Zaa va Fabio “Kardiff”ga o'tishga yaqin
28 jan 2014 11:22
Yangiliklar


Zaa va Fabio “Kardiff”ga o'tishga yaqin
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Devid Moyes hujumchi Uilfrid Zaa va himoyachi Fabio da Silvani yaqin kunlarda “Kardiff”ga o'tishini tasdiqladi.
Braziliyalik himoyachi yangi jamoada alla qachon mashg'ulot olib borishni boshlagan va yaqinda to'liq jamoaga qo'shiladi. Zaa esa “Kardiff”ga ijara asosida o'tadi.
“Biz Fabio uchun xursandmiz, u jamoaga sodiq xizmat qildi. Bizda bir qancha variant bor edi, lekin unga etarlicha o'yin vaqti ajartib bera olmadik.
Kam o'yin vaqtiga ega bo'lgan o'yinchilarga men bilan muammolarini muhokama qilishni aytgan edim. Fabio shunday qildi va men uni “Kardiff”ga qo'yib yuborishga rozi bo'ldim.
Zaaga kelidigan bo'lsak, uni yozda qo'yib yuborishimni aytgan edim. Biroq unga ham etarlicha o'yin vaqti ajratib bera olmasak ijaraga berib yuboramiz. Biz bir necha taklif oldik, lekin Kardiff eng yaxshi variant sanalmoqda, - deydi Moyes.

Fikrlar