"Yuventus"dan mag'lub bo'lgan "Torino" bosh murabbiyni ishdan bo'shatdi

Aslanov Jasurbek
4 yanv 2018
"Torino" rahbariyati Italiya Kubogi chorak finalida "Yuventus"dan uchralgan mag'lubiyatdan (0:2) so'ng serbiyalik murabbiyi Sinisha Mixaylovichni iste'foga chiqardi.

Duglas Kosta va Mario Manjukichlar o'z hisobiga gol yozdirib qo'yishdi.

"Torino" so'nggi 17 uchrashuvda 3ta g'alabaga erishdi va A Seriya turnir jadvalida 10-o'rinda bormoqda. Mixaylovich 2016 yilning yozidan beri jamoani boshqarayotgan edi. U "Sampdoriya", "Fiorentina", "Kataniya", "Bolonya" va Serbiya terma jamoasida ishlagan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia