"Yuventus" yuqori maosh sabab Dibala bilan xayrlashmoqchi
26 may 2021 09:48
Yangiliklar
"Yuventus" yuqori maosh sabab Dibala bilan xayrlashmoqchi
"Yuventus" yozgi transfer oynasida maoshlar miqdorini kamaytirmoqchi.
Turin klubi yiliga 7 million evro maosh oladigan hujumchi Paulo Dibalani sotmoqchi.
"Yuventus" "Atletiko" bilan 27 yoshli argentinalikni Anxel Korreaga almashtirish borasida muzokaralar o'tkazdi, ammo "matraschilar" bosh murabbiyi Diego Simeone bunday variantni rad etdi. Madrid klubi Alvaro Moratani Rodrigo Bentankurga ayirboshlash variantiga qiziqish bildirishgan edi, ammo turinliklar buni rad etishdi.
Dibala joriy mavsum barcha musobaqalarda 26ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 3ta assist qayd etdi.
Fikrlar