yangi – 2021 yil bilan tabriklayman. Ilohim, yangi yil barchaga baxt va quvonch olib kelsin. Bu yil amalga oshmagan orzulari kelasi yili amalga oshsin.

Albatta, nafaqat mamlakatimiz, balki Osiyo qitasi hamda sobiq ittifoq davlatlarida ham taniqli, Superligamizning “Paxtakor” bilan birgalikda ikki muntazam ishtirokchisidan biri bo'lgan, shuningdek, yurtimizning eng sovrindor jamoalari qatoridan o'rin olgan “Navbahor”dagi bir yillik faoliyatim davomida jamoaning yubiley goli muallifiga aylanib, “Navbahor” tarixida qolganimdan xursandman.

Hali yoshman hamda kelajakdagi faoliyatim davomida ham yana shunday yubiley gollar muallifiga aylanib, ijobiy va yoqimli statiskalarni qayd etaman, degan umiddaman.

Joriy mavsum yakunida “Navbahor” bilan tuzilgan shartnomam muddati yakunlandi hamda jamoadagi taqdirimga yangi yildan so'ng, oydinlik kiritiladi. Albatta, “Navbahor”da bosimi yuqori. SHu bois, jamoa o'yiniga moslashishim uchun biroz vaqt kerak bo'ldi. Kelasi mavsumda ham namanganliklar sharafini himoya qiladigan bo'lsam, chiroyli o'yinlarim va gollarim bilan jamoa muxlislariga quvonch ulashaman degan umiddaman. Yakuniga etayotgan yilda pandemiya sababli, “Navbahor” ijobiy natija qayd eta olmadi. Xudo xohlasa, yangi mavsumda namanganliklar klub rahbariyati hamda jamoa muxlislari ishonchini oqlab, sovrindorlar safidan o'rin olish uchun kurash olib borishadi degan niyatdaman.

Jamoa bilan yangi shartnoma imzolaydigan bo'lsam, buni amalga oshirish uchun men ham munosib hissamni qo'shaman, degan umiddaman. So'zim yakunida yana bir marta barcha yurtdoshlarimizni yangi yil bilan muborakbod etaman", - dedi Zabihillo O'rinboev. 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика