Zabihillo O'rinboev - finalning eng yaxshi o'yinchisi
16 dek 2017 09:07
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/294586_original.jpg)
![](/upload/storage/294586_220.jpg)
Zabihillo O'rinboev - finalning eng yaxshi o'yinchisi
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Tailandning Buriram shahrida bo'lib o'tgan xalqaro musobaqa finalida Yaponiya U-23 terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, penaltilar seriyasiga ko'ra g'oliblikni qo'lga kiritgani haqida xabar berib o'tgandik.
Terma jamoamiz sardori Zabihillo O'rinboev final uchrashuvida ajoyib o'yin namoyish qilib, g'alabamizga katta hissa qo'shdi. U dastlab 43-daqiqada hisobni ochdi. Yaponiya hisobni tenglashtirgandan keyin, yana O'rinboev katta sahnaga chiqib, 73-daqiqada boshi bilan chiroyli zarba yo'llagan holda O'zbekistonni hisobda oldinga olib chiqdi.
O'yindan keyin penaltilar seriyasida ham ishonchli tarzda penaltini ijro etib, raqib darvozasini ishg'ol qildi.
Zabihillo O'rinboev uchrashuvdan so'ng finalning eng yaxshi o'yinchisi sifatida etirof etildi va maxsus sovrinni qabul qilib oldi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar