So’nggi yangiliklar

21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  0 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  7 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  1 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  1 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  1 17:31Суперлига клублари қачон, қаерда йиғин ўтказишади?   10 17:23"Манчестер Юнайтед"нинг декабрь ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  0 17:03Сергей Арсланов "Сўғдиёна"да иш бошлади  4 16:39"Атлетико" президенти: "Ишончим комилки, Симеоне билан EЧЛда ғалаба қозонамиз. Нега энди йўқ? Бизда яхши жамоа бор, бироз омад етишмаяпти”  3

"Yuventus"dan ham kambek kutsak bo'ladimi? (Prevyu) Yangiliklar

"Yuventus"dan ham kambek kutsak bo'ladimi? (Prevyu)

Teglar :  RealYuventus
Bugun Evropa chempionlar ligasi 1/4 finali doirasida "Real" o'z maydonida "Yuventus" bilan bahs olib boradi.

"REAL" - "YUVENTUS"
Madrid, "Santyago Bernabeu". 23:45
Diskvalifikaciya:
Serxio Ramos - Rodrigo Bentankur, Paulo Dibala
Jarohatlanganlar:
Nacho - Andrea Barcali, Federiko Bernardeski.

CHorak finalga qura tashlanganidan keyin ushbu juftlik o'rtasidagi o'yin eng qizig'i bo'lishi aytilgandi. Xuddi "Yuventus" "Real"ni to'xtata oladigandek ko'ringandi. Biroq birinchi uchrashuvdan keyin "keksa sinora"lar juda qiyin holatda.

"Real" ayni damda juda tartibli o'yin namoyish etmoqda. Biroq so'nggi kunlarda kambeklar ko'payib ketayotgani uchun ham juftlikda keyingi bosqichga chiqadigan jamoa aniq deb bo'lmaydi. "Yuve" 0:3 hisobini yo'qqa chiqarishi esa ilojsizdek ko'rinmoqda.

Tomonlar ushbu uchrashuvga qadar milliy chempionatda og'ir o'yin o'tkazishdi. "Blankos" o'z maydonida "Atletiko" bilan kuch sinashdi va 1:1 hisobini qayd etdi. Unda Krishtianu Ronaldu yana o'zini ko'rsatdi. SHu boisdan ham Zidan jamoasi LaLiga turnir jadvalida bir pog'ona quyiladi va 4-o'ringacha tushib ketdi. "Yuventus" esa o'z chempionatida "Benevento"ni (4:2) mag'lub etdi. Uchrashuvda Paulo Dibala xet-trikka erishdi. Bir gol esa Duglas Kostaning hisobiga yozildi.

TAXMINIY TARKIB

JAMOALARNING O'ZARO SO'NGGI UCHRASHUVI

Italiya. Turin. Stadion "Alyanc" 

"Yuventus" (Italiya) - "Real" (Ispaniya) 0:3 

Gollar: Ronaldu, 3, 64, Marselo, 72 

"Yuventus": Buffon, De SHilo, Barcali, Kellini, Asamoa (Manjukich, 69), Bentankur, Xedira (Kuadrado, 75), Kosta (Matyuidi, 69), Sandro, Dibala, Iguain 

"Real": Navas, Karvaxal, Varan, Ramos, Marselo, Kazemiro, Modrich (Kovachich, 82), Kroos, Isko (Asensio, 75), Ronaldu, Benzema (Vaskes, 59)

Ogohlantirish: Bentankur, 26, Dibala, 45, 66 - Ramos, 55

CHetlatish: Dibala, 66

O'ZARO O'YINLAR

Tomonlar o'zaro 21 o'yinda qatnashishgan. SHularning 10tasida madridliklarning, 9tasida esa"keksa sinora"ning qo'li baland kelgan. 2 uchrashuvda g'olib aniqlanmagan.

"Real" 26 gol urgan, "Yuve" esa 24ta. 

Jamoalarning o'zaro so'nggi 5 uchrashuvi:

3 aprel 2018 yil. ECHL 1/4 final
"Yuventus" - "Real" 0:3

3 iyun 2017 yil. ECHL final
"Yuventus" - "Real" 1:4

13 may 2015 yil. ECHL 1/2 final
"Real" - "Yuventus" 1:1

5 may 2015 yil. ECHL 1/2 final
"Yuventus" - "Real" 2:1

5 noyabr 2013 yil. ECHL guruh bosqichi
"Yuventus" - "Real" 2:2

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика