"Yuventus"da katta yo'qotish. Ronaldu jarohat oldi
28 fev 2019 14:34
Yangiliklar


"Yuventus"da katta yo'qotish. Ronaldu jarohat oldi
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Bolonya"ga qarshi A Seriyaning 25-tur uchrashuvida (1:0) jarohat oldi.
Portugaliyalik forvard "Napoli"ga qarshi Italiya chempionatining 26-tur o'yinida maydonga tusha olmaydi.
Malumotlarga ko'ra, Ronaldu 12 mart kuni Turinda "Atletiko"ga qarshi bo'ladigan CHempionlar ligasi 1/8 finalining javob o'yinigacha safga qaytishi mumkin. "Yuventus" birinchi o'yinda 0:2 hisobida mag'lub bo'lgan edi.
"Napoli"ga qarshi uchrashuv 3 mart kuni Neapolda bo'lib o'tadi.
Ronaldu joriy mavsum A Seriyaning 25ta uchrashuvida maydonga tushib, 19ta gol urdi va 10ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar
20:00
UEFA 11 sentyabr kuni "Vilyarreal" – "Barselona" o'yini qaerda o'tishi haqida qaror qabul qiladi 3
17:25
U-17 xalqaro musobaqasi. O'zbekiston Kanadani penaltilar seriyasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi 8

Fikrlar