So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  5 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  6 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  15 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  103 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  5 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  849 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

​​"Yuventus"ning etakchiligi, "Napoli"ning ochko yo'qotishi, "Inter"da g'alaba va haftaning boshqa natijalari Yangiliklar

​​"Yuventus"ning etakchiligi, "Napoli"ning ochko yo'qotishi, "Inter"da g'alaba va haftaning boshqa natijalari

Sergey Rumyancev Italiya A Seriyasining ortda qolgan 30-turi haqida yozdi.

"Yuventus" "Milan"ni mag'lub etdi



("Napoli"ning "qoqilishi"dan keyin "Yuventus" "rossoneri"larni 2018 yildagi ilk mag'lubiyatini qayd etishi kerak edi). Allegri sobiq jamoasi bilan uchrashuvga 3-5-2 sxemasini tanladi. Asamoa va Lixshtayner (laterallar )joyini egalladi, hujumda Iguain va Dibala o'ynadi. Paulo chiroyli zarbasi bilan hisobni ochdi, Donnarumma to'pni qaytara olmadi, chunki zarba juda ayyorona tarzda yo'llandi. Oradan 20 daqiqa vaqt o'tib, tarixiy hodisa yuz berdi - "Yuventus"ning A Seriya doirasida uy uchrashuvlaridagi quruq seriyasi to'xtadi. Bu 959 daqiqa vaqt davom etdi va Italiya futboli tarixidagi eng yaxshi ikkinchi natijadir. Buni esa "byankoneri"larning sobiq futbolchisi buzgani esa qandaydir ramziy mano kasb etdi. "Milan" sardori Leonardo Bonuchchini jonajon stadioni yaxshi kutib olmadi, balki shu boisdan bo'lsa kerak, u ham urgan golini kutilmaganda nishonlab yubordi. Ikkinchi bo'limda mehmonlar raqiblaridan chiroyliroq va xavfliroq o'ynashdi, biroq Buffon va himoyachilar Gattuzo jamoasiga oldinga o'tishga imkoniyat bermadi, o'zlari esa vaziyatlardan unumli foydalanishdi. Kuadrado so'nggi bora dekabr oyida maydonga tushgandi va aynan uning zarbasi orqali "Yuventus" hisobda oldinga o'tib oldi. "Milan" holatni yaxshilash uchun oldinga tashlandi, biroq so'nggi daqiqalarda Dibaladan to'pni qabul qilib olgan Xedira yana bir to'p kiritdi. G'alaba tufayli "Yuventus" "Napoli" bilan oradagi farqni 4 ochkogacha ko'tarib oldi va chempionlik poygasidagi imkoniyatlarini ko'tardi.


"Napoli" ochko yo'qotdi



Marek Gamshikning jarohati sababli "Sassuolo" bilan uchrashuvda Lorenco Insine harakat qildi, u esa jamoa sardorining o'rnini bosa olmadi. "Napoli" har doimgidek o'yinni yaxshi boshladi, lekin negadur ular juda tez o'yinni tashlab yuborishdi, qaysidir vaziyatlarda ularga ishtiyoq etishmadi va gollar kirita olishmadi. Peluzoning zarbasidan keyin to'p ustunga va Politanoga tegdi, shundan so'ng darvozaga kirib ketdi. Ko'p o'tmay Insine hisobni tenglashtirishi mumkin edi, biroq to'p ustunning oldidan o'tib ketdi. "Adzurri"lar birinchi bo'limning katta qismida sekinroq o'ynashdi va raqiblarning xatolarini kutishdi. Ikkinchi bo'limning boshida esa "Sassuolo"ning hujumi xavfli ko'rinish oldi, faqatgina Reynaning mahorati Politanoning dubl qayd etishiga to'sqinlik qildi. Sarrining Gamshik va Milikni jangga tashlashdan boshqa chorasi qolmagandi, polshalik hujumchida esa bir necha yaxshi vaziyatlar bo'ldi. O'yin esa sensaciyagacha bordi, Ruyning qanotdan oshirgan to'pi Kalexonni topdi. "Napoli" amallab mag'lubiyatdan qutulib qoldi, ular bunga xursand bo'lishdi. Jamoa "Yuventus"dan 4 ochkoga ortda qolmoqda, endi neapolliklar keyingi o'yinlarda g'alaba qozonsa ham imkoniyatlar oshmaydi. Sarri jamoasi mavsum davomida chempionlik uchun kurashdi, biroq mavsum yakunigacha kuch etmadi. "Napoli" so'nggi 4 uchrashuvda 5 ochko jamg'ardi. "Sassuolo" esa durang natijasida "uchish o'rinlari"dan biroz yuqoriladi va o'zini xotirjamroq his qilishi mumkin.


"Inter" "Verona"ni mag'lub etdi



"Sampdoriya" mag'lub etilganidan keyin Spaletti shogirdlari bahsga yaxshi kayfiyatda tashrif buyurdi va raqib darvozaboni Nikolasni ilk daqiqadayoq xafa qildi. Gol g'alati tarzda kiritildi. Autdan kuchli otilgan to'pni Ikardi qabul qilib oldi va darvozabonga imkoniyat qoldirmadi. Oradan 10 daqiqa vaqt o'tib, autdan to'pni otib bergan Perishichning o'zi gol kiritdi. Brozovichdan to'pni qabul qilib olgan xorvatiyalik futbolchi osonlik bilan darvozaning burchagini nishonga oldi. "Neradzurri" o'yinni nazorat qilishda davom etishdi, himoyada yaxshi harakat qilishdi. Markazda Galyardini, Brozovicha va Rafinya chiroyli o'yin ko'rsatishdi. Ilk daqiqalardanoq gol o'tkazib yuborgan mehmonlar Xandanovichni deyarli bezovta qilishmadi. Xuddi birinchi bo'lim boshidagi kabi ikkinchi taym startida ham gol kiritildi. Perishich Ikardiga bu safar oyoqda golli pas berdi. Ikardi esa "Inter" tarixida ketma ket ikki mavsumda 24tadan gol urgan ikkinchi futbolchiga aylandi. Sardor chorshanba kuni bo'ladigan Milan derbisidan oldin Spalettini xursand qiladigan juda yaxshi jismoniy holatda ekanligini ko'rsatdi. Qolgan vaqtlarda "Verona"biroz jonlandi va Xandanovich darvozasiga bir necha zarbalar berdi. Antonio Kandreva bir necha vaziyatlardan foydalana olmadi va bu mavsumda gollar hisobini ochishni uddalamadi. Yakunda "Inter" uch ochkoni qo'lga kiritdi va zaxiradagi o'yini bilan ECHL uchun kurashni davom ettirmoqda.


"Lacio" "Benevento" ustidan g'alabaga erishdi



("Benevento"ga qarshi o'yin "burgutlar" uchun yoqimli boshlandi. Mehmonlar darvozaboni Pudjoniga qizil kartochka ko'rsatildi, biroq ular g'alaba qozonish uchun ko'proq harakat qilishlari kerak edi) Keyinchalik Felipe Andersonning to'p oshirishidan keyin CHiro Immobile hisobni ochdi. SHundan keyin esa g'alati hodisalar yuz bergani rost. SHundan keyin "Lacio" tarbiyalanuvchisi Kataldi hisobni tenglashtirdi, biroq u qo'lini ko'tardi va golini nishonlamadi. Ikkinchi bo'limda esa Gabbaronning qo'pol xatosidan keyin mehmonlar futbolchisi Koshta Gierme ikkinchi golni ham kiritdi. SHundan keyin "Lacio" kim o'yin mezboni ekanligini ko'rsatdi. Kaysedo hisobni tenglashtirdi, burchak to'pidan keyin De Vrey jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi va (Milan SHkrinyardan samaralilikni tortib oldi). Immobile mavsumdagi 26-golini kiritdi. Faqatgina Krespo "Lacio" uchun bir mavsumda shuncha gol urishni uddalagandi. Tez orada u argentinalik futbolchining natijasini yangilashi shubhasiz. U bu natijani uchrashuvning so'nggi daqiqalarida amalga oshirishi mumkin edi, biroq u penaltini Luis Albertoga berdi. Ungacha Lukas Leyva ham gol kiritishga ulgurdi. Qizig'i, "Lacio" o'tgan safar ham chempionat autsayderini 6:2 hisobida mag'lub etgandi. (O'shanda Immobile va Keyta "Peskara"ni taslim etgandi.)


"Fiorentina" g'alabali seriyasini davom ettirmoqda



Bu bahsda hisob tezkorlik bilan ochildi. Jovanni Simeone 3-daqiqadayoq hisobni ochdi va A Seriyadagi 8-golini urdi. Keyinchalik o'yin teng kurashlar ostida kechdi, ikki tomon ham gol urishi mumkin edi, ochiq o'yinning birinchi bo'limida muxlislar faqatgina birgina gol ko'rishdi. Ikkinchi bo'limda florenciyaliklar tempni ko'tarishdi va ko'proq golli vaziyatlar yaratishga harakat qilishdi. Yakunda bosim raqibning qizil kartochka olishi bilan yakunlandi. Kapuanoning chetlatilishidan keyin Pioli jamoasi o'zini ishonchliroq his qila boshlashdi. Federiko Keza qizil kartochkadan 5 daqiqa vaqt o'tib jarima maydonchasi ichida raqib darvozasini ishg'ol etdi. Futbolchining termada qilgan debyuti ishtahasini ochib yuborgan ko'rinadi, u kuchli o'yin namoyish qildi. "Fiorentina" hisobni yiriklashtirishi ham mumkin edi, (biroq Kordac mag'lubiyatni to'xtata olmadi), "Krotone" esa hujumda yomon harakat qildi. Dzengi jamoasi xavfli hududdan chiqib ketishni uddalay olmayapti, "Fiorentina" esa ketma ket to'rtinchi uchrashuvda g'alaba qozondi va endi Evropa ligasi ushalmas orzu bo'lmasligi mumkin. Keyingi mavsumda Piolining etakchi futbolchilari jamoani tark etishi sababli, klubda tubdan o'zgarishlar bo'lishi mumkin, biroq hozircha florenciyalik jamoa o'yinlarini kuzatish juda va juda qiziq bo'lsa kerak.

SHuningdek:
- "Roma" "Bolonya"ni mag'lub eta olmadi.
- "Torino" omadsiz seriyasiga yakun yasadi va "Kalyari" ustidan g'alabaga erishdi.
- "Udineze" ketma ket ettinchi uchrashuvda ham g'alabaga erisha olmadi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика