"Yuventus" Zanologa qiziqmoqda va bitimga Bernardeski qo'shilishi mumkin
07 may 2020 14:40
Yangiliklar


"Yuventus" Zanologa qiziqmoqda va bitimga Bernardeski qo'shilishi mumkin
"Roma" yarim himoyachisi Nikolo Zanologa "Yuventus" qiziqish bildirmoqda.
Xabarlarga ko'ra, "keksa sinora" bo'lajak bitimga yarim himoyachi Federiko Bernardeskini qo'shishga tayyor.
"Roma" 20 yoshli o'yinchisini o'z tarkibida saqlab qolishni xohlamoqda, ammo moliyaviy ahvol sabab uni sotishni ko'rib chiqishi mumkin.
Zanolo yanvar oyida olgan jarohatidan tiklanmoqda. Bernardeski esa joriy mavsum barcha musobaqalarda 36ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar