"Yuventus"dagilar Pogba klubdan ketishini tasdiqlashdi
10 okt 12:39
Yangiliklar
"Yuventus"dagilar Pogba klubdan ketishini tasdiqlashdi
"Yuventus" bosh direktori Mauricio Skanavino jamoa yarim himoyachisi Pol Pogba bilan bog'liq vaziyat haqida gapirdi.
Avvalroq, sport arbitraj sudi (CAS) futbolchi uchun diskvalifikaciya muddatini 4 yildan 18 oygacha qisqartirishga qaror qilgandi. Endilikda xavbek 2025 mart oyidayoq maydonga qaytishi mumkin.
"Biz Pol Pogba va uning atrofidagilar bilan vaziyatdan chiqish yo'lini topish borasida muzokara o'tkazayotganimizni tasdiqlayman. Qaror aniq, shunchaki uning shartlarini kelishish qolgan... lekin Pogba "Yuventus"dan ketadi va erkin agentga aylanadi".
Fikrlar