"Yuventus"ga "Bavariya" futbolchisi kerak
13 fev 2020 21:31
Yangiliklar


"Yuventus"ga "Bavariya" futbolchisi kerak
"Yuventus" rahbariyati "Bavariya" yarim himoyachisi Korenten Tolissoning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
"Calciomercato" xabariga ko'ra, Italiya klubi futbolchini yozgi transferlar oynasi vaqtida o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi. Xavbek 2017 yilning yozida ham turinliklar safiga o'tishi mumkin edi, biroq u o'shanda "Bavariya"ni tanlagandi.
Ushbu mavsumda Tolisso "Bavariya" tarkibida barcha turnirlarda 19 o'yinda 3tadan gol va assistentlik qayd etdi. Uning myunxenliklar bilan shartnomasi 2022 yilga qadar davom etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar