"Yuventus"ning ikki forvardi jamoani tark etishga yaqin
06 iyu 2019 01:05
Yangiliklar


"Yuventus"ning ikki forvardi jamoani tark etishga yaqin
Mario Manjukich ushbu yozda Yuventusnit ark etadi, deya xabar qiladi Calciomercato.
Manbaga ko'ra, turinliklarning yangi ustozi Maurisio Sarri xorvatiyalik futbolchini o'z rejalariga kiritmagan. Avvalroq, Manjukichga «Borussiya D» qiziqayotgani haqida xabar bergandik. SHuningdek, futbolchiga Xitoy Superligasi klublaridan ham takliflar bor.
«CHelsi»dagi ijara shartnomasi yakunlangan «keksa seniora»ning yana bir hujumchisi Gonsalo Iguain ham klubda uzoq qolmasligi kutilmoqda. Qayd etilishicha, u «Inter» azosi Mauro Ikardining transfer qilinishi uchun xizmat qilishi mumkin. Yani, jamoalar o'zaro futbolchi almashinuvini amalga oshiradi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar